O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qatnovlarni qishki jadval boʻyicha bajarishni boshladi

Qishki jadval 2018-yilning 24-martiga qadar amal qiladi. Qishki davrda Milliy aviakompaniya ehtiyoj katta boʻlgan bir qator yoʻnalishlarga qatnovlar sonini oshiradi, shuningdek “Samarqand” aeroportidan bajariladigan parvozlar geografiyasini kengaytiradi. Jadvaldagi yangilik – Samarqand-Istanbul-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha qatnov. “Samarqand” aeroportidan Turkiyaga muntazam qatnovlar 30-oktabrdan boshlab Airbus A320 va Boeing 757 samolyotlarida bajariladi. Qatnovlar dushanba kunlari, 16-noyabrdan boshlab esa –payshanba kunlari ham bajariladi.

Amritsarga parvozlar soni oshadi – haftaga ikki marta bajariladi, Seulga qatnovlar soni haftasiga besh martaga yetkaziladi. Mahalliy aviayoʻllar boʻyicha yangi yoʻnalishlar masalasi ishlab chiqilmoqda. Aviakompaniya yuk tashuvlari yoʻnalishlari faol rivojlanmoqda. “Navoiy” xalqaro aeroportidan Boeing 767 yuk samolyotlari Frankfurt, Dehli, Dubay, Shanxay singari shaharlarga muntazam qatnovlarni bajarmoqda, Guanchjou (Xitoy) shahriga yangi yoʻnalish ochildi.

Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi qishki navigatsiyaga katta rejalar va loyihalar bilan kirib kelmoqda.

Milliy aviatashuvchi dunyoning 23 mamlakatiga 52 yoʻnalish boʻyicha qatnovlarni amalga oshiradi.

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Isroil elchisi bilan uchrashdi
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Eduard Shapira bilan uchrashdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati. ...
18.11.2017 / 17:42
O'zbekiston adliya vaziri Isroil elchisi bilan muzokara o'tkazdi
2017 yil 16 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya vaziri Ruslanbek Davletovning mamlakatdagi Isroil Davlati elchisi Eduard Shapira bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. ...
18.11.2017 / 17:37
Toshkent uzra harbiy vertolyotlarda O'zbekiston bayrog'i olib o'tildi
Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining qabul qilingan kuniga bag'ishlangan 10 km masofaga ommaviy yugurish aksiyasi o'tkazildi. «Mustaqil O'zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon ...
18.11.2017 / 17:35
Prokuraturaning o'z telestudiyasi bo'ladi
Prezidentning  14.11.2017 yildagi PQ-3387-son “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori e`lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda. ...
18.11.2017 / 17:38
Oliy Majlis deputatlarining joylarda o'z vakillari paydo bo'ladi
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputatlarining joylarda jamoatchilik asosida tayinlangan vakillari bo'ladi. Bu haqda deputat Rasul Qusherboyev Kun.uz muxbiriga xabar qilgan. « ...
18.11.2017 / 17:36
Ertaga – 15 noyabr kuni mamlakatimizda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometreologiya markazining xabar berishicha, 15 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 11-13 daraja iliq bo`ladi. Qoraqalpog ...
14.11.2017 / 13:02