O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Samarqandda 2017 yil 10-11 noyabr kunlari BMT shafeligida xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi

Samarqand shahrida 2017 yil 10-11 noyabr kunlari BMT shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta`minlash bo`yicha "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik" mavzuida xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zAA xabar bermoqda.

Forum O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi minbaridan bildirilgan hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta`minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga yo`naltirilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo`yicha muhim amaliy qadamlardan biri bo`ladi. Ma`lumki, Markaziy Osiyoni osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va yaxshi qo`shnichilik hududiga aylantirish davlatimiz rahbari tomonidan O`zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishi sifatida belgilangan.

Anjuman O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo`yicha mintaqaviy markazi hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Tashkiliy qo`mita ma`lumotiga ko`ra, yirik xalqaro tadbir ishida 500 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari, MDH, Evropa, Osiyo va Amerika davlatlarining nufuzli rasmiy delegasiyalari, BMT, EI, EXHT, ShHT, MDH, ETTB kabi 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar rahbariyati, 100 ga yaqin taniqli xalqaro ekspertlar va etakchi xorijiy OAV vakillari, shuningdek, O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus a`zolari qatnashadi.

Forum dasturiga muvofiq, BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo`yicha yordamchisi Miroslav Encha, BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Evropa va MDH davlatlari bo`yicha mintaqaviy byurosi direktori Jihan Sultanoglu, EI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili Federika Mogerini, Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo`yicha Evropa komissari Neven Mimisa, EXHT Bosh kotibi Tomas Greminger, MDH Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari ishtirokchilarga murojaat qiladi.

Shuningdek, konferensiyada Qozog`iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov, Qirg`iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`lu, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif, Afg`oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy, AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo`yicha katta direktori Liza Kyortis va xorijiy mamlakatlarning boshqa rasmiy vakillari so`zga chiqadi.

Samarqand konferensiyasi uning ishtirokchilariga mintaqa xavfsizligi va taraqqiyotiga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish, ularni hal qilishning samarali yo`llarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratishi kutilmoqda. Ikki kun davom etadigan forum Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikasiya, suv-energetika, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik sur`atini oshirishning aniq yo`nalishlari, shuningdek, taraqqiyot bo`yicha hududiy loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda mamlakatlar salohiyatini yuksaltirishga ko`maklashishda xalqaro tashkilotlar va hamkor davlatlarning o`rnini muhokama qilish imkonini beradi.

Mavzuga oid yangiliklar
Parlament, senator yoki deputat so'roviga javob berilmadimi – EKIHning 7 baravarigacha jarima
3.01.2018 yildagi O'RQ-456-son Qonun bilan parlament so'rovini, senator yoki deputat so'rovini ko'rib chiqishda qonunbuzarliklar uchun ma`muriy javobgarlik joriy etildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda. Qayd etilishicha, buning uchun MJtKning 193 ...
09.01.2018 / 09:15
Alisher Sa`dullaev e`tirozi! “...Bu kabi tafsilotlarning cheki yo`q. lekin...”
Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan eng yosh vazir o`ribosari Alisher Sa`dullaev ijtimoiy tarmoqlarda eng faol hukumat vakili sanaladi.Sa`dullaev yoshlarni yangi g`oyalar ustida ishlashga undaydigan fikr ...
04.01.2018 / 13:06
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mamlakat yoshlariga murojaat yo‘lladi
3-yanvar kuni Toshkentda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga tashkilot vakillari ma’lum qildi. Yig&lsquo ...
04.01.2018 / 13:01
O'zbekiston aholisi uzoq umr ko'rishi bo'yicha Markaziy Osiyoda birinchi
Markaziy Osiyo davlatlarida umr ko'rish davomiyligi 1990-yillardagi ko'rsatkichdan oshdi va O'zbekistonda 73,8 yilga, Tojikistonda 73,7 yilga, Qozog'istonda 72,4 yilga, Qirg'izistonda 70,9 yilga va Turkmanistonda 70,4 yilga yetdi.  Bunday ma ...
09.01.2018 / 09:15
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev – Yil odami
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, an’anaga ko‘ra, yakunlanayotgan yil yakunlari bo‘yicha odamlarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida mamlakatimiz aholisi o‘rtasida so ...
04.01.2018 / 13:03
Shavkat Mirziyoyev: Amalga oshirilayotgan islohotlar, ijro organlari ishidagi o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak
Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 3-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O&lsquo ...
04.01.2018 / 13:00