O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Yoshlar ittifoqining hamkorlikdagi mutlaqo yangi loyihasi — “Global tadbirkorlik haftaligi” ochildi!

Global tadbirkorlik haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad – muvaffaqiyatga erishgan tajribali tadbirkorlar bilan yosh tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini shakllantirish, ularni yangi g‘oyalarga ilhomlantirish, mamlakatimizda tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish, biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan dunyodagi ilg‘or tajriba va zamonaviy vositalar bilan yoshlarni tanishtirish hamda O‘zbekistonda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat.

Global tadbirkorlik haftaligi O‘zbekiston milliy tadbirkorlik ekotizimi yaratish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash uchun muhim katalizatorga aylanishi kutilmoqda.

aftalik O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Xalqaro biznes va texnologiyalari assotsiatsiyasi hamda manfaatdor tashkilotlar va tadbirkorlik subyekti vakillari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Haftalik doirasida tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 30 dan ortiq tadbirlar, mahalliy va xorijiy biznes vakillari bilan yoshlar uchrashuvlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishtirokida 5000 dan ortiq yosh tadbirkorlar uchun “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida mahorat darslari, “JV MAN Auto - Uzbekistan”, “Sam Antep Gilam”, “Artel”, “Turon”, “GroundZero”, “Murad Buildings”, “Korzinka”, “Dekos, “OfficeMarket”, “Jusic”, “Nestle Uzbekistan” kabi 10 dan ortiq yirik korxonalarga yoshlar tashriflari uyushtirilishi rejalashtirilgan.

Tadbirlarda yurtimizdagi 50 dan ortiq tajribali tadbirkorlar bilan birgalikda Rossiya, Icroil, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlardan 40 dan ortiq xorijiy investorlar, biznesmenlar, marketologlar va malakali trenerlar ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Qashqadaryo aholisining qishki ehtiyoji uchun zarur ko‘mirning 75 foizi yetkazib berildi
Qishni betalafot o‘tkazish uchun Qashqadaryo viloyatida 53,9 ming tonna ko‘mirga ehtiyoj mavjud bo‘lib, ayni paytda bu ehtiyojning o‘rtacha 75 foizi qoplangan, deya xabar bermoqda O‘zA. Xabar berishlaricha ...
20.11.2017 / 09:08
O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Isroil elchisi bilan uchrashdi
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Eduard Shapira bilan uchrashdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati. ...
18.11.2017 / 17:42
O'zbekiston adliya vaziri Isroil elchisi bilan muzokara o'tkazdi
2017 yil 16 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya vaziri Ruslanbek Davletovning mamlakatdagi Isroil Davlati elchisi Eduard Shapira bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. ...
18.11.2017 / 17:37
Samarqand va Namangan viloyatlarining bosh militsionerlari o‘zgardi
O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi tizimida ikki muhim tayinlov amalga oshirildi, deya xabar bermoqda UzNews. Polkovnik Aziz Toshpo‘latov Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi. Shuningdek, polkovnik ...
20.11.2017 / 09:07
Prokuraturaning o'z telestudiyasi bo'ladi
Prezidentning  14.11.2017 yildagi PQ-3387-son “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori e`lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda. ...
18.11.2017 / 17:38
Oliy Majlis deputatlarining joylarda o'z vakillari paydo bo'ladi
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputatlarining joylarda jamoatchilik asosida tayinlangan vakillari bo'ladi. Bu haqda deputat Rasul Qusherboyev Kun.uz muxbiriga xabar qilgan. « ...
18.11.2017 / 17:36