O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Abdulaziz Komilov Madrid shahrida Ispaniya qirolligi savdo bo`yicha davlat kotibi bilan uchrashdi

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif bilan Ispaniya Qirolligida bo`lib turibdi. 2017 yilning 13 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Madrid shahrida Ispaniya Qirolligi Savdo bo`yicha davlat kotibi Mariya Luisa Ponsela bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

 

Muzokaralar davomida hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy va investisiya sohalarini yanada rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari muhokama qilindi.

Suhbatda ta`kidlanganidek, bugungi kunda O`zbekiston va Ispaniya investision aloqalarni kengaytirish, o`zaro tovar ayirboshlash hajmi va nomenklaturasini ko`paytirish uchun etarlicha imkoniyatlarga ega bo`lib, 2017 yilning yanvar — iyul oylarida bu ko`rsatgich 71,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Uchrashuv va shu kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston va Ispaniya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi biznes-forumda iqtisodiyotning turli sohalarida birgalikdagi va o`zaro manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirishning istiqbollari batafsil ko`rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Ispaniya Qirolligi Hukumati o`rtasida iqtisodiyot va sanoat sohalarida hamkorlik to`g`risidagi memorandum hamda O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ispaniya Savdo palatasi o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi bitim imzolandi.

Mavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi milliy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi mustaqilligi yo`lida jon fido qilgan qariyb 170 ming odam xoki qo`yilgan Milliy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi. Davlatimiz rahbari vatanparvarlar xotirasiga hurmat bajo keltirib ...
23.11.2017 / 13:35
Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-25 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 2017-yil 22-25-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi.  Oliy darajadagi muzokaralarda o&lsquo ...
20.11.2017 / 09:26
"Xalqimiz shunday yurtdoshlari bilan faxrlanadi" - Mirziyoyev koreys millatiga mansub fuqarolarga tabrik yo'lladi
O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonda koreys millatiga mansub fuqarolarning istiqomat qilayotganining 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosim ishtirokchilariga tabrik yo'lladi. Tabrik matni O'zA tomonidan e`lon qilindi. ...
18.11.2017 / 17:38
O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar
O`zbekiston Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar. Qozog ...
23.11.2017 / 13:34
Ertaga Toshkentga AQSH kongressi vakillar palatasi a`zosi keladi
AQSh Kongressi Vakillar palatasi a`zosi Trent Kelli boshchiligidagi delegasiya tarkibidan respublikachilar va demokratlar partiyalari vakillari o`rin olgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar berdi. ...
20.11.2017 / 09:09
Alisher Sultonov Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Prezidentning navbatdagi tashrifi Ozarboyjonga bo'ladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga rasmiy tashrifi yuzasidan tayyorgarlik ishlari ko'rilmoqda. Bu haqda O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari Alisher Sultonov Ozarboyjon prezidenti bilan suhbat paytida ma ...
18.11.2017 / 17:36