O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Milliy universitetda taekvondo fakulteti tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi prezidentining “Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to'g'risida”gi qarori e`lon qilindi.

Hujjat bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, O'zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to'g'risidagi taklifi ma`qullandi. 

Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari etib belgilandi: 

taekvondo WTF sport turini o'qitish va amaliy tayyorlash uslublarini hamda uning tarixi, falsafasi, klassifikatsiyasini o'zlashtirgan, ta`lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash; 

xalqaro ilg'or tajribadan foydalanib, yuqori darajaga ega bo'lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini ta`lim jarayoniga jalb etgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; 

yuqori malakali trener va o'qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadigan professional sportchilar tayyorlash uchun ularning ko'nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan zamonaviy o'qitish dasturlari va metodlarini ishlab chiqish; 

ta`lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va iste`dodlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportga oid ko'nikmalarni shakllantirish; 

yuqori intellektual salohiyatga va sport sohasida puxta bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash; 

respublika va xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishadigan hamda O'zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tayyorlash; 

o'qitish va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion metodikalarni joriy etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dolzarb mavzular bo'yicha chuqur ilmiy tadqiqotlar o'tkazish; 

mavjud o'quv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, ta`lim jarayoniga sportchilar tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini ta`minlaydigan o'qitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik texnologiyalarni joriy etish. 

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi, Moliya vazirligi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida 2018/2019 o'quv yilidan boshlab taekvondo WTF hamda sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish ta`lim yo'nalishlari bo'yicha qabul kvotalarini shakllantiradi. 

Mavzuga oid yangiliklar
O`zbekistonda “Qirollik klubi” akademiyasi ochiladi
O`zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G`ofurov Ispaniyada “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati va La liga bosh direktori Xaver Gomes bilan uchrashdi.  “Qirollik klubi” bilan uchrashuvda &ldquo ...
06.04.2018 / 13:33
Bugun O`zbekiston OTJ Farg`onada Keniyaga qarshi ikkinchi o`rtoqlik o`yinini o`tkazadi
Bugun Farg`onada O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Keniya olimpiya terma jamoasiga qarshi ikkinchi o`rtoqlik o`yinini o`tkazadi. Dastlabki o`rtoqlik o`yinida Ravshan Haydarov shogirdlari 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchrashgandi. Bugungi o ...
26.03.2018 / 12:21
O`zbekiston MTJ ko`k, Senegal MTJ oq rangli libosda o`ynaydi
Bugun O`zbekiston milliy terma jamoasi Senegal milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib borishi haqida xabaringiz bor. Kecha bo`lib o`tgan uchrashuv oldi mitingida jamoalar bugun qaysi rangdagi libosda to`p surishi aniq bo`ldi. Unga ko ...
23.03.2018 / 12:06
OChL. Bugun “Lokomotiv” safarda “Al-Vahda”ga qarshi maydonga tushadi. Sport-TV o‘yinni jonli translyatsiya qiladi
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bugun Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan 5-tur uchrashuvida BAAning “Al Vahda” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. ...
03.04.2018 / 11:00
Senegal – O`zbekiston uchrashuvini marokashlik hakam Nuriddin Al-Ja`fariy boshqarib boradi
Bugun 23 mart kuni Marokashning Kasablanka shahrida O`zbekiston milliy terma jamoasi Senegal terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. UFF xabariga ko`ra, ushbu uchrashuvni marokashlik hakamlar guruhi boshqarib boradi ...
23.03.2018 / 12:24
Ertaga O‘zbekiston — Keniya o‘yini. Keniyaliklar murabbiyi esa “andijoncha” mehmondo‘stlikdan hayratda
Ertaga, 23-mart juma kuni Andijonda O‘zbekiston hamda Keniya olimpiya terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Keniya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Frensis Kimanzi O&lsquo ...
22.03.2018 / 13:33