O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Toshkentda “Zamonlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi — ma’rifatli kelajak poydevori” media-forumi bo‘lib o‘tmoqda

28—29-noyabr kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekiston madaniy merosi” multimedia loyihasi doirasida “Zamonlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi — ma’rifatli kelajak poydevori” mavzusidagi xalqaro media-forum o‘tkazilmoqda.

Tadbirda dunyo ilm-fanining yetuk namoyondalari, muzey, kutubxona, ilmiy institut va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mahalliy olim va ekspertlar hamda OAV xodimlari ishtirok etmoqda.

Media forumda “Sharq yozma yodgorliklari durdonalari” loyihasining taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uning doirasida xorij to‘plamlarida saqlanayotgan bebaho qadimiy qo‘lyozmalarning faksimile nusxalari O‘zbekiston kolleksiyasiga berish uchun chop etilmoqda.

Ulardan birinchi bo‘lib “Katta Langar Qur’oni”, “Devoni Sulton Husayn Boyqaro”, “Ravzat us-Safo” (“Poklik bog‘i”), “Me’rojnoma” va “Temur tuzuklari” chop etildi.

Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining Sharq qo‘lyozmalari instituti va Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan ushbu kitoblarning faksimile nusxalari Yevropaning mashhur bosmaxonalaridan birida yuqori texnologiyalar bo‘yicha tayyorlangan. Ular maksimal darajada asl nusxasiga yaqin, tabiiy oltin qoplamali qog‘ozda yaratilgan. Nusxalar shunchalik hashamatdorki, ularni foliolardan farqlash mushkul. Ushbu nusxalarning O‘zbekiston hukumati va xalqiga topshirilishi xalqaro media-forumning asosiy gumanitar voqeasi bo‘ladi.

Shuningdek, forumda “O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida chop etilgan navbatdagi beshta kitob-albomning taqdimoti hamda ularni 49 ta davlatning 136 ta muzey va kutubxonalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
«Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori» xalqaro media-forumidan foto reportaj
Toshkentda 28-29 noyabr kunlari O`EOAVMAning “Media hall”ida “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori&rdquo ...
30.11.2017 / 10:47
Rossiyaning "Kultura" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Kultura" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
29.11.2017 / 16:31
"Musiqa “til”i barcha uchun birdek tushunarli"
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:26
“Musiqa tarixi, an`analari asrlardan asrlarga o`tib, bugungi kungacha saqlanib kelinmoqda”
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Mumtoz musiqa kechasi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:32
“Media forum o`zbek milliy musiqa tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini taqdim etdi”
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:27
O`zbekiston madaniy merosini keng yoyish yo`lida
ALEKSANDR NAYMARK, AQShning Hofstra universiteti professori: Mazkur yirik media-loyiha O`zbekiston madaniy merosini dunyoga keng yoyish, xalqaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Tabiiyki ...
29.11.2017 / 16:25