O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Bugun media-forumning ikkinchi kuni o`z ishini davom ettiradi

Bugun poytaxtimizda “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori” mavzuida xalqaro media-forumining ikkinchi kuni o`z ishini davom ettirmoqda.

 

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Fanlar akademiyasi, YuNESKO hamda Konrad Adenauer nomidagi jamg`armaning (Germaniya) mamlakatimizdagi vakolatxonalari hamkorligida tashkil etilgan xalqaro anjumanda senatorlar, deputatlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, dunyodagi etakchi muzey, kutubxona, ilmiy institutlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda.

O`zbekiston zaminidan etishib chiqqan buyuk allomalar insoniyat tamadduniga ulkan hissa qo`shgani tarixdan ma`lum. Ular yaratgan nodir asarlar bugun ham ma`naviy hayotimizning asosi, fundamental tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar uchun manba bo`lib xizmat qilmoqda. Media-forumning ochilishida O`zbekiston Respubikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari S.Safoev, madaniyat vaziri o`rinbosari K.Oqilova, O`zbekiston Fanlar akademiyasi vise-prezidenti B.Abduhalimov, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov, YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi D.Badarch mamlakatimizda tarixiy-madaniy merosni har tomonlama chuqur o`rganishga alohida ahamiyat qaratilayotganini ta`kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan buyuk allomalarimizning ilmiy-ma`naviy merosini asrab-avaylash va chuqur o`rganish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda davlatimiz rahbarining 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ`ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbiO`zbekistonning boy madaniy merosiga oid noyob manbalar dunyodagi ko`plab muzeylar, ilmiy-tadqiqot institutlari, galereyalar va arxiv fondlarida saqlanmoqda. Ularni izlab topish va xalqimizga etkazish maqsadida “O`zbekiston madaniy merosi” media-loyihasi doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro forum doirasida loyihaning “Sharq yozma yodgorliklari durdonalari” nomli yangi turkumi taqdimoti o`tkazildi.

Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti va Fransiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Katta Langar Qur`oni”, “Me`rojnoma”, “Temur tuzuklari”, “Devoni Husayn Boyqaro”, “Ravzatus-Safo” (Poklik bog`i) qo`lyozmalarining faksimile nusxalari O`zbekistonga topshirilishi tadbirning muhim voqeasi bo`ldi. Ushbu nusxalar qo`lyozmalarning asliga juda yaqin, oltin qoplamali qog`ozda bitilgan. rlari to`g`risida”gi qarori dasturilamal bo`lmoqda.

Tadbirda ushbu to`plamlar 49 mamlakatdan kelgan 136 muzey va kutubxona vakillariga topshirildi.

Mavzuga oid yangiliklar
“O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va madaniyatlar o`rtasida muloqotga yo`l”. Xalqaro anjumandan to`liq tafsilot...
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 6-8 iyun kunlari o`tkazilgan Ikkinchi xalqaro Kongress ana shunday nomlandi. Mazkur nufuzli anjuman mamlakatimizning boy va betakror madaniy merosini o`rganish vadunyo miqyosida keng targ`ib etish maqsadida O ...
11.06.2018 / 15:19
RFA Sharq qo`lyozmalari institutida O`zbekistonning boy madaniy merosi namoyish etildi
Rossiyaning Sankt-Peterbrug shahrida, asov Neva daryosi sohilida Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti joylashgan. Bu dargohda O`zbekistondan keltirilgan yoxud o`zbek xalqining boy madaniy merosiga taalluqli o`nlab bebaho qo ...
08.06.2018 / 14:59
Sankt-Peterburgda O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan anjuman samarali o`tmoqda
Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi bo`lib o`tmoqda ...
08.06.2018 / 14:57
Dunyo sharqshunoslari O‘zbekiston Prezidentiga ochiq murojaat yo‘lladi
2018 yining 6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l&rdquo ...
09.06.2018 / 11:19
O`zbekiston madaniy merosi – Davlat Ermitajida
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi davom etmoqda. Bugun kongress doirasida “O ...
08.06.2018 / 14:57
Selim Kondu: “Buyuk o‘zbek shoiri Erkin Vohidov “Tarixingdir ming asrlar. Ichra pinhon, o‘zbegim”, deganida naqadar haq edi”
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan anjuman ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O‘zbekiston madaniy merosi &ndash ...
08.06.2018 / 14:55