O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
“Media forum o`zbek milliy musiqa tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini taqdim etdi”

“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san`at ustalari o`zbek folklori namunalaridan ijro etishadi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari YuNESKOning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonalari ro`yxatiga kiritilgan milliy o`zbek mumtoz maqomlari namunalaridan ham bahramand bo`lishdi. Media-forum qatnashchilarining mazkur “Milliy musiqa oqshomi” xususidagi fikrlari bilan qiziqdik...

Irina POPOVA, Rossiya fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti direktori: — “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida o`tkazilgan “Milliy musiqa oqshomi”dan olam-olam taassurotlar oldim, his-hayajonim cheksiz. E`tiborimni tortgan jihat, har bir yo`nalish bo`yicha o`z ijodini namoyish qilgan ijrochilar turli yoshda ekani.

Sahnada go`yo momolarni nabiralari, bobolarni farzandlari bilan ko`rgandek bo`ldik. Sahnada namoyish qilingan chiqishlarda qarindoshchilik rishtalari ham borligi kishida iliqlik uyg`otdi. Katta ekranda milliy musiqa san`atining turli yo`nalishlari tarixiga murojaat qilindi. Ular orasida afsonaviy san`atkor Tamaraxonim ham tilga olinganidan quvondim. Boisi bu ijodkorning ijodi bilan tanish bo`lganman.

Ushbu tadbirda qo`shiq kuylashda noodatiy uslub — likopchadan foydalanilishini ilk bor ko`rdim. Ochig`i, bunday ijroni birorta davlatda ko`rgan emasman.

Media forumning bunday ijodiy tomonini o`zbek milliy taomlaridan iborat to`kin dasturxon atrofida tomosha qilish ham taassurotimizni ikki karra ko`proq oshirdi. Boisi o`zbek milliy taomlari ta`riflab bo`lmas darajada mazali tayyorlanadi.

So`zimni muxtasar qilsam, media forum turli davlatlardan kelgan mutaxassislar bilan fikr almashish, o`zbek milliy musiqa tarixi bilan yaqindan tanishish va albatta o`zbek milliy taomlaridan bahramand bo`lish imkonini taqdim etdi.

Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV

 

Mavzuga oid yangiliklar
«Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori» xalqaro media-forumidan foto reportaj
Toshkentda 28-29 noyabr kunlari O`EOAVMAning “Media hall”ida “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori&rdquo ...
30.11.2017 / 10:47
Rossiyaning "Kultura" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
Rossiyaning "Kultura" telekanali nodir qo`lyozmalar haqida
29.11.2017 / 16:31
O`zbekiston madaniy merosini keng yoyish yo`lida
ALEKSANDR NAYMARK, AQShning Hofstra universiteti professori: Mazkur yirik media-loyiha O`zbekiston madaniy merosini dunyoga keng yoyish, xalqaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Tabiiyki ...
29.11.2017 / 16:25
“Musiqa tarixi, an`analari asrlardan asrlarga o`tib, bugungi kungacha saqlanib kelinmoqda”
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Mumtoz musiqa kechasi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:32
"Musiqa “til”i barcha uchun birdek tushunarli"
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san ...
29.11.2017 / 16:26
Yuz yillik milliy ohanglar yangragan oqshom
28 noyabr kuni “O`zbekiston madaniy merosi” media-forumi doirasida milliy musiqa oqshomi o`tkazildi. Unda san`at ustalari o`zbek folklori namunalaridan ijro etishdi. Bundan tashqari tadbir ishtirokchilari YuNESKOning og ...
29.11.2017 / 16:25