O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Nonna Grishaeva "Besh oqshom" bilan Toshkentda!

Kirib kelayotgan yangi yil arafasida poytaxt ahli va mehmonlarini ajoyib sovg`a kutayotir. 2017 yil 23-24 dekabr kunlari Toshkentda ilk bor Moskva viloyati yosh tomoshabinlar teatri Aleksandr Volodin pesasi asosida, rejissyor Pavel Safonov tomonidan sahnalashtirilgan “Besh oqshom” spektakli namoyish etiladi.

Bosh rolni Rossiyaning taniqli aktrisasi, Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist Nonna Grishaeva ijro etadi. Bosh erkak rolini esa, Aleksey Rijkov talqin etadi.

Bayram oldidan namoyish etilayotgan bu tadbirning bosh homiysi “O`zbekneftigaz” AJ va “Teatr do`stlari klubi” hisoblanadi. Ta`kidlash o`rinliki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yil 3 avgut kuni yurtimiz ziyolilari bilan uchrashuvdan so`ng tashkil etilgan “Teatr do`stlari klubi” teatrlarning nafaqat ijodiy, balki texnik salohiyatini yuksaltirish, ijodiy jamoani qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, YaNgi spektakllarni sahnalashtirish, gastrollar uyushtirish singari bir qator vazifalarni o`z ichiga oladi.

Hayot va muhabbatni nozik his eta olgan dramaturg Aleksandr Volodin 1958 yilda “Besh oqshom” pesasini yozgan va unga quyidagicha izoh bergan: «Bu har birimiz uchun juda muhi bo`lgan sevgi, mehr, shafqat singari tushunchalarni izlash, yo`qotish va topish oqshomlaridir. Bu pesa insonning o`ziga ishonchi, hayot mohiyati, agar u o`z yo`lidan borsa, og`ishmasa, albatta o`z baxtini topa olishi haqidadir...”

Mashhur pesa Nikita Mixalkov hamda Lyudmila Gurchenka bosh rollarni ijro etgan shu nomli film orqali ham tomoshabinlarga yaxshi tanish. Bevosita bu tomoshaning bosh rol ijrochisiga to`xtaladigan bo`lsak, u kino va televideniya aktrisasi, parodiyachi, teleboshlovchi va xonanda sifatida ham dovrug` qozongan.

Kecha homiysi va tashkilotchilari "O'zbekneftgaz" AJ va "Teatr do'stlari klubi" yoshlar uchun alohida aksiya ham o`tkazishmoqchi: teatr oliy o`quv yurtlari va kollejlarining iqtidorli talabalari uchun “Besh oqshom” spektakliga 200 ta imtiyozli chipta ajratilgan.

Mavzuga oid yangiliklar
O`zbekistonda «Bolajonlar-shirintoylar» moda festivali boshlandi
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida «Bolajonlar-shirintoylar» an`anaviy bolalar moda festivali boshlandi. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar berdi. Tadbir 1 iyun—Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ...
31.05.2018 / 15:02
Namanganda an`anaviy gul bayrami boshlandi
27 may kuni Namangan shahrida 58-“Gul bayrami” tantanalari boshlandi. E`tirof etish joizki, 1960 yildan buyon an`naviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan nafosat va go'zallik tantanalariga bu yil tamomila o'zgacha shaklda tayyorgarlik ko ...
28.05.2018 / 09:40
Izro Malakov O`zbekiston Prezidenti va o`zbek xalqiga cheksiz minnatdorchiligini bildirdi
O`zbekiston delegasiyasining Amerika Qo`shma Shtatlariga rasmiy tashrifi munosabati bilan “Uillard Interkontinental Vashington” otelida uyushtirilgan uchrashuvda e`tiborli voqea ro`y berdi. Gap shundaki, ko`p yillik samarali ijodi, o ...
19.05.2018 / 09:39
Nurotada “Nurli navolar” xalqaro folklor festivali boshlandi
Davlatimiz rahbari joriy yilning 2 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha jabhalarga e’tibor qaratar ekan, qadim an’ana va qadriyatlarimizni ardoqlash, ayniqsa ...
30.05.2018 / 14:00
"Shaytanat"ning efir muddati nega o`zgardi?
"Shaytanat" seriali may kunidan boshlab efirga uzatilishi kerak edi... O`zMTRKning xabar berishicha, serial ramazon oyidan so`ng efirga uzatiladi. Chunki, telekanal rahbariyati ro`za oyida ushbu serialni namoyish etishni lozim topmagan. Eslatib o ...
21.05.2018 / 16:15
“Hidoya” o'rta maxsus islom bilim yurtiga Ramazon tuhfasi
2018 yil 15 may kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Namangan viloyati Norin tumanida joylashgan «Hidoya» o'rta maxsus islom bilim yurtida kitob va kitob mutolaasini yoshlar o‘rtasida keng targ&lsquo ...
15.05.2018 / 14:13