O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida OAVning o‘rni

2017 yilning 14 dekabr kuni poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Amir Temur” zalida “O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida davlat va jamiyat o‘rtasida ijtimoiy muloqotni ta’minlashda OAVning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan tashkil qilinmoqda. 

Konferensiya maqsadi – ommaviy axborot vositalari faoliyatida son ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich sifat ko‘rsatkichlariga aylantirish, xususan, OAVni chin ma’noda “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga olib chiqish hamda shu asosida milliy media-makonda fikr va qarashlar xilma-xilligini ta’minlash, ularning aholi talab va ehtiyojlarini hokimiyat idoralariga yetkazishning muhim va ta’sirchan vositasiga, xalqning eng yaqin ko‘makchisi va hamdardiga, demokratiya ko‘zgusiga, shuningdek, har bir OAVning haqiqiy muloqot maydaniga, fikrlarni erkin ifodalash minbariga aylanish jarayonlarini muhokama qilish.

Konferensiyaning ikkinchi sessiyasida nodavlat teleradiostansiyalar media-kontenti va ijodiy salohiyati, bundan tashqari, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashning yangi usullari hamda media-bozorning o‘zini o‘zi boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tadi. 

Tadbirda turli mavzular bo‘yicha ma’ruzalar qilinadi, shuningdek, ma’ruzalar davomida taqdimot va videoroliklar namoyish etiladi. 

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari, mahalliy ekspertlar, vazirlik va idoralar vakillari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari, O‘zEOAVMAga a’zo nodavlat teleradiostansiyalar direktorlari, ijodiy va texnik xodimlari, shuningdek, OAV hamda yirik reklama agentliklari vakillari ishtirok etadi. 

Konferensiyaning mahalliy hamkorlari: “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston milliy media-kengashi, Xalqaro press-klub, “International Media Service”, Toshkent reklama assotsiatsiyasi, “Mening yurtim” telekanali, sevimli-tv.uz onlayn internet kanali. 

Konferensiyaning xalqaro hamkorlari: YuNESKO va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonalari, K.Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Mavzuga oid yangiliklar
“Milliy jurnalistikani rivojlantirish istiqbollari: nazariya va amaliyot”
O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini targ`ib qilish, mamlakatimizda mustaqil hayotga qadam qo`yayotgan yoshlar hayotini keng yoritish, ularning qiziqishlari, yutuq va muammolari haqida rang-barang media ...
11.10.2018 / 20:33
Ommaviy axborot vositalarining inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishdagi roli qanday?
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan 2018 yil 18-19 iyul kunlari tajribali telejurnalist ...
18.07.2018 / 12:21
darakchi.uz: Fotoreportaj: Poytaxtda 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni qanday nishonlandi?
Bugun, 3 may — Jahon mutbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat hamda bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari&rdquo ...
03.05.2018 / 17:51
Yoshlar oromgohida «Navqiron jurnalistlar» media-oromgohi bo`lib o`tmoqda
9-16 avgust kunlari O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamkorligida tashkil etilgan yozgi media-oromgoh o`z ishini davom ettiryapti.   Unda Yoshlar media markazi ...
15.08.2018 / 20:32
O‘zbekistondagi birinchi nodavlat telekompaniya asoschisi Firdavs Abduxoliqov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbek milliy akademik drama teatrida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda O&lsquo ...
28.06.2018 / 16:02
uza.uz: Rag‘bat va e’tibor sog‘lom raqobatga undaydi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Axborot sohasida raqobat ...
03.05.2018 / 16:42