O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Shavkat Mirziyoyev TIKA prezidentini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 dekabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) prezidenti Serdar Chamni qabul qildi. 

O'zA xabariga ko'ra, davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, joriy yilning 25-26 oktabr kunlari Turkiyaga amalga oshirilgan davlat tashrifi mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga olib chiqqanini mamnuniyat bilan ta`kidladi. 

Turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda savdo, sanoat, investitsiya, transport, turizm, sog'liqni saqlash, ta`lim va boshqa sohalarda istiqbolli dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani ijobiy baholandi. 

Uchrashuvda TIKAning mamlakatimizdagi faoliyatini yanada kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish muhimligi qayd etildi. 

O'zbekistonda Agentlik tomonidan shu kungacha 23,6 million dollar miqdoridagi 700 ga yaqin grant loyihalari amalga oshirilgan. 

Suhbatda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini belgilab olish, bu borada TIKAning O'zbekistondagi faoliyatini aniq loyihalar asosida va tizimli ravishda rivojlantirish zarurligi alohida ta`kidlandi. 

Bu borada “Yo'l xaritasi”ni qisqa muddatda ishlab chiqib, uni amalga oshirishga kirishish muhimligi, shu munosabat bilan, iqtisodiy, madaniy, ta`lim, sog'liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, turizm va ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa qator sohalarda amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar hajmini bir necha barobar ko'paytirish bo'yicha kelishib olindi. 

TIKA rahbari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejyep Tayyip Erdo'g'on hamda ushbu mamlakat Bosh vaziri Binali Yildirimning ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Serdar Cham davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni to'liq qo'llab-quvvatlashini, bu yo'lda bor kuch-g'ayratini safarbar etgan holda, ularni hayotga o'z vaqtida va samarali tatbiq etishga Turkiya tomoni tayyor ekanini bildirdi. 

Mavzuga oid yangiliklar
Abdulaziz Kamilov Qatar delegasiyasini qabul qildi
2018 yil 17 iyul kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar davlati Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ishlari bo`yicha departamenti boshlig`i Halid Ibrahim al-Hamar rahbarligidagi delegasiyasni qabul qildi, deb xabar  ...
18.07.2018 / 09:12
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 iyul kuni Mo‘g‘uliston Prezidenti Xaltmaagiyn Battulgani milliy bayram – Xalq revolyutsiyasi kuni bilan tabrikladi.
11.07.2018 / 10:57
Vazirlar Mahkamasida 3ta departament tugatildi, 2 oy ichida tarkibiy bo'linmalar xodimlari attestatsiyadan o'tkaziladi
Prezidentning «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori imzolandi. Bu haqda  ...
08.07.2018 / 13:14
Abdulla Aripov Farg'onada Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashuv o'tkazadi
O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Farg'ona shahrida 16 iyul kuni Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi. Ikki mamlakat vazirliklari va idoralari ...
16.07.2018 / 08:33
Erdo'g'anning inauguratsiya marosimida O'zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Nig'matilla Yo'ldoshev boshchiligidagi delegatsiya Anqara shahrida Rajab Toyyib Erdo'g'anning Turkiya Respublikasi prezidenti lavozimiga kirishish marosimida ishtirok etadi ...
08.07.2018 / 13:15
Shavkat Mirziyoev Qozog`iston xalqini Ostona shahrining 20 yilligi bilan tabrikladi
Qozog`iston poytaxtidagi Mustaqillik saroyida 6 iyul kuni Ostona shahrining 20 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog ...
08.07.2018 / 13:13