O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Nonna Grishayeva: “O‘ylaymanki tomoshabinlarni hayratga olamiz... o‘zbekistonliklarning qalbini zabt etamiz”
Shanba va yakshanba kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik opera va balet Katta teatri sahnasida Moyakovskiy nomidagi Yosh tomoshabinlar viloyat teatri o‘zining “Besh oqshom” spektaklini taqdim etadi. Poytaxt madaniy hayotidagi ushbu voqea oldidan bosh rol ijrochisi va teatrning badiiy rahbari Nonna Grishayeva “Uzbekistan Today” axborot agentligi muxbiri bilan o‘z hissiyotlari hamda mazkur safardan kutayotgan natijalar to‘g‘risida fikr almashdi. 

– Siz rejalari ulkan ijodkor insonsiz. Sizni teatr va kino aktrisasi, teleboshlovchi va qo‘shiqchi sifatida bilishadi. Siz uchun teatr nima?
– Teatr – bu hayotimdagi eng muhim ish, men uni televideniye va kinodan ko‘proq yaxshi ko‘raman. Chunki teatrda tomoshabin bilan jonli energiya almashish mumkin. Kinoda esa ijro etgan rolingni montaj qilishadi va roldan nima qolishini bilmaysan. Teatrda esa hammasi boshqacha: sahnaga chiqasan, tomoshabin ko‘z o‘ngingda, u hammasini ko‘rib turadi va seni tushunadi. Shuning uchun ham teatr hayotim asosiy deyishim mumkin.

– Teatrning badiiy rahbari hamda bosh rol ijrosichi sifatida “Besh oqshom” spektakli haqida nima deya olasiz?

– “Besh oqshom” spektakli mening azaliy orzuim. Anchadan buyon Tamara rolini (bosh qaharmon) o‘ynashni orzu qilardim. Bu personaj o‘z doirasi borligi bilan qiziq. Rivojlanish va ko‘zlangan maqsad bor: hayotdan charchash, harorat, sevgi, ayollik nazokatini yoddan chiqarishdan tortib, yangi qaynoq muhabbat va kutilmaganda endigina erishilgan muhabbatni yo‘qotish, o‘z g‘ururidan voz kechish va sevgisini yana yo‘qotmaslik uchun hamma narsaga tayyor turish. 
Menda ko‘p marta “Senga buning nima keragi bor? Badiiy rahbarlik senga nima beradi?” deb ko‘p marta so‘rashgan. Va men bu katta baxt, qo‘lingda yillar davomida quruq o‘tirmaslik va kutmaslik imkoniyati bo‘lsa, senga mo‘ljallab nimadir qo‘yishsa hamda xohlagan ishingni qilish. Shuning uchun ham “Besh oqshom” – bu uzoq orzular jamlanmasi va bizning teatr uchun ham muhim bosqichdir. Pavel Safonov aynan mana shu ishi uchun bekorga “Tetar yulduzi” mukofotining “Eng yaxshi rejisser” nominatsiyasida nominant sifatida ko‘rsatilmadi. Spektaklda rol o‘ynayotgan akterlar uchun bu ajoiybi sovg‘a. A. Volodin qahramon obrazi va xarakterini o‘ziga xos tasvirlay oladigan iste’dodli dramaturg, bu rolni ijro etish esa rostdan ham baxt.
– O‘zbekistonga safardan nimalar kutyapsiz?
– Teatrning badiiy rahbari sifatida va qattiq hayajon va xavotirdaman. Bu teatrga men rahbarlik qila boshlaganimdan keyin ikkinchi xorijiy davlatga safarimiz hisoblanadi. Yaqinda biz Tallinga o‘zimizning afsonaviy “Kamolot xonimi” spektaklimiz borib keldik.
Ham inson hamda aktrisa sifatida juda ham hayajonli. Chunki men birinchi marta Toshkentga kelaman. Ajoyib madaniyat va tarixga ega shahar bilan tanishish qiziq. Teatr akterlari gastrol safarini sabrsizlik bilan kutishmoqda. 
– “Besh oqshom” sektakli Toshkentda ham xuddi Moskva sahnasidagidek o‘ynaladimi yoki biror o‘zgarishlar bo‘ladimi?
– Yo‘q, hech narsani o‘zgartirmaymiz. Moskva sahnasida qanday bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shunday o‘ynaladi. Rejisser Pavel Sofonov bu postanovkaga qat’iy shart qo‘ygan, biror nimani o‘zgartirish umuman maqsadga muvofiq emas, shuning uchun rejisser qanday talab qo‘ygan bo‘lsa, ana shunday qo‘yiladi. 
– O‘zbekistonlik tomoshabinlar bilan uchrashuvdan nima kutyapsiz?
– Biz faqatgina bir narsani, ya’ni ularning spektaklni tushunishlarini kutyapmiz. Chunuki pesa maishiy hayotdan olingan, spektaklni esa uning ramzi deyish mumkin. Biz bu postanovka bilan tomoshabinlarga hayratga solamiz, muallif yozgan hamda rejisser tomonidan shakllantirilgan “message” (istak-xohish, maqsad) o‘zbekistonliklar qalbidan o‘rin egallaydi deb umid qilaman.
Mavzuga oid yangiliklar
Nonna Grishaeva "Besh oqshom" bilan Toshkentda!
Kirib kelayotgan yangi yil arafasida poytaxt ahli va mehmonlarini ajoyib sovg`a kutayotir. 2017 yil 23-24 dekabr kunlari Toshkentda ilk bor Moskva viloyati yosh tomoshabinlar teatri Aleksandr Volodin pesasi asosida ...
12.12.2017 / 11:25
O`zbek milliy maqomchilik san`ati markazi tashkil etiladi
Yangi markaz O`zbekistonda maqom san`atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an`analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o ...
20.11.2017 / 09:10
Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi faoliyati yanada takomillashtiriladi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori e ...
08.11.2017 / 16:37
Toshkent moda haftaligi davom etmoqda
Yoshlar ijod saroyida "Tashkent Fashion Performance" namoyishi bo`lib o`tdi. Unda tashrif buyurganlar Italiya, Fransiya, Koreya, Rossiya, Qirg`iziston va O`zbekistondan dizaynerlar yaratgan liboslarni ko`rishga muvaffaq bo`ldi. Dastur qoidasiga ko ...
20.11.2017 / 09:11
Yilning eng shov-shuvli loyihasi start oldi: “Art House”
Tadbir avvalida “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Furqat Zokirov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Маpkaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov ...
13.11.2017 / 16:26
Toshkent islom universitetida fotoko‘rgazma
Tinchlik, xotirjamlik, farovon va baxtiyor hayot – eng oliy ne’mat. Toshkent islom universitetida o‘tkazilayotgan fotoko‘rgazma har bir tomoshabinni osoyishta va yorug‘ kunlarimiz, istiqlolimiz, ona O&lsquo ...
30.10.2017 / 14:29