O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
IJTIMOIY TELERADIOMAHSULOTLAR IX MILLIY FESTIVALI

    2017 yil 26 dekabr kuni “O‘zEOAVMA media xall”da (“Zarafshon” kino-konsert zali) O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi ko‘magida Ijtimoiy teleradiomahsulotlar IX milliy festivali o‘tkaziladi. 
    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari, Parlament komissiyasi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi. 
     Milliy festivalni tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad – bugun aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, umuminsoniy qadriyatlar, o‘zbek xalqining an’ana va urf-odatlarini asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga yetkazish, insonparvarlik va mehr-muruvvat g‘oyalarini olg‘a surish, giyohvandlik kabi insoniyat oldida turgan boshqa tahdidlarga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor berilayotgan bir paytda shu mavzularda ta’sirchan ijtimoiy roliklarni tayyorlash, bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib rag‘batlantirishdir.
    Festivalda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi va taqdirlanadi:
   1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy rolik;
   2. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi jarayonlarini yoritishga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy rolik;
   3. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturining mazmun-mohiyatini aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy rolik.
   Festival haqidagi Nizomga binoan O‘zEOAVMA Ekspertlar kengashi tomonidan tanlovga kelgan talabnoma va materiallar ko‘rib chiqilib, tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha uchtadan nomzodlarning ijodiy ishlarini tanlov Hakamlar hay’atiga g‘olibni aniqlash uchun tavsiya etadi. Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar taniqli jamoat arboblari, soha mutaxassislari va ekspertlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan ishtirokida shakllantirilgan hakamlar hay’ati tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. G‘oliblar maxsus diplom, statuetka va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
     * Ma’lumki, O‘zEOAVMA tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament komissiyasi ko‘magida joriy yilda nodavlat teleradiouzatuvchilar ijodiy guruhlarini rag‘batlantirish maqsadida 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Jurnalistlar bahori” an’anaviy tanlovi, mamlakatimiz mustaqilligi arafasida “Ozod yurt to‘lqinlari” media-festivali, noyabr oyida yurtimizda OAVga yaratib berilgan shart-sharoitlar, ular erishayotgan yutuqlarga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Mavzuga oid yangiliklar
O`zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida O`ZEOAVMA hamkorligining muhim o`rni
Poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “O`zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida davlat va jamiyat o`rtasida ijtimoiy muloqotni ta`minlashda OAVning o`rni” mavzuida xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi ...
17.12.2017 / 12:35
Xitoy safari taassurotlari: OAV mamlakatlararo do‘stlik ko‘prigi
Shu yil 20-27 noyabr kunlari O‘zbekiston Jurnalistlari delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldim.Bu mening Xitoyga ikkinchi safarim edi - birinchi marta bundan 26 yil avval, 1991 yilning avgust oyida, O&lsquo ...
12.12.2017 / 12:00
“Kultura” telekanalida “O‘zbekiston: kashf etilgan sinoatlar” hujjatli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
2017 yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Kultura” telekanali orqali O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda “Karavan TV” telekanali bilan hamkorlikda ERIELL GROUP ko ...
30.10.2017 / 08:30
O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida OAVning o‘rni
2017 yilning 14 dekabr kuni poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Amir Temur” zalida “O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida davlat va jamiyat o‘rtasida ijtimoiy muloqotni ta ...
13.12.2017 / 14:36
Mа’nаviyat eng tа’sirchаn qurоlimiz
1 dеkаbr kuni O’zbеkistоn elеktrоn оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаri milliy аssоtsiаtsiyasi bоsh оfisidа Rеspublikа Mа’nаviyat vа mа’rifаt mаrkаzi hаmdа O’zEОАVMА o’rtаsidа hаmkоrlik mеmоrаndumini imzоlаsh mаrоsimi bo&rsquo ...
01.12.2017 / 11:51
«Ozod yurt to‘lqinlari»: ezgu tantanaga hamohang
Poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasining anjumanlar zali xushmanzara ko‘rinish kasb etdi. Turfa chiroqlar yog‘dusi, bayramona bezaklar, sohir kuy-qo‘shiqlar sadosi dillarga huzur, ko‘tarinki kayfiyat bag ...
23.08.2017 / 09:43