O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

19 01 2018 120 SONIYA 10 00
19 01 2018 120 SONIYA 10 00
19 01 2018 120 SONIYA 08 00
19 01 2018 120 SONIYA 08 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining qo'shma qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori tayinlandi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rahim Rasuljonovich Hakimov ushbu institut direktori lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2017 yil 12 iyul kuni o'tkazilgan parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O'zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida Oliy Majlis huzurida qonunchilik muammolarini hal qilish instituti tashkil etilishini taklif qilgandi. 

Rahim Rasuljonovich Hakimov 1983 yilda tug'ilgan. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasining a`zosi.

R.Hakimov 2005-2014 yillar mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida mas`ul lavozimlarda ishlagan.

Mavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi Aktyubinsk viloyatida yuz bergan fojiali hodisaning sabablari haqida ma’lumot berdi
Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayevning ta’kidlashicha, avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchramagan, jinoiy faoliyat izlari ham yo‘q. Bu ko‘proq baxtsiz hodisaga o‘xshaydi ...
19.01.2018 / 17:17
Kun fotosi: Mirziyoyev non pishirayotgan ayollar bilan muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryoga tashrifi davom etmoqda. Prezident Termiz tumanidagi «Inter Silk Pro» qo'shma korxonasiga qarashli pillaxonaga borganidan so'ng, uning yonida non pishirayotgan ayollar bilan muloqot qilgan ...
19.01.2018 / 16:51
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga yetib bordi
Bugun, 19 yanvar kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, avval belgilangan vazifalarning ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga yetib bordi ...
19.01.2018 / 16:49
Adliya vazirligi Seul shahri meriyasi bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda
2018 yil 18 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari A.Toshqulov va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktor o'rinbosari N ...
19.01.2018 / 16:51
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda innovatsion pillaxona bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini Termiz tumanidagi «Inter Silk Pro» qo'shma korxonasiga qarashli pillaxona bilan tanishishdan boshladi ...
19.01.2018 / 16:50
Parlament, senator yoki deputat so'roviga javob berilmadimi – EKIHning 7 baravarigacha jarima
3.01.2018 yildagi O'RQ-456-son Qonun bilan parlament so'rovini, senator yoki deputat so'rovini ko'rib chiqishda qonunbuzarliklar uchun ma`muriy javobgarlik joriy etildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda. Qayd etilishicha, buning uchun MJtKning 193 ...
09.01.2018 / 09:15