O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
2018-yilda tibbiy oliy o‘quv yurtlari bakalavr yo‘nalishiga maqsadli qabul 20 foizga oshiriladi

2018-yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maqsadli qabul kvotasini 2017-yilga nisbatan 20 foiz oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning yillik hisobotida ma’lum qilindi.

“Tibbiy ta’lim bo‘yicha eng muhim hodisa, o‘qish muddatlarining qisqartirilgani bo‘ldi. Shuningdek, kasbiy fanlar bloki kengaytirilib, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki 7 foizgacha qisqartirildi, klinikagacha va klinikaga oid fanlar uchun soatlar hajmi 85 foizgacha ko‘paytirildi. 2017—2018-o‘quv yilidan boshlab birinchi marta maqsadli qabul yo‘lga qo‘yildi va 2017-yilda tibbiy oliy o‘quv yurtlariga maqsadli qabul uchun 1 ming 180 o‘rin ajratildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 2018-yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maqsadli qabul kvotasini 2017-yilga nisbatan 20 foiz oshirish, maqsadli magistraturani 10 foiz ko‘paytirish, klinik ordinatura qabul kvotasini 15 foiz oshirish belgilandi.

“2017-yil investitsiya dasturiga ko‘ra 27,6 milliard so‘m mablag‘ evaziga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining simulyatsiya markazi va klinikasida, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining 120 o‘rinli, Andijon davlat tibbiyot institutining 120 o‘rinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 o‘rinli, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 100 o‘rinli jami 540 o‘rinli klinikalarda qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda”,— deyiladi hisobotda.

2018-yil investitsiya dasturi doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining simulyatsiya markazi, mazkur institut Nukus filialining 120 o‘rinli, Andijon davlat tibbiyot institutining 120 o‘rinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 o‘rinli klinikalarida qurilish va rekonstruksiya ishlarini davom ettirish uchun 31,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “O‘qituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman”
Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq ta’limi tizimini tubdan o‘zgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag ...
21.06.2018 / 17:15
Maxsus sirtqi bo`limlar qaerlarda tashkil etiladi?
Ta`lim sohasidagi qonunchilik bo`yicha o`tkazilgan onlayn muloqotda juda ko`plab savollar maxsus sirtqi bo`limlar uchun qabul qaysi ta`lim muassasalarida tashkil etilishi haqida bo`ldi. ...
14.06.2018 / 11:08
Oliy va o`rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018-2019 o`quv yili uchun qabul e`lon qilindi
O`zbekiston musulmonlari idorasi o`z tasarrufidagi oliy va o`rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018-2019 o`quv yili uchun qabul e`lon qiladi. O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, O ...
11.06.2018 / 15:18
1-sinfga qabul qilish uchun talab etiladigan hujjatlarga aniqlik kiritildi
Xalq ta`limi vazirligi bolalarni umumta`lim muassasasining I sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan topshirilishi belgilangan hujjatlarni ma`lum qildi. Hujjatlar ro`yxati quyidagicha: - ota-onalar tomonidan umumta ...
14.06.2018 / 11:10
Toshkent viloyatida joriy yilda 228 MTM foydalanishga topshiriladi
Bu borada viloyatda ishlab chiqilgan “Yo`l xaritasi”ga muvofiq, tuman va shaharlarda 164 nodavlat, 48 davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta`lim muassasasi tashkil etish va 16 uy-bog`cha faoliyatini yo`lga qo ...
14.06.2018 / 11:08
Ayrim yo`nalishlar bo`yicha institutlarda o`qish muddati qisqartiriladi
Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagiPrezident qarori qabul qilindi. ...
06.06.2018 / 10:52