O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Qadrli do‘stlar!

Jonajon Vatanimizga Yangi – 2018 yil kirib kelmoqda.

Siz azizlarni, mo‘’tabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman.

Ming shukrki, turli muammo va qiyinchiliklarga qaramasdan, 2017 yil mamlakatimiz uchun tinch, har tomonlama omadli va barakali bo‘ldi.

Biz taraqqiyotimizning yangi davri, yangi bosqichiga qadam qo‘ydik. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalarni bajarishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etdik.

Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2017 yilni barcha sohalarda yorug‘ yuz bilan yakunlashga erishdik.

Eng muhimi, davlatning xalqqa munosabati o‘zgarmoqda. Xalq degan tushunchaning qadri yuksalmoqda. El-yurtga xizmat qilish hayotimiz mazmuniga aylanmoqda.

Bularning barchasi odamlarimizning kundalik hayotida o‘z amaliy ifodasini topmoqda. Ularning ertangi kunga ishonchi yanada mustahkam bo‘lmoqda.

Tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimiz ham, aytish mumkinki, g‘oyatda samarali bo‘ldi. Ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarimiz yangicha ruh va mazmun kasb etmoqda.

Bu esa mintaqamizda o‘zaro ishonch, do‘stlik va hamkorlik muhitini yanada kuchaytirish uchun mustahkam zamin bo‘lmoqda. Biz bu strategik yo‘lni 2018 yilda ham izchil va faol davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib, uzoq va yaqin barcha mamlakatlar xalqlarini ham, Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga tinchlik va ravnaq tilaymiz.

Aziz yurtdoshlar!

Biz Yangi – 2018 yilga Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb nom berdik.

Biz buyuk kelajagimizni aynan mana shunday yuksak maqsad va g‘oyalar asosida barpo etamiz.

Xalqaro maydonda keskin raqobat kuchayib borayotgan hozirgi vaqtda bu eng to‘g‘ri va samarali yo‘ldir.

Shu ma’noda, 2018 yil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil bo‘ladi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Yangi yilda ham xalqimiz hayot darajasi va sifatini, barcha toifadagi aholimiz daromadlarini oshirishga alohida ahamiyat beramiz.

Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va elatlar o‘rtasidagi totuvlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.

Chet ellardagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kengaytirishga yanada katta e’tibor qaratamiz.

Ishonaman, 2018 yilda barchamiz birgalikda, o‘zimizni ayamasdan mehnat qilib, o‘z oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajarishga albatta erishamiz.

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Mana shu nurafshon daqiqalarda hammamiz ezgu orzu-umidlar bilan Yangi – 2018 yilga qadam qo‘ymoqdamiz.

Mening niyatim, tilagim shuki, har bir oila, har bir inson murod-maqsadiga yetsin!

Barchangizga dunyodagi eng katta baxt – oilaviy xotirjamlik, farzandlar, nabiralar baxtu kamolini ko‘rish nasib etsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Mavzuga oid yangiliklar
Parlament, senator yoki deputat so'roviga javob berilmadimi – EKIHning 7 baravarigacha jarima
3.01.2018 yildagi O'RQ-456-son Qonun bilan parlament so'rovini, senator yoki deputat so'rovini ko'rib chiqishda qonunbuzarliklar uchun ma`muriy javobgarlik joriy etildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda. Qayd etilishicha, buning uchun MJtKning 193 ...
09.01.2018 / 09:15
Alisher Sa`dullaev e`tirozi! “...Bu kabi tafsilotlarning cheki yo`q. lekin...”
Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan eng yosh vazir o`ribosari Alisher Sa`dullaev ijtimoiy tarmoqlarda eng faol hukumat vakili sanaladi.Sa`dullaev yoshlarni yangi g`oyalar ustida ishlashga undaydigan fikr ...
04.01.2018 / 13:06
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mamlakat yoshlariga murojaat yo‘lladi
3-yanvar kuni Toshkentda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga tashkilot vakillari ma’lum qildi. Yig&lsquo ...
04.01.2018 / 13:01
O'zbekiston aholisi uzoq umr ko'rishi bo'yicha Markaziy Osiyoda birinchi
Markaziy Osiyo davlatlarida umr ko'rish davomiyligi 1990-yillardagi ko'rsatkichdan oshdi va O'zbekistonda 73,8 yilga, Tojikistonda 73,7 yilga, Qozog'istonda 72,4 yilga, Qirg'izistonda 70,9 yilga va Turkmanistonda 70,4 yilga yetdi.  Bunday ma ...
09.01.2018 / 09:15
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev – Yil odami
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, an’anaga ko‘ra, yakunlanayotgan yil yakunlari bo‘yicha odamlarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida mamlakatimiz aholisi o‘rtasida so ...
04.01.2018 / 13:03
Shavkat Mirziyoyev: Amalga oshirilayotgan islohotlar, ijro organlari ishidagi o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak
Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 3-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O&lsquo ...
04.01.2018 / 13:00