O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Shavkat Mirziyoyev: Amalga oshirilayotgan islohotlar, ijro organlari ishidagi o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak

Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 3-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Davlat rahbarining 2017-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, hukumat apparati qayta shakllantirilgan edi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi hamda Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi tashkil etilgandi.

Yig‘ilishda mazkur ikki kompleksning o‘tgan davrdagi faoliyati tahlil qilinib, 2018- yilga mo‘ljallangan rejalari va eng ustuvor vazifalari muhokama etildi.

Prezident kun tartibidagi masalaga tanqidiy yondashib, aksariyat tashkilotlar o‘z faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil eta olmayotgani, qabul qilingan qaror va dasturlarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganini ta’kidladi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijro organlari ishidagi o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak. Buning uchun quyi bo‘g‘indagi ishlar samaradorligini oshirish, oddiy odamlarning dardi va tashvishi bilan yashash barcha rahbar va mutasaddilar faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar oldida turgan muhim vazifalari haqida so‘z yuritildi. Amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, maktab ta’limi sifatini oshirish, test sinovlari va oliy o‘quv yurtlari faoliyatini takomillashtirish, sportchilarning bo‘lg‘usi musobaqalarga tayyorlash borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash, jumladan, qat’iy pul-valyuta siyosatini yuritish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, zamonaviy sanoat korxonalari barpo etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish kabi masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Rossiyada o`qiyotgan va mehnat qilayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o`tkaziladi
Rossiya Federasiyasida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan o`zbekistonlik yoshlarning murojaatlarini inobatga olib, O`zbekiston yoshlar ittifoqi facebook ijtimoiy tarmog`i orqali onlayn muloqot o`tkazadi! ...
22.05.2018 / 12:45
Chiqindi to`plash shoxobchalari tadbirkorlarga biriktiriladi
Endilikda jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqish xizmatlari ommaviy shartnomalar asosida ko`rsatiladi. Bu O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bog ...
22.05.2018 / 12:43
Sel kelishi oqibatida Navoiy viloyati chorvadorlariga katta zarar yetgani aytilmoqda
Shu kunlarda O'zbekistonning turli mintaqalarida ob-havo injiqliklari sababli sel kelgani va turli oqibatlarga sabab bo'lgani haqida xabarlar berilmoqda. Tahririyatimizga shunday tabiiy ofatlardan biri aks etgan videolavha kelib tushdi.  ...
21.05.2018 / 16:25
“Jahon xotirasi” dasturida “Xiva xonligi arxiv hujjatlari” uchinchi o`ringa munosib ko`rildi
YuNESKOning “Jahon xotirasi” dasturi mukofoti O`zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan “Xiva xonligi arxiv hujjatlari” nomli fond hujjatlari uchun topshiriladi. O`tgan yilning 24 ...
22.05.2018 / 12:43
Yangi haydovchilik guvohnomalari hududlarda 1 iyundan beriladi
2018 yil 1 iyundan Davlat xizmatlari ko'rsatish markazlari tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlari turlari yana 31taga ko'payadi. Hozirgi kunda haydovchilik guvohnomalarining yangi namunalarini berish yoki almashtirish bo ...
21.05.2018 / 16:26
“Adolat” SDP: Tinchlik, farovonlik va taraqqiyot yo‘lida birlashaylik
O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Markaziy apparati tomonidan mahalliy kengashlar raislarining mafkura masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, matbuot kotiblari, hamkor tashkilotlar va OAV vakillari ishtirokida ...
21.05.2018 / 16:23