O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
IJTIMOIY TELERADIOROLIKLAR IX MILLIY FESTIVALI
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
Телеканал "НТВ" о передаче в дар Узбекистану копий бесценных рукописей
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mamlakat yoshlariga murojaat yo‘lladi

3-yanvar kuni Toshkentda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga tashkilot vakillari ma’lum qildi.

Yig‘ilish davomida Yoshlar ittifoqining mamlakat yoshlariga murojaatnomasi qabul qilindi. Unda yoshlar muammolariga hamda ittifoqning yangi yildagi ustuvor vazifalariga urg‘u berildi. Jumladan, 2018-yilda asosiy e’tibor yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlarini samarali tashkil etishga qaratilishi ta’kidlandi.

Quyida murojaatning to‘liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

Aziz yoshlar!

Barchamizga yaxshi ma’lumki, aholining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadigan mamlakatimizda yoshlarga juda katta imkoniyatlar, sharoitlar, imtiyozlar va qulayliklar yaratib berilmoqda. Bunga javoban yoshlarimiz hozirda fan, ta’lim, madaniyat, sport, axborot kommunikatsiya texnologiyalari kabi ko‘plab sohalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar.

Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yurtimizda 2018-yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi ham yoshlarimizning ulkan salohiyatiga yuksak ishonch ekanligidan dalolatdir.

Bu — kelajak bunyodkorlarining g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliy ishlarga jalb qilish va baland marralar sari olg‘a intilishga bo‘lgan da’vatdir.

Afsuski, ba’zi yoshlar ana shunday yaratib berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanmay, bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolgayotganligi keng jamoatchilik vakillarini jiddiy tashvishga solmoqda.

Garchi 2017-yilda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik darajasi 2016-yilga nisbatan 9698 taga yoki 14 foizga kamaygan bo‘lsada, respublika bo‘yicha 23 mingga yaqin yoshlar tomonidan jinoyatlar sodir etilganligi, shundan 759 nafari yoki 3 foizi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari, 273 tasi yoki 1,1 foizi talabalar, 8935 tasi yoki 36 foizi ishlamaydigan, jamiyatda faol bo‘lmagan yoshlarni tashkil etayotganligi achinarli hol va bu borada olib borayotgan ishlarimizning natijasi yetarli emasligini ko‘rsatadi.

Yoshlar o‘rtasidagi aksariyat jinoyatlar huquqiy bilimning yetishmasligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etmasligi natijasida sodir etilmoqda.

Shunday ekan, kelinglar, aziz yoshlar, bo‘sh vaqtimizni ijtimoiy foydali o‘tkazishga harakat qilaylik, kitob o‘qiylik, kasb-hunar egallash choralarini ko‘raylik, jamiyatga kerakli va savobli ishlar bilan band bo‘laylik.

Shu sababli mamlakatimiz yoshlarining taklif va tavsiyalarini inobatga olgan holda 2018-yilni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlarini samarali tashkil etishni ustuvor vazifa sifatida belgilaylik!

Aziz yoshlar! Hammamiz birinchi navbatda o‘zimizning taqdirimizga, shuningdek, tengdoshlarimiz hayotiga befarq bo‘lmasligimiz lozim, zero loqayd inson jamiyatning dushmani hisoblanadi.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishdamahkam bir musht bo‘lib jipslashaylik. Tengdoshlarimizning kelajagi uchunqayg‘uraylik. Ota-onamiz, jamiyatimiz va Yurtboshimiz ishonchini oqlaylik!

Hurmatli ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari!

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar asosan farzand tarbiyasiga befarq munosabatda bo‘lish natijasida kelib chiqayotganligi ayni haqiqatdir.

Farzand tarbiyasiga, eng avvalo, ota-ona, undan keyin esa jamoatchilik mas’ul ekanligini aslo unutmaylik.

Bolalarimizning ertaga kim bo‘lishi, qanday kasb-hunar egallashi bugun biz bilan birga siz — ota-onalarning mas’uliyatiga bog‘liq ekanligini chuqur anglaylik!

“Buyuk kelajagimiz egalarini birga asraylik!” degan so‘zlarni o‘zimizga shior qilib olaylik. Farzandlarimizning yurish-turishlaridan, darslarga o‘z vaqtida borib-kelishidan, xulqi, odobi va fe’l-atvoridagi o‘zgarishlardan ogoh bo‘laylik.

Muhtaram Prezidentimiz “O‘z uyingni, o‘z bolangni o‘zing asra” deb aytganlaridek, farzand tarbiyasiga e’tiborni kuchaytiraylik, to‘g‘ri ta’lim-tarbiya olgan bola el koriga yaraydi, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, o‘g‘rilik yo‘q mamlakat dunyodagi eng baxtiyor va farovon yurt bo‘ladi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Parlament, senator yoki deputat so'roviga javob berilmadimi – EKIHning 7 baravarigacha jarima
3.01.2018 yildagi O'RQ-456-son Qonun bilan parlament so'rovini, senator yoki deputat so'rovini ko'rib chiqishda qonunbuzarliklar uchun ma`muriy javobgarlik joriy etildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda. Qayd etilishicha, buning uchun MJtKning 193 ...
09.01.2018 / 09:15
Alisher Sa`dullaev e`tirozi! “...Bu kabi tafsilotlarning cheki yo`q. lekin...”
Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan eng yosh vazir o`ribosari Alisher Sa`dullaev ijtimoiy tarmoqlarda eng faol hukumat vakili sanaladi.Sa`dullaev yoshlarni yangi g`oyalar ustida ishlashga undaydigan fikr ...
04.01.2018 / 13:06
Shavkat Mirziyoyev: Amalga oshirilayotgan islohotlar, ijro organlari ishidagi o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak
Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 3-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O&lsquo ...
04.01.2018 / 13:00
O'zbekiston aholisi uzoq umr ko'rishi bo'yicha Markaziy Osiyoda birinchi
Markaziy Osiyo davlatlarida umr ko'rish davomiyligi 1990-yillardagi ko'rsatkichdan oshdi va O'zbekistonda 73,8 yilga, Tojikistonda 73,7 yilga, Qozog'istonda 72,4 yilga, Qirg'izistonda 70,9 yilga va Turkmanistonda 70,4 yilga yetdi.  Bunday ma ...
09.01.2018 / 09:15
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev – Yil odami
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, an’anaga ko‘ra, yakunlanayotgan yil yakunlari bo‘yicha odamlarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida mamlakatimiz aholisi o‘rtasida so ...
04.01.2018 / 13:03
Shavkat Mirziyoyev Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ...
04.01.2018 / 12:59