O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Alisher Sa`dullaev e`tirozi! “...Bu kabi tafsilotlarning cheki yo`q. lekin...”

Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan eng yosh vazir o`ribosari Alisher Sa`dullaev ijtimoiy tarmoqlarda eng faol hukumat vakili sanaladi.Sa`dullaev yoshlarni yangi g`oyalar ustida ishlashga undaydigan fikr-mulohazalar yozib qoldiradi va uning yozganlariga ko`pincha muhokamalar markazida bo`ladi, deb yozadi, “Qalampir.uz” nashri.

Bugun O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirining o`rinbosari Alisher Sa`dullaev O`zbekiston zaminida yashab, jahon ilm-fani rivoojiga katta hissa qo`shgan buyuk allomalarning dunyo OAVlari tomonidan bu o`lkada tug`ilganiga alohida urg`u berilmasligi masalasiga e`tibor qaratib, shunday deb yozadi:

“Va nihoyat yana bir ishonarli va chuqur tahlillarga asoslangan manbaa topa oldim (BBC. CO. UK). Afsuski, 20 nafar olim haqida gap ketgan bo`lsa, ko`rsatilgan olimlar orasida birortasining Vatani sifatida bizning yurtimiz keltirilmagan (hech bo`lmasa hozirgi O`zbekiston deb ta`kidlanmagan). Yuklangan rasmlardagi ma`lumotni tarjima qilishga ulgurmadim, ammo o`qib haqiqatan mag`rurlandim. Britaniya Parlamentidagilar bizning Buxoriy haqida, hatto, fikr bildirishgan (Baroness Warsi). Xorazmiyni innovasiyalar bobida etuk olim bo`lganini ta`kidlab o`tishgan. Umuman olganda, bu kabi tafsilotlarning cheki yo`q. Lekin...

Buxoriy – Fors olimi deb tanishtirilgan (Persian scholar).

Ibn Sino – Ibn Sino ham Fors olimi deya ta`kidlangan.

Xorazmiy – taajublanarlisi Xorazmiy ijodi bilan ham shu holat.

Beruniy – hatto Beruniyda ham.

Tushunaman, ijod asosan fors tilida olib borilgan bo`lishi mumkin, ammo ularning ismlariga nazar soling: Buxoriy – Buxoro, Xorazmiy – Xorazm va boshqalar.

Islom sivilizasiyasi markazi shu o`rinda juda muhim rolga ega. Xalqaro merosimiz va ilmiy manbaalarimizni tiklash vaqti allaqachon keldi. Shu o`rinda bizning o`quvchilar ham o`z ajdodlari haqida ishonarli ma`lumotga ega bo`lishi juda muhim va bu orqali o`z fikrlarini asosli manbalarga tayanib bildira oladilar. Shubhasiz, biz o`zimiz ham internetda ular haqidagi ma`lumotlarni jahon tillarida keng yoyishimiz shart va shu orqali chet ellik olimlar va izlanuvchilarga ham ishonarli manba ta`minlab bera olgan bo`lardik. O`zimiz ham shunga loyiq bo`lishimiz kerak. Ammo, yana o`zimiz...”

Mavzuga oid yangiliklar
Yosh jurnalistlar uchun mediatur
Namangan viloyatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan media-tur tadbiri boshlandi. Ma’lumki, viloyatning Norin tumanida “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturini amalga oshirish ...
21.06.2018 / 17:14
Muftiy Usmonxon Alimov Qozog‘istondagi xalqaro forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Qozog‘istonning Chimkent shahridagi xalqaro forumda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Bu haqda idora matbuot xizmati ma’lum qildi. “Qozog&lsquo ...
20.06.2018 / 14:34
“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etiladi
Toshkent shahrining har bir mahallasida “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etiladi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 19 iyundagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta`minlash ...
20.06.2018 / 14:30
O‘zbekiston Moliya vazirligi ham boshqa binoga ko‘chdi
O‘zbekiston Moliya vazirligi Toshkent shahri markazida, Istiqlol ko‘chasida joylashgan yangi binoga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda. Mazkur bino oldin Moliya vazirligi G‘aznachiligiga tegishli bo ...
20.06.2018 / 14:34
Ichki ishlar vazirligi tizimida jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosarlar lavozimlari joriy etildi
Endi O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o`rinbosarlari jamoat tartibini saqlash bo ...
20.06.2018 / 14:31
Navoiyda tarixiy yodgorlik qayta ta’mirlandi
Karmanadagi “Qosim Shayx” tarixiy-yodgorlik majmuasi istiqlolning dastlabki yillarida olib borilgan bunyodkorlik ishlari tufayli qadim-qaddini tikladi. Biroq tagzaminning sho‘rlanishi va zax suvlar sathining ko&lsquo ...
14.06.2018 / 11:19