O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Shavkat Mirziyoyev «Amudaryo» bolalar oromgohi va Baxshilar maktabini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga avvalgi tashrifi chog‘ida Termiz shahrida “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohini barpo etish loyihasi bilan tanishib, hududda infratuzilma ob’ektlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Shunga muvofiq Surxondaryo daryosi bo‘yida 200 o‘rinli dam olish maskani qurilib, o‘tgan yil yoz mavsumida foydalanishga topshirildi. Oromgohda umumta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, imkoniyati cheklangan bolalar dam oldirilib, sog‘lomlashtiriladi.

Maskan 6,2 gektar maydonni egallagan. To‘rtta yotoqxona, amfiteatr, oshxona, suzish havzasi, sport maydonlari, boshqa bino va inshootlar bunyod etilib, zarur inventarlar bilan jihozlangan.

Davlatimiz rahbari muassasada bolalarning maroqli dam olishi, salomatligini mustahkamlashi, ovqatlanishi va yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Joriy yil mart oyidan oromgoh yil davomida uzluksiz faoliyat yurita boshlaydi. Unga mamlakatimizning barcha hududidan fan olimpiadalari, xalqaro tanlov va sport musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan 5-11 sinf o‘quvchilari, yozgi ta’tilda esa viloyatdan ming nafar o‘g‘il-qiz qabul qilinadi.

Bugungi kunda oromgoh O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tasarrufiga o‘tkazilib, uni xalqaro yoshlar oromgohiga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Oromgoh huzurida umumta’lim maktabi barpo etilgan. Maktab negizida 125 o‘rinli baxshichilik maktabi ham faoliyat yuritadi. O‘quvchilar bu yerda xalq og‘zaki ijodi hamda o‘zbek xalq cholg‘ularidan saboq oladi. Dars mashg‘ulotlarini malakali o‘qituvchilar bilan birga to‘rt nafar O‘zbekiston xalq baxshisi olib boradi.

Prezidentimiz maktabdagi sharoitlar bilan tanishdi, O‘zbekiston xalq baxshilari Shoberdi Boltayev va Abdunazar Poyonov bilan muloqot qildi.

Dostonchilik va baxshichilik - milliy g‘ururimiz. Uning zamiridagi ezgu qadriyatlarni xalqimizga yetkazish lozim. Baxshichilik maktabi xalq og‘zaki ijodining noyob durdonalarini asrashga, uni rivojlantirishga, baxshilarning obro‘sini ko‘tarishga xizmat qilishi kerak. Joriy yil Navro‘z bayrami arafasida yurtimiz baxshilarining respublika seminarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘ysak, ularni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz “Mustaqillik baxshilari” kitobini chiqarish, viloyatdagi kollejlarda ham ushbu san’atni o‘qitish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Mavzuga oid yangiliklar
Simara Imanova: O`zbekiston tufayli dunyoga tanildim
Maqom ijrochisi, xushovoz xonanda Simara Imanova bilan Ozarbayjon madaniyat va san`at universitetida uchrashdik. U bizning O`zbekistondan ekanligimizni eshitgach, hayajon va samimiyat bilan shunday dedi: “Yurtingiz men uchun o ...
17.08.2018 / 10:40
Abdulla Qodiriy bog`i zamonaviy parkka, turizm maskaniga aylantiriladi
Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog`iga tashrif buyurib, bog`ni zamonaviy parkka aylantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari bog ...
10.08.2018 / 17:43
“O‘zbekkonsert” Ziyodaga unvoniga mos qo‘shiqlar kuylashini uqtirdi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan video kliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert&rdquo ...
01.08.2018 / 09:29
Xalqaro maqom san`ati anjumanida 300ga yaqin xorijlik ishtirok etadi
2018 yil 16 avgust kuni O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “I Xalqaro maqom san`ati anjumani”ga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo ...
17.08.2018 / 10:33
«O`zbekkonsert» to`y-hashamlardagi qo`shiqlar masalasida xalqqa murojaat qildi
«O`zbekkonsert» to`y-hashamlardagi qo`shiqlar masalasida xalqqa murojaat qildi. Murojaatda shunday deyiladi: «Aziz yurtdoshlar! To`y-hashamlarda kuylanadigan qo`shiqlar bo`yicha tavsiyaviy xarakterga ega bo`lgan maxsus yo ...
06.08.2018 / 10:52
Deputat o`zbek kinosanoatini tanqid qildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilfuza Jalilova o`zbek kinosanoatidagi muammolar haqida o`z fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda «O`zA». &mdash ...
31.07.2018 / 09:57