O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Endi shoshilinch tibbiy yordam Call-markazlarida oddiy fuqarolar emas, shifokorlar o'tiradi

Shoshilinch yordam ko'rsatish xizmatlarining Call-markazlarida shu kunga qadar oddiy fuqarolar, turli kasb egalari o'tirardi. Prezidentning yangi qaroriga muvofiq esa, endi u yerda shifokorlar o'tiradi. KUN.UZ muxbiri Prezident maslahatchisi Rustam Qosimovning 25 yanvardagi brifingda bergan ma`lumotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

"Shifokorlarning qo'lida bugunga qadar uyali telefonlar qo'llanilib kelyapti. Endi esa GPS-moslamalari qo'yiladi - uyali telefonlarning o'rniga O'zbekistonda ishlab chiqariladigan ratsiyalar ishlatiladi. Ratsiyalar joriy qilinganda qo'ng'iroqlarni chegarasiz qabul qilish imkoniga ega bo'linadi. Buning natijasida tez tibbiy yordam ko'rsatish muddati sezilarli darajada qisqaradi", - deydi R.S.Qosimov. 

Davlat maslahatchisining so'zlariga ko'ra, shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish muddatni qisqartiruvchi yana bir omil -  ratsiyalarda shifokorlarning o'tirishi va ularning eng yaqin masofadagi qaysi shifoxonada muayyan bemor uchun kerakli mutaxassis borligini yaxshi bilishi va to'g'ri yo'naltira bilishida. 

Ma`lum qilinishicha, Call-markazlar 2018 yilda Toshkent shahri va viloyatlar markazida, 2019 yilda esa butun respublikani qamrab oladi va yil yakuni bo'yicha barcha viloyatlarda hamda Toshkent shahrida bu 103 tez yordamiga aylanadi. Bunga qadar aloqa xizmati yo'lida mavjud bo'lgan to'siqlar bartaraf etiladi. 

Bundan tashqari, R.Qosimov respublikadagi barcha tibbiyot muassasalari hayot uchun xavfli damlarda shoshilinch tibbiy yordam so'raganlarga bepul xizmat ko'rsatishlari zarur  ekanini ta`kidladi. 

"Ko'p xususiy klinikalarimiz bor, ayrim hollarda ularni shoshilinch yordam ko'rsatish uchun chaqirsak, "pulli xizmat ko'rsatamiz" deyishadi. Ayrimlari paysalga solishadi. Hayot uchun xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan holatlarda tibbiyot muassasalariga shoshilinch tibbiy yordam so'rab murojaat qilgan shaxslarga malakali tibbiy yordam ko'rsatishni rad etish taqiqlanadi. Qarorning tegishli bandida Adliya vazirligiga shu talabning ijrosi va mas`uliyatini oshirish topshirig'i berildi", deydi davlat maslahatchisi.

Mavzuga oid yangiliklar
Bolaning begonasi bo’lmaydi
Poytaxtimizda “SOS — O’zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tomonidan Evropa Ittifoqi homiyligida amalga oshirilayotgan “O’zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarning manfaatlarini ta&rsquo ...
11.04.2018 / 11:24
15 nafar bemor bola Germaniyada bepul davolanadi
Yaqinda «Sog`lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi ko`magida teri kuyishi asoratlari, qo`l-oyoq bo`g`imlari, lab-tanglayning tug`ma nuqsoni bilan kasallangan 15 bemor bola Germaniyaga davolanish uchun jo`nab ketdi. Bu haqda O ...
16.02.2018 / 09:20
Tanasidan 16 ta igna topilgan go`dak ishi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi
Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Gulnoza Rahimovaning O`zAga ma`lum qilishicha, 2018 yil 18 yanvar kuni Farg`ona viloyati Toshloq tumani ichki ishlar bo`limiga ichki a`zolarida ko ...
31.01.2018 / 09:28
O`zbekiston Qirg`izistonga "tez yordam" mashinalari sovg`a qildi
Farg`ona viloyati tomonidan Qirg`izistonning Botken viloyatiga ikkita "tez yordam" mashinasi sovg`a qilindi. Bu haqda uznews.uz xabar qilmoqda. Xabarda aytilishicha, "tez yordam" mashinalari ikki xalq o`rtasidagi o`zaro do ...
16.02.2018 / 12:31
Hindistonlik mutaxassislar Andijon viloyati aholisini bepul ko`rikdan o`tkazdi
GM Uzbekistan kompaniyasi tashabbusi bilan hindistonlik shifokorlarning Andijonning Bo`z va Qo`rg`ontepa tumanlariga tashrifi tashkil etildi. Uch kun davomida Hindistonning etakchi onkologi Lalan Kumar hamda kardio ...
06.02.2018 / 09:20
Tez tibbiy yordam ko'rsatish xizmatlarining avtotransportlari har 7-8 yilda yangilanadi
Endi Shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish xizmatlarining  avtotransportlari shahar joylarda - har 8 yilda, qishloq joylarda esa - har 7 yilda yangilanib boradi. Bu tibbiy xizmatlar sifatini oshirishi uchun xizmat qiladi. KUN.UZ muxbiri O ...
26.01.2018 / 09:06