O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tdi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 31 yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilish sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili va Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlarga bag`ishlandi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Yig`ilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat a`zolari, shuningdek, MXX markaziy apparati va hududiy tuzilmalarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yig`ilishda alohida ta`kidlandiki, hamma zamonda har qanday davlatning eng asosiy vazifalaridan biri shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta`minlash bo`lgan va shunday bo`lib qoladi.

Aynan shuning uchun ham O`zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan milliy xavfsizlik masalalari mamlakat ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yo`nalishi etib belgilandi. Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, odam savdosi, narkotik moddalar va qurol-yarog` vositalarining noqonuniy savdosi kabi transmilliy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda ushbu vazifalarga alohida e`tibor qaratish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O`tgan davrda Milliy xavfsizlik xizmati O`zbekiston suverenitetini, mustaqilligini va hududiy yaxlitligini saqlash hamda himoya qilish ishlariga salmoqli hissa qo`shgani qayd etildi. Bu, ayniqsa, yaqin va uzoq yon-atrofda ro`y bergan turli inqirozlar, ayrim buzg`unchi kuchlar tomonidan mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga urinishlar sodir etilgan juda og`ir yillarda yaqqol namoyon bo`ldi.

Shu bilan birga, yig`ilishda Milliy xavfsizlik xizmatining faoliyati xolis baholangan holda, uning ayrim bo`linmalari va hududiy boshqarmalari faoliyati tanqid qilindi. Idoralararo hamkorlik, tezkor va qidiruv tadbirlarini o`tkazish, shuningdek, kadrlar bilan ishlash borasida yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar aniq misollar bilan ko`rsatib o`tildi.

Davlat rahbari zamon talablaridan kelib chiqqan holda, Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta ko`rib chiqish kerakligini ta`kidladi. Maxsus xizmat doirasiga kirmaydigan vazifalar bilan shug`ullanadigan, boshqa davlat tuzilmalari faoliyatini takrorlaydigan bo`linmalarni tugatish, ayni vaqtda milliy xavfsizlikning ustuvor yo`nalishlarini ta`minlaydigan bo`linmalarni mustahkamlash zarurligi ko`rsatib o`tildi.

O`zbekiston taraqqiyotining Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan keng ko`lamli vazifalardan kelib chiqqan holda, mamlakatning barcha sohalari davr talabi asosida tubdan isloh etilayotgan yangi sharoitda Milliy xavfsizlik xizmatining yaqin kelajakka mo`ljallangan ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Prezident Milliy xavfsizlik xizmati davlatning huquq-tartibot organlaridan biri sifatida o`zining kundalik faoliyatini mamlakatning barcha vazirlik va idoralari uchun asosiy faoliyat mezoniga aylangan «Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak», degan tamoyil asosida tashkil etishi zarurligini alohida ta`kidladi.

Joriy yilda O`zbekiston Respublikasining «Milliy xavfsizlik xizmati to`g`risida»gi qonuni ishlab chiqilishi va qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega. Qonunda MXXning asosiy funksiya va vazifalari belgilab beriladi va, eng muhimi, uning qabul qilinishi bilan mamlakat huquq-tartibot organlarining vakolat doiralari aniqlashtirib olinadi.

Prezident MXX o`quv yurtlarining rahbarlari va professor-o`qituvchilariga yosh kadrlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakat qonunchiligi talablariga og`ishmay rioya etish, turli sinovlarga chidamli bo`lish, o`z ustida muntazam ishlash va professional mahoratini uzluksiz oshirib borishga intilish kabi masalalarga alohida e`tibor qaratishni qat`iy vazifa qilib qo`ydi.

Shuningdek, oldin xabar berilganidek, yig`ilishda Prezidentning davlat maslahatchisi etib tayinlangani munosabati bilan Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Prezident farmoniga binoan Respublika Bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullaev Milliy xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi.

Milliy xavfsizlik xizmati va uning bo`linmalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo`yicha mas`ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi

Mavzuga oid yangiliklar
Termizda Matbuot uyining tubdan rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirildi
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar, mehnat faxriylari, yoshlar ishtirok etdi. Surxondaryo viloyatida ham ijodkor ziyolilarga e’tibor ortib ...
23.08.2018 / 10:47
Aziz Abduhakimov "Fransuz Alyansi"ning mintaqaviy direktori bilan uchrashdi
Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov O`zbekiston delegasiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida "Fransuz Alyansi"ning Markaziy Osiyodagi ishlari bo`yicha mintaqaviy direktori Mikael Fuente bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida umumiy o`rta, o ...
23.08.2018 / 10:37
“Jinoyat haqiqati va adolati” mavzusida yoshlar press-klubi bo`lib o`tdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2018-yil 27-iyulda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish to`g`risida videoselektor o`tkazilgan edi. Mazkur selektorda bajarilishi lozim bo ...
17.08.2018 / 10:32
"Havo yo`llari" yo`lovchisi aviakompaniya xodimlari ustidan prokuraturaga shikoyat qildi
O`zbekiston transport prokuraturasi tomonidan fuqaro M.Subxanovning “O`zbekiston havo yo`llari” MAKning Bangkok shahridagi xodimlari harakatlaridan norozi bo`lib yozgan arizasi atroflicha o`rganib chiqilgan. "Fuqaro M.Subxanov o ...
23.08.2018 / 10:37
"Chorvoq" erkin turistik zonasi qurilishida Fransiyaning etakchi kompaniyalari ishtirok etadi
22 avgust kuni Fransiyadagi O`zbekiston elchixonasida Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov «Orex- Loisirs» va «SCP Geode» fransuz kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashdi. ...
23.08.2018 / 10:34
Prezident farmoni: Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida»gi farmoni imzolandi. Unga ko'ra, O'zbekiston musulmonlar idorasining Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust seshanba kuniga to'g ...
17.08.2018 / 10:15