O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Hindistonda yetti bokschimiz finalga chiqdi

Hindistonda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Indian Open” xalqaro turnirida yetti nafar bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Musobaqaning yarim final bellashuvlarida sportchilarimizga Kuba, Filippin hamda hindistonlik bokschilar raqiblik qildi. Final yo‘llanmasi uchun 52 kilogrammgacha vazn toifasida o‘tkazilgan bellashuvlarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Xudoynazar Fayzov filippinlik Marvin Tabamoni mag‘lubiyatga uchratdi. 

Yarim finalda vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan Abdulhay Shorahmatov hindistonlik Etash Xanni yenggan bo‘lsa, 64 kilogrammgacha vaznda Iqboljon Xoldorov yana bir mezbon bokschi Diraj ustidan zafar quchdi. Shuningdek, Bobousmon Boturov o‘z vazn toifasida Sing Negi (Hindiston)ni, Isroil Madrimov esa Mandip Jangra (Hindiston)ni mag‘lub qildi. 

91 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Sanjar Tursunov Hindiston sharafini himoya qilgan Sumit Sangvanga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Vazni 91 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan Bahodir Jalolov kubalik Toyrak Ortegani yengdi.


Eslatib o‘tamiz, “Indian Open” xalqaro turnirida dunyoning 22 davlatidan kelgan bokschilar 10ta vazn toifasida g‘oliblik uchun raqobatlashmoqda. 

Mazkur musobaqaning final uchrashuvlari ertaga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston olimpiyachilari Gonkongga qarshi o‘ynaydi
Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida qatnashayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun nimchorak final uchrashuvida Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi ...
23.08.2018 / 10:44
Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi birinchi mashg`ulotni o`tkazdi
Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig`in boshladi. Yig`inga jalb qilingan futbolchilar poytaxtimizdagi "Jar" stadionida birinchi mashg`ulotni o`tkazishdi. Dastavval, Kuper futbolchilar bilan birma ...
23.08.2018 / 10:34
O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlariga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi mamlakatimiz sport delegatsiyasining yana bir qismi 18-avgust – 2-sentyabr kunlari XVIII yozgi Osiyo o&lsquo ...
17.08.2018 / 11:42
Osiyo o‘yinlari. Akademik eshkak eshishda yana ikki medal qo‘lga kiritildi
Indoneziyada Osiyo o‘yinlarining akademik eshkak eshish sporti bo‘yicha O‘zbekiston termasi a’zolari bahslarda ishtirok etayotgani va 2000 metr masofaga juftlik bahslarida jamoamiz oltin medalga ega chiqishgani haqida  ...
23.08.2018 / 10:43
O‘zbekiston U-23 Qatarni ham yirik hisobda yengib, guruh g‘olibligini naqd qildi
XVIII Osiyo o‘yinlaridan o‘rin olgan futbol bahslarida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi tur doirasida O‘zbekiston U-23 Qatar U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Ravshan Haydarov shogirdlarining to ...
17.08.2018 / 11:45
11-sentabrda Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi Toshkentda bahs olib boradi
Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida kuz oylarida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida xabar berilgan edi. Jumladan, 6 ...
17.08.2018 / 10:35