O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
O'zbekistonning 9 ta shahrida chiqindini yig'ish va qayta ishlash klasterlari ishga tushiriladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 fevral kuni ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tahlil etish, eng dolzarb vazifalarni belgilab olishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Qolgan masalalar qatorida maishiy chiqindilarni qayta ishlash haqida so'z borar ekan, Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish va keng joriy etish zarurligini ta`kidladi.

Germaniya, Belgiya, Yaponiya, Gollandiya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda 60-65 foiz maishiy chiqindi qayta ishlanadi, 20-25 foizidan energiya olinadi, qolgan qismi yoqiladi. Ya`ni chiqindini poligonlarda ko'mishga ham ehtiyoj yo'q, dedi Shavkat Mirziyoyev. Buning natijasida yer resurslari tejaladi, iqtisodiy samaraga erishiladi va atrof-muhitga salbiy ta`sir kamayadi.

Shundan kelib chiqib, joriy yilda mamlakatimizning 9 ta shahrida chiqindini yig'ish va qayta ishlash klasterlarini ishga tushirish bo'yicha topshiriq berildi. Bu borada Surxondaryoda tashkil etilgan klaster faoliyati namuna qilib ko'rsatildi.

Shuningdek, Farg'ona vodiysi, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida amalga oshiriladigan chiqindini qayta ishlash loyihalari bo'yicha investorlar bilan bitimlar imzolash, loyiha hujjatlarini tayyorlash va moliyalashtirish yuzasidan “yo'l xaritasi”ni ishlab chiqish vazifasi qo'yildi.

Maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish ishlarini tizimli tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Plastik, polietilen va boshqa qadoqlash materiallarini to'plash, utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga topshirishda ishtirok etayotgan yuridik va jismoniy shaxslarni rag'batlantirish mexanizmini joriy qilish zarurligi qayd etildi.

Mavzuga oid yangiliklar
O`zbekiston Rossiyadan pul jo`natish bo`yicha MDHda yetakchi bo`lib turibdi
O`zbekiston Rossiyadan pul o`tkazmalari jo`natish bo`yicha MDH davlatlari ichida etakchilik qilmoqda. Bu haqda Rossiya markaziy banki ma`lumotlarida qayd qilingan. Ma`lumotlarga ko`ra, Rossiyadan O ...
20.06.2018 / 14:31
Arab shayxi O`zbekistonga millardlab dollar sarmoya kiritmoqchi
Dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri — «Ajlan&Bros Group» yurtimizda o`nlab besh yulduzli mehmonxonalar qurib, ipakchilik va paxta klasterlarini amalga oshiradi. Bu haqda O`zA xabar berdi. «Bizning «Ajlan ...
14.06.2018 / 11:10
Prezident videoselektor o`tkazdi: byudjet tushumlari va narx-navo masalasi muhokama qilindi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 5 iyun kuni hududlarda byudjetga qo`shimcha tushumlar va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish orqali narxlar barqarorligini ta`minlash ...
06.06.2018 / 10:51
Chirchiq shahrini kompleks rivojlantirish uchun 700 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar tarqatmoqda. Qayd qilinishicha, shaharda qo&lsquo ...
14.06.2018 / 11:15
Davlat “Sharq” nashriyotidagi ulushini 11 mln dollarga sotuvga qo‘ydi
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining 24,6 foiz aksiyalari sotuvga qo‘yildi, deb yozadi Spot Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo&lsquo ...
11.06.2018 / 15:23
Davlat soliq qo`mitasi raisiga yangi o`rinbosar tayinlandi
Fayzibaev Alimjan Elchievich Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri ma`lum qildi. Fayzibaevni yangi lavozimga tayinlash bo`yicha O ...
06.06.2018 / 10:51