O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
1 apreldan FHDYo organlarida oila masalalari Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan muvofiqlashtiriladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo'linmalarini O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi qoshidagi Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi negizida tashkil etilmoqda hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:

  • oila institutini mustahkamlash bo'yicha, eng avvalo, «Sog'lom oila — sog'lom jamiyat» kontseptual g'oyasini hayotga tatbiq etishga yo'naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, bu sohada normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
  • oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish masalalarini kompleks o'rganishni tashkil etish, mazkur yo'nalishlar bo'yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va samarali tatbiq etish;
  • zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va an`anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo'yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni o'tkazish, ular asosida oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy ajrashishlarning oldini olish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o'rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilash, shuningdek, zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda «Oila jamiyat va davlat himoyasida» konstitutsiyaviy prinsipini keng targ'ib etish va jamiyatga singdirish ishlarini olib borish;
  • davlat organlari, xotin-qizlar qo'mitalari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda notinch va muammoli oilalarni aniqlash va ularning manzilli ro'yxatlarini tuzish, ma`naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo'lgan turli yot xavf-xatarlarga qarshi turish maqsadida ular bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatish;
  • oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni o'rganish va tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish.

«Oila» markazi direktori va uning o'rinbosarlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. «Oila» markazi direktori maqomi, mehnatga haq to'lash shartlari, moddiy ta`minoti, tibbiy va transport xizmati ko'rsatish bo'yicha vazirga, direktorning o'rinbosarlari esa vazir o'rinbosarlariga tenglashtiriladi;

«Oila» markazi direktori va uning hududiy bo'linmalari rahbarlari, eng avvalo:

  • oila institutini mustahkamlash, jamiyatga uning zamonaviy namunali shaklini singdirish bo'yicha sifatli tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda ta`sirchan, ilmiy asoslangan va amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga;
  • oilada, ayniqsa, nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, erta nikoh va ajrashishlarning oldini olish bo'yicha ko'rilayotgan choralarning natijadorligiga;
  • notinch va muammoli oilalarni o'z vaqtida aniqlash, ulardagi ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog'lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish va oilaviy munosabatlarni yaxshilash bo'yicha choralar ko'rishga shaxsan javobgardir.

O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va «Oila» markazi vakillarini ularning vazifalari va faoliyat yo'nalishlari bilan bog'liq bo'lmagan yig'ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlanadi. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talabni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo'lgan shaxsiy javobgarligi to'g'risida qat`iy ogohlantirilmoqda.

2018 yil 1 apreldan FHDYo organlarini ularning nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bog'liq bo'lgan asosiy faoliyat yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar) hokimliklariga bo'ysundiriladi.

FHDYo organi faoliyati, «Oila» markazining tuman (shahar) bo'limi hamda xotin-qizlar va oila masalalari bo'yicha boshqa tuzilmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tuman (shahar) hokimi o'rinbosari — xotin-qizlar qo'mitasi raisi zimmasiga yuklatiladi.

«Oila» markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzurida tibbiyot kasb-hunar kollejlari negizida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o'rgatish, ajrashishlarning oldini olish, shuningdek, oiladagi ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar bo'yicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo'yicha maxsus o'quv kurslari tashkil etiladi.

Belgilansinki, maxsus o'quv kurslarida qayta tayyorlash va malakani oshirish «Oila» markazi tomonidan O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan o'quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Yosh jurnalistlar uchun mediatur
Namangan viloyatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan media-tur tadbiri boshlandi. Ma’lumki, viloyatning Norin tumanida “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturini amalga oshirish ...
21.06.2018 / 17:14
Muftiy Usmonxon Alimov Qozog‘istondagi xalqaro forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Qozog‘istonning Chimkent shahridagi xalqaro forumda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Bu haqda idora matbuot xizmati ma’lum qildi. “Qozog&lsquo ...
20.06.2018 / 14:34
“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etiladi
Toshkent shahrining har bir mahallasida “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etiladi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 19 iyundagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta`minlash ...
20.06.2018 / 14:30
O‘zbekiston Moliya vazirligi ham boshqa binoga ko‘chdi
O‘zbekiston Moliya vazirligi Toshkent shahri markazida, Istiqlol ko‘chasida joylashgan yangi binoga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda. Mazkur bino oldin Moliya vazirligi G‘aznachiligiga tegishli bo ...
20.06.2018 / 14:34
Ichki ishlar vazirligi tizimida jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosarlar lavozimlari joriy etildi
Endi O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o`rinbosarlari jamoat tartibini saqlash bo ...
20.06.2018 / 14:31
Navoiyda tarixiy yodgorlik qayta ta’mirlandi
Karmanadagi “Qosim Shayx” tarixiy-yodgorlik majmuasi istiqlolning dastlabki yillarida olib borilgan bunyodkorlik ishlari tufayli qadim-qaddini tikladi. Biroq tagzaminning sho‘rlanishi va zax suvlar sathining ko&lsquo ...
14.06.2018 / 11:19