O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Baliqchilik sohasi rivojlantiriladi - ToshDAUda baliqchilik yo'nalishi bo'yicha sirtqi bo'lim ochiladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda baliq mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-3505 sonli qarori imzolandi.

So'ngi yillarda O'zbekistonning ichki bozorini sifatli va arzon baliq mahsulotlari bilan to'ldirish, mahsulotning talabgir turlariga narxlarni bir maromda ushlab turish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Jumladan, mamlakat miyoqsida 3 mingdan ziyod baliqchilik xo'jaligi faoliyat ko'rsatmoqda.

Endi Prezident qaroriga ko'ra, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasi va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda baliq yetishtirish hajmini oshirish uchun choralar ko'rilmoqda.

Jumladan, baliqchilikni ilmiy asosda tashkillashtirish, O'zbekistonda baliq yetishtirish hajmini innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish yo'li bilan oshirish, baliqchilik sohasida ozuqa bazasini kengaytirish, baliqni ovlab tutishni tashkillashtirish, baliqchilik xo'jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ularni aylanma mablag'lar bilan ta`minlash singari sohani rivojlantirish uchun ustuvor vazifalar belgilab olinmoqda.

Respublika bo'yicha 2018 yilda sun`iy suv havzalarida 103,4 mln, tabiiy havzalar va suv omborlarida 29,8 mln, to'rhalqa qurilmalarida 15,3 mln, sun`iy qurilmalarda 17,2 mln, yopiq siklli suv ta`minotiga ega qurilmalarda 4,8 mln va sholizorlarda 35,1  mln — jami 205,6 mln dona baliq ko'paytiriladi.

2018 yilda baliq yetishtirishning prognoz parametrlariga ko'ra respublikada 150 ming tonna baliq yetishtirish mo'ljallanmoqda. Bundan sun`iy suv havzalarida 74.785 t, tabiiy havzalar va suv omborlarida 33.815 t, to'rhalqa qurilmalarida 13.290 t, sun`iy qurilmalarda 7.900 t, yopiq siklli suv ta`minotiga ega qurilmalarda 4.800 t va sholizorlarda 15.410 t yetishtirish nazarda tutilgan.

Eng ko'p baliq Toshkent viloyatida — 20.125 t, Qoraqalpog'iston Respublikasida — 20.000 t, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimida — 18.845 t, Sirdaryo viloyatida — 13.645 t  va Navoiy viloyatida — 10 ming tonna yetishtiriladi.

Respublika bo'yicha 2018 yilda baliqchilik xo'jaliklariga 186.266 t omixta yem, 26.100 t mineral o'g'itlar yetkazib berish nazarda tutilmoqda.

Qarorga ko'ra, baliqchilik sanoatini rivojlantirish uchun Xitoy, Vetnam, Indoneziya va boshqa davlatlardan tajribali xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi.

2018/2019 o'quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti va uning Nukus filialida baliqchilik ta`lim yo'nalishi bo'yicha sirtqi bo'lim ham ochiladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Qishloq xo‘jaligida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 iyul kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish ...
01.08.2018 / 09:48
Moliya vazirligi: GM Uzbekistan avtomobillari narxini davlat belgilamaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda “General Motors Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning narxini oshganligi munosabati bilan bog‘liq turli muhokamalar munosabati sabab Moliya vazirligi bu borada bayonot berdi. ...
01.08.2018 / 09:25
Qashqadaryo viloyatidagi 26400 gektar paxta maydonida o‘rgamchakkana tarqalishi mumkin
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili hosilning 30 foizi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti axborotiga qaraganda, 34,9 foizi aynan zararkunandalar hamda turli kasalliklar sabab qo‘ldan boy berilmoqda ...
01.08.2018 / 09:25
O‘zbekistonda ketma-ket ikkinchi oy deflyatsiya holati kuzatildi, inflyatsiya darajasi pasaydi
2018 yilning iyul oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 2018 yilning iyul oyida tovar va xizmatlar narxlaridarajasi o‘rtacha 0,3 %ga pasaygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi &ldquo ...
01.08.2018 / 09:26
Samarqand, Qarshi va Buxoroga boradigan Afrosiyob poyezdi chipta narxlari keskin oshirildi
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdi yo‘l chipta narxlari 15 avgust kunidan boshlab o‘zgaradi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati “Xalq so‘zi Online&ldquo ...
01.08.2018 / 09:25
O'zbekistonda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish to'g'risida qonun ishlab chiqiladi
Kecha «O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi prezident farmoni qabul qilingani, shu asosda «O'zatom» agentiligi tashkil etilgani haqida xabar qilingandi. ...
20.07.2018 / 13:15