O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
O'qituvchilarning qadr-qimmatini oshirishga yo'naltirilgan qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda

Jamiyatda o'qituvchilarning qadr-qimmati, sha`ni, nufuzini oshirish, ularni moddiy va ma`naviy rag'batlantirish choralarini ko'rishga yo'naltirilgan qaror loyihasi tayyorlandi. U mart oyida muhokamaga qo'yilib, kuz oylarida qabul qilinadi. Xalq ta`limi vaziri U.I.Inoyatov KUN.UZ muxbirining o'qituvchi va uning jamiyatdagi o'rniga doir savoliga javob berar ekan, shu haqida ma`lum qildi. 

Vazirning so'zlariga ko'ra, mazkur qarorda uzoq hududlarda ishlash istagini bildirgan o'qituvchilarga imtiyozlar yaratish, ularning uy-joy sharoitini yaxshilash, o'z faoliyatlarini olib borishlari uchun qo'shimcha imtiyozlar berish, jamiyatda o'qituvchining nufuzini oshirish, ularni moddiy va ma`naviy rag'batlantirish choralarini ko'rishga yo'naltirilgan qaror loyihasi tayyorlangan, u muhokamadan o'tgandan keyin qabul qilinadi.

"Bu savol juda dolzarb. Bu har birimizning ichimizdagi savol. Har bir o'qituvchining dilida turgan, ko'nglini og'ritayotgan savol. Bunday holatlar bilan barchamiz birgalikda kurashishimiz kerak. Har kim o'z vazifasini sidqidildan bajarishi kerak. Muhtaram yurtboshimiz shu vazifani oldimizga qo'yganlar", - deydi vazir. 

Shu o'rinda ta`lim tizimi sohasida faoliyat yurituvchilar va talabalarning qishloq xo'jaligiga jalb qilinishi to'xtatilgani qayd etildi. Metallolom bo'yicha ham Vazirlar Mahkamasi qaror chiqarib, bu ishni taqiqlab qo'ygani va kimda kim unga qarshi chiqsa, jazolanishi belgilab qo'yilgani ta`kidlandi. 

"Biroq hali-hanuz bu masalada kamchiliklar bor, ba`zi pedagog xodimlarni ularning lavozimiga xos bo'lmagan ishlarga jalb etish holatlari uchrab turadi. Bu bo'yicha qattiq kurash olib boryapmiz. Buni hammamiz birgalikda olib borsak, yanada samarali natija beradi", - dedi U.Inoyatov. 

Vazir sohadagi kamchiliklarni tan olar ekan, ularga qarshi barchani - rahbarlar, ota-onalar, o'qituvchilar, OAVni birgalikda kurashishga chorladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Xususiy maktab va bog‘cha qurish uchun tanlov e’lon qilindi
Toshkent shahar hokimligi barcha tadbirkorlar va investorlarni 135 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi va 60 ta xususiy maktab qurish uchun tanlovda qatnashishga taklif etadi. Toshkent shahar hokimligi tanlov g&lsquo ...
23.08.2018 / 10:45
“O‘zstandart”: Maktab o‘quvchilari uchun chiqarilgan o‘quv daftarlarida kamchiliklar aniqlandi
O‘zbekistonda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan,“O‘zstandart” agentligi hamda “Oila davrasida” ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy gazetasi hamkorligida   ...
17.08.2018 / 11:37
Test-2018: 9 avgust kuni 67 nafar abiturient bino ichida shpargalkadan foydalanishga yoki kimgadir yordam berishga uringan
Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining to`qqizinchi kunida 15 ta oliy ta`lim muassasalarining 95 ta ta`lim yo`nalishida 56 ming 642 nafar abiturient ishtirok etdi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o ...
10.08.2018 / 17:37
O‘zbekistonda yagona maktab formasi tasdiqlandi
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy va jismoniy sog ...
17.08.2018 / 11:44
Qo`qonda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining filiali tashkil etiladi
Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo`qon filialini tashkil etish to`g`risida”gi O ...
10.08.2018 / 17:39
Bugundan boshlab respublikamizda maktab yarmarkalari o`z faoliyatini boshladi
Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati ma`lumotiga qaraganda 10 sentyabrga qadar jami 1325 ta maktab yarmarkalaridan umumta`lim maktablari o`quvchilariga asosiy turdagi o`quv qurollari, darsliklar, maktab formasi, kiyim ...
10.08.2018 / 17:36