O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
15 nafar bemor bola Germaniyada bepul davolanadi

Yaqinda «Sog`lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi ko`magida teri kuyishi asoratlari, qo`l-oyoq bo`g`imlari, lab-tanglayning tug`ma nuqsoni bilan kasallangan 15 bemor bola Germaniyaga davolanish uchun jo`nab ketdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi ma`lum qildi.

2002 yilda «Sog`lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti o`rtasida uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. Hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo`lgan bemor bolalar teri kuyishi asoratlari, tug`ma qo`l-oyoq bo`g`imlari nuqsoni va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolandi. 

Ushbu xalqaro tashkilotning grant mablag`lari hisobiga 2017 yilda yurtimizdan 146 nafar tug`ma lab-tanglay nuqsoni bo`lgan bolada jarrohlik amaliyoti o`tkazildi. «Chiroyli oyoqchalar» loyihasi doirasida 174 nafar bolaning salomatligi jarrohlik amaliyoti orqali tiklandi. Teri kuyishi asoratlari bo`lgan 49 nafar bolada plastik operasiyalar o`tkazildi. 

– E`tiborsizligim tufayli sog`lom o`sayotgan o`g`lim Muhammadzohidni shunday xasta qilib qo`ydim, – deydi andijonlik Barno Jamoliddinova. – Davlatimizdan, mehr-oqibatli xalqimizdan minnatdorman. Shunday og`ir damda menga dalda bo`lib, o`g`limning sog`ayib ketishi uchun har tomonlama ko`maklashdi. Bolam bir necha bor yurtimizdagi nufuzli shifoxonalarda bepul davolandi. Salomatligini bundan-da yaxshilash uchun Germaniyada ham bepul davolanadi. Yaxshilarning sharofati bilan o`g`lim sog`ayib bag`rimga qaytadi, deb umid qilaman. 

Mavzuga oid yangiliklar
Samarqand veterinariya medisinasi institutiga Moskvadan rektor keldi
Xabaringiz bor, Samarqand qishloq xo`jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya medisinasi institutini tashkil etilgan edi. Institutga rektor tayinlandi, deb xabar berdi O`zA .Ushbu vazifaga 1958 yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog ...
15.05.2018 / 12:42
O`zbekiston Qirg`izistonga "tez yordam" mashinalari sovg`a qildi
Farg`ona viloyati tomonidan Qirg`izistonning Botken viloyatiga ikkita "tez yordam" mashinasi sovg`a qilindi. Bu haqda uznews.uz xabar qilmoqda. Xabarda aytilishicha, "tez yordam" mashinalari ikki xalq o`rtasidagi o`zaro do ...
16.02.2018 / 12:31
Tanasidan 16 ta igna topilgan go`dak ishi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi
Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Gulnoza Rahimovaning O`zAga ma`lum qilishicha, 2018 yil 18 yanvar kuni Farg`ona viloyati Toshloq tumani ichki ishlar bo`limiga ichki a`zolarida ko ...
31.01.2018 / 09:28
Bolaning begonasi bo’lmaydi
Poytaxtimizda “SOS — O’zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tomonidan Evropa Ittifoqi homiyligida amalga oshirilayotgan “O’zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarning manfaatlarini ta&rsquo ...
11.04.2018 / 11:24
Hindistonlik mutaxassislar Andijon viloyati aholisini bepul ko`rikdan o`tkazdi
GM Uzbekistan kompaniyasi tashabbusi bilan hindistonlik shifokorlarning Andijonning Bo`z va Qo`rg`ontepa tumanlariga tashrifi tashkil etildi. Uch kun davomida Hindistonning etakchi onkologi Lalan Kumar hamda kardio ...
06.02.2018 / 09:20
Endi shoshilinch tibbiy yordam Call-markazlarida oddiy fuqarolar emas, shifokorlar o'tiradi
Shoshilinch yordam ko'rsatish xizmatlarining Call-markazlarida shu kunga qadar oddiy fuqarolar, turli kasb egalari o'tirardi. Prezidentning yangi qaroriga muvofiq esa, endi u yerda shifokorlar o'tiradi. KUN ...
26.01.2018 / 09:08