O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston havo yo‘llari»ni keskin tanqid qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 22-fevral kuni videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Unda xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi.

Yig‘ilishda 2017-yilda O‘zbekistonga qariyb 2 million 700 ming turist tashrif buyurgani aytildi. Bu ko‘rsatkich sifat jihatidan tahlil qilinib, qarindoshlarini ko‘rish, davolanish, o‘qish yoki tijorat kabi maqsadlarda kelayotganlar ko‘pchilikni tashkil etishi ta’kidlandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda turizmning barcha istiqbolli yo‘nalishlarida sayyohlar sonini ko‘paytirish, turizm xizmatlari real eksportini 5 yil ichida kamida ikki barobar oshirish vazifasi qo‘yildi.

Turizm salohiyatini oshirishda aviaqatnovlarning tutgan o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Jahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab sayyohlarning qariyb 60 foizi eng qimmat ekaniga qaramasdan, havo transportidan foydalanadi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasinig bu boradagi sustkashligi qattiq tanqid qilindi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida. Aviachiptalar narxini optimallashtirish, yangi reyslar ochish, tranzit yo‘lovchilarni tashish imkoniyatini oshirish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish bo‘yicha natijali ish olib borilmayapti.

Shundan kelib chiqib, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi oldiga qator vazifalar qo‘yildi. Ularga muvofiq aviakompaniya tizimiga zamonaviy marketing joriy etiladi, dunyo aeroportlarida mavjud bo‘lgan maxsus moslamalar, mobil aloqa vositalari yordamida aviachipta sotib olish imkoniyatlari yaratiladi.

Chet el tajribasini o‘rganish asosida «Qarshi» aeroportida «Ochiq osmon» rejimi joriy qilinib, sayyohlarga keng erkinlik yaratilmoqda. Kelgusida shunday tizim Andijon, Nukus va Navoiy aeroportlarida ham qo‘llanadi.

Prezident sayyohlarning kayfiyatiga ta’sir qiladigan eng kichik jihatlargacha e’tibor qaratdi. Aeroportlar zallaridagi chiroqlar xiraligi, pasport nazorati kabinalari to‘liq ishlamasligi, uzundan-uzoq sun’iy navbatlar, taksi xizmati ko‘rsatuvchi xususiy avtomobil egalarining tartibsizligi kabi holatlarni yaxshilash bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.

Mavzuga oid yangiliklar
Termizda Matbuot uyining tubdan rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirildi
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar, mehnat faxriylari, yoshlar ishtirok etdi. Surxondaryo viloyatida ham ijodkor ziyolilarga e’tibor ortib ...
23.08.2018 / 10:47
Aziz Abduhakimov "Fransuz Alyansi"ning mintaqaviy direktori bilan uchrashdi
Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov O`zbekiston delegasiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida "Fransuz Alyansi"ning Markaziy Osiyodagi ishlari bo`yicha mintaqaviy direktori Mikael Fuente bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida umumiy o`rta, o ...
23.08.2018 / 10:37
“Jinoyat haqiqati va adolati” mavzusida yoshlar press-klubi bo`lib o`tdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2018-yil 27-iyulda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish to`g`risida videoselektor o`tkazilgan edi. Mazkur selektorda bajarilishi lozim bo ...
17.08.2018 / 10:32
"Havo yo`llari" yo`lovchisi aviakompaniya xodimlari ustidan prokuraturaga shikoyat qildi
O`zbekiston transport prokuraturasi tomonidan fuqaro M.Subxanovning “O`zbekiston havo yo`llari” MAKning Bangkok shahridagi xodimlari harakatlaridan norozi bo`lib yozgan arizasi atroflicha o`rganib chiqilgan. "Fuqaro M.Subxanov o ...
23.08.2018 / 10:37
"Chorvoq" erkin turistik zonasi qurilishida Fransiyaning etakchi kompaniyalari ishtirok etadi
22 avgust kuni Fransiyadagi O`zbekiston elchixonasida Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov «Orex- Loisirs» va «SCP Geode» fransuz kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashdi. ...
23.08.2018 / 10:34
Prezident farmoni: Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida»gi farmoni imzolandi. Unga ko'ra, O'zbekiston musulmonlar idorasining Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust seshanba kuniga to'g ...
17.08.2018 / 10:15