O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Avtomobil yo'llari qo'mitasi: 100 dan ziyod yangi yo'l texnikalari xarid qilindi

O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarorida sohaga oid ko'plab vazifalar qatori qo'mita tarkibidagi korxonalarni yo'l-ta`mirlash texnikasi, moddiy-xomashyo resurslari bilan yetarli darajada ta`minlash, ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan edi, deb xabar qilmoqda Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi matbuot xizmati.

Darhaqiqat, zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llaridagi qurilish va ta`mirlash ishlaridagi o'sib borayotgan talab – joriy quvvatlarni oshirish hamda qo'mita tarkibidagi korxona va tashkilotlar moddiy-texnika bazalarini mustahkamlash masalalarini – yagona texnologik talablar asosida, kompleks hal etilishini taqozo etardi.  Joriy talablar inobatga olingan holda, 2017-2018 yillar mobaynida 223 dona yangi – yo'l ta`miri va qurilishida ishlatiladigan texnikalarni xarid qilish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi. 

Yo'l ta`miri va qurilishi bo'yicha yagona texnik siyosatni olib borish maqsadida yo'l xo'jaligi texnikalarini markazlashtirilgan tarzda Xitoyning – O'zbekistondagi "UzXCMG" qo'shma korxonasi hammuassisi hisoblangan – "Xuzhou Construction Machinery Group Co Ltd." kompaniyasi bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida xarid qilinmoqda. Bu esa Respublikadagi yo'l xo'jaligi korxonalari tomonidan foydalaniladigan texnikalarining ta`mirida yuzaga keladigan ortiqcha xarajatlarni qisqartirish imkonini ham beradi. 

Bugungi kunda yo'l qurilishi va ta`mirida ishlatiladigan 100 dan ortiq texnikalar xarid qilindi. Ular orasida quyidagilarni sanash mumkin: 

- har xil rusumdagi zichlagichlar;
- turli rusumdagi yo'l frezalari;
- avtogreyderlar;
- asfalt yotqizgichlar;
- asfalt-beton ishlab chiqarish zavodlari;
- zamonaviy ekskavatorlar.

Ayni paytda mazkur texnikalar Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tarkibidagi "Avtoyo'lta`minot" unitar korxonasi tomonidan olib kelinib, Respublikadagi yangi tashkil etilgan, yo'l qurilishiga ixtisoslashtirilgan korxonalarga tarqatilmoqda. 2018 yilning 1-yarmi davomida yana shuncha texnika olib kelinadi.

Mavzuga oid yangiliklar
O`zbekiston Rossiyadan pul jo`natish bo`yicha MDHda yetakchi bo`lib turibdi
O`zbekiston Rossiyadan pul o`tkazmalari jo`natish bo`yicha MDH davlatlari ichida etakchilik qilmoqda. Bu haqda Rossiya markaziy banki ma`lumotlarida qayd qilingan. Ma`lumotlarga ko`ra, Rossiyadan O ...
20.06.2018 / 14:31
Arab shayxi O`zbekistonga millardlab dollar sarmoya kiritmoqchi
Dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri — «Ajlan&Bros Group» yurtimizda o`nlab besh yulduzli mehmonxonalar qurib, ipakchilik va paxta klasterlarini amalga oshiradi. Bu haqda O`zA xabar berdi. «Bizning «Ajlan ...
14.06.2018 / 11:10
Prezident videoselektor o`tkazdi: byudjet tushumlari va narx-navo masalasi muhokama qilindi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 5 iyun kuni hududlarda byudjetga qo`shimcha tushumlar va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish orqali narxlar barqarorligini ta`minlash ...
06.06.2018 / 10:51
Chirchiq shahrini kompleks rivojlantirish uchun 700 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar tarqatmoqda. Qayd qilinishicha, shaharda qo&lsquo ...
14.06.2018 / 11:15
Davlat “Sharq” nashriyotidagi ulushini 11 mln dollarga sotuvga qo‘ydi
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining 24,6 foiz aksiyalari sotuvga qo‘yildi, deb yozadi Spot Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo&lsquo ...
11.06.2018 / 15:23
Davlat soliq qo`mitasi raisiga yangi o`rinbosar tayinlandi
Fayzibaev Alimjan Elchievich Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri ma`lum qildi. Fayzibaevni yangi lavozimga tayinlash bo`yicha O ...
06.06.2018 / 10:51