O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga joriy yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Afg'oniston bo'yicha xalqaro konferensiyaga oid maktub yo'lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

AQSh Prezidenti O'zbekiston Prezidentining Toshkentda bo'lib o'tadigan Afg'oniston bo'yicha xalqaro konferensiya ta`rifi bayon etilgan maktubini olganidan mamnun bo'lganini qayd etdi.

Maktubda AQShning Janubiy Osiyodagi strategiyasi mintaqa mamlakatlarini Afg'onistondagi nizoni tartibga solish va vaziyatni barqarorlashtirish uchun birdek mas`uliyat his qilishga undashi ta`kidlangan.

Donald Tramp O'zbekiston Prezidentining mintaqaviy yondashuvga doir tashabbusini qo'llab-quvvatlashi, bu esa o'z navbatida vaziyatni tinch muzokaralar yo'li bilan hal qilish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyot, jumladan, Afg'oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirishini qayd etdi.

«Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa`y-harakatlaringiz katta muvaffaqiyatlar keltirdi. O'tgan yili noyabr oyida Samarqandda bo'lib o'tgan konferensiya butun Markaziy Osiyo bo'ylab istiqbolli hamkorlik muhitini yaratdi, dekabr oyidagi Prezident Ashraf G'ani bilan uchrashuvingiz esa mustahkam hamkorlik va taraqqiyotga zamin hozirlab berdi.

Sizning Afg'oniston bo'yicha xalqaro konferensiya o'tkazishga doir tashabbusingizni to'liq qo'llab-quvvatlayman, shunday ekan, ushbu format afg'onistonliklar boshchilik qilayotgan Kobul jarayoni bilan muvofiqlashtirilishini ta`minlash uchun biz hamkorlikda astoydil ishlashimiz zarur. Oq uy ma`muriyati Toshkentdagi konferensiyada ishtirok etuvchi AQSh delegatsiyasi tarkibini ko'rib chiqmoqda.

Samimiy va iliq so'zlaringiz, shuningdek, Afg'onistondagi birgalikdagi sa`y-harakatlarga qo'shayotgan ulkan hissangiz uchun minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. O'zbekiston xalqiga salomim va ezgu tilaklarimni yetkazishingizni so'rayman.

Yaqin orada Siz bilan uchrashishni intizorlik bilan kutib qolaman.

Ehtirom bilan,

Donald Tramp,

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti», deyiladi maktubda.

Mavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Jumladan, Amerika Qo&lsquo ...
14.06.2018 / 11:14
MDH mudofaa vazirlari uchuvchisiz aviatsiyani qo'llashdagi hamkorlikni muhokama qiladi
2018 yil 6 iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Kizil shahrida MDHga a`zo davlatlarning mudofaa vazirlari kengashi navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi. Bu haqda tashkilotning Ijroiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Yig ...
04.06.2018 / 13:13
Imomali Rahmon O'zbekistonga qachon kelishi ma`lum bo'ldi
Tojikiston hukumatining Dushanbedagi qarorgohida 31 may kuni tushdan keyin Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu haqda AP xabar bermoqda. ...
01.06.2018 / 16:59
Kelgusi yil O`zbekistonda Qozog`iston yili deb e`lon qilinadi
Qozog`iston parlamenti Senati qo`mita raisi Darig`a Nazarboeva boshchiligidagi parlament vakillari Janubiy Qozog`iston viloyatining O`zbekiston bilan chegaradosh Sariog`och tumanida o`zbekistonlik hamkasblari bilan uchrashdi. ...
06.06.2018 / 10:48
Abdulaziz Komilov Qatar bosh vaziri o`rinbosari bilan uchrashdi
2018 yil 3 iyun kuni Qatarda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Doha shahrida Qatar Bosh vaziri o`rinbosari ...
04.06.2018 / 13:09
Abdulaziz Komilov Qatarga boradi
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 2-4 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Qatar davlatida bo'ladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda. O ...
01.06.2018 / 16:57