O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'zbekiston va Tojikiston chegarasidagi o'tish punktlari ochildi

2018 yilning 1 martidan O'zbekiston va Tojikiston rahbarlari o'rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning aniq misoli o'laroq o'zbek-tojik davlat chegarasi orqali 9ta o'tish punktlari tantanali ravishda ochildi. Bu haqda O'zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, Samarqand viloyatidagi «Jartepa» («Sarazm»), Jizzax viloyatidagi «Kushkent» («O'ratepa») va «Uchqo'rg'on» («Havotog'»), Sirdaryo viloyatidagi «Xovosobod» («Zafarobod»), Toshkent viloyatidagi «Bekobod» («Xashtyak»), Namangan viloyatidagi «Pop» («Navbunyod»), Farg'ona viloyatidagi «Ravot» («Ravot»), Surxondaryo viloyatidagi «Gulbahor» («Ayvaj») kabi avtomobil yo'llaridagi punktlar, shuningdek, temir yo'l chizig'idagi «Amuzang» («Hoshadi») punti ochildi.

Bundan avvalroq bahorning ilk kunida O'zbekistondan tiklangan temir yo'l orqali Tojikistonga ilk poyezd kelishi haqida xabar berilgandi.

«Ko'lob-Moskva» yo'nalishi bo'ylab birinchi yo'lovchi poyezdi «Amuzang» («Hoshadi») temir yo'li o'tkazish punkti orqali 7 mart kuni qatnashni boshlashi kutilmoqda.

Chegara punktlarining ochilish marosimlari ikki mamlakat rasmiy vakillari hamda tutash tuman aholisi ishtirokida tantanali tarzda va do'stona muhitda o'tdi.

«Ikki davlatning qardosh xalqlari sabrsizlik bilan kutgan mazkur voqealik endilikda fuqarolarning o'zaro qatnovini osonlashtirishga imkon yaratadi, bu esa o'z navbatida ikki mamlakat do'st xalqlarining qarindoshchilik aloqalarini saqlashga xizmat qiladi. Mazkur qadam O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi yaqin qo'shnichilik va o'zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi», deyilgan TIV xabarida.

Mavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Jumladan, Amerika Qo&lsquo ...
14.06.2018 / 11:14
MDH mudofaa vazirlari uchuvchisiz aviatsiyani qo'llashdagi hamkorlikni muhokama qiladi
2018 yil 6 iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Kizil shahrida MDHga a`zo davlatlarning mudofaa vazirlari kengashi navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi. Bu haqda tashkilotning Ijroiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Yig ...
04.06.2018 / 13:13
Imomali Rahmon O'zbekistonga qachon kelishi ma`lum bo'ldi
Tojikiston hukumatining Dushanbedagi qarorgohida 31 may kuni tushdan keyin Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu haqda AP xabar bermoqda. ...
01.06.2018 / 16:59
Kelgusi yil O`zbekistonda Qozog`iston yili deb e`lon qilinadi
Qozog`iston parlamenti Senati qo`mita raisi Darig`a Nazarboeva boshchiligidagi parlament vakillari Janubiy Qozog`iston viloyatining O`zbekiston bilan chegaradosh Sariog`och tumanida o`zbekistonlik hamkasblari bilan uchrashdi. ...
06.06.2018 / 10:48
Abdulaziz Komilov Qatar bosh vaziri o`rinbosari bilan uchrashdi
2018 yil 3 iyun kuni Qatarda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Doha shahrida Qatar Bosh vaziri o`rinbosari ...
04.06.2018 / 13:09
Abdulaziz Komilov Qatarga boradi
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 2-4 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Qatar davlatida bo'ladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda. O ...
01.06.2018 / 16:57