O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Prezident qarori bilan bog`cha tarbiyachilarining oyligi oshiriladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 28 fevral kuni «Davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to`lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni imzoladi.

Ushbu qaror uzluksiz ta`lim yagona tizimining muhim bo`g`ini sifatida maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq to`lash va moddiy rag`batlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda davlat maktabgacha ta`lim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari ayrim toifalarining 2018 yil 1 martdan boshlab – mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o`qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq to`lashning bazaviy tarif stavkalari – 30 foizga, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma`lumotli o`qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq to`lashning bazaviy tarif stavkalari, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta`lim maktablari boshlang`ich sinflari o`qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda – 30 foizga, oliy yoki o`rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma`lumotli tarbiyachining o`rinbosarlari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalari – 20 foizga, maktabgacha ta`lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalari – 10 foizga tabaqalashtirib oshiriladi.

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog` va G`uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako`l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo`rg`on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to`lovi miqdori 2023 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatda ikki baravar pasaytiriladi.

2018 yil 1 martdan boshlab davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachining yordamchisi mehnatiga haq to`lash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etiladi.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yilda ushbu qarorga muvofiq davlat ta`lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalarini oshirish bo`yicha qo`shimcha xarajatlar O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga moliyalashtirilishini ta`minlab, 2019 yildan boshlab esa O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutadi, davlat maktabgacha ta`lim muassasalarini moddiy rag`batlantirishning maxsus jamg`armasini shakllantirishga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to`lash fondining qat`iy ravishda 15 foizi miqdorida qo`shimcha mablag`lar ajratilishini ta`minlaydi.

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi moddiy rag`batlantirishning maxsus jamg`armasi mablag`laridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan tizimli nazorat o`rnatadi, davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini nazarda tutadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g`risida» 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 32-ilovasiga ilovaga muvofiq o`zgartirish kiritiladi.

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida bir hafta muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Mavzuga oid yangiliklar
Xususiy maktab va bog‘cha qurish uchun tanlov e’lon qilindi
Toshkent shahar hokimligi barcha tadbirkorlar va investorlarni 135 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi va 60 ta xususiy maktab qurish uchun tanlovda qatnashishga taklif etadi. Toshkent shahar hokimligi tanlov g&lsquo ...
23.08.2018 / 10:45
“O‘zstandart”: Maktab o‘quvchilari uchun chiqarilgan o‘quv daftarlarida kamchiliklar aniqlandi
O‘zbekistonda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan,“O‘zstandart” agentligi hamda “Oila davrasida” ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy gazetasi hamkorligida   ...
17.08.2018 / 11:37
Test-2018: 9 avgust kuni 67 nafar abiturient bino ichida shpargalkadan foydalanishga yoki kimgadir yordam berishga uringan
Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining to`qqizinchi kunida 15 ta oliy ta`lim muassasalarining 95 ta ta`lim yo`nalishida 56 ming 642 nafar abiturient ishtirok etdi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o ...
10.08.2018 / 17:37
O‘zbekistonda yagona maktab formasi tasdiqlandi
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy va jismoniy sog ...
17.08.2018 / 11:44
Qo`qonda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining filiali tashkil etiladi
Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo`qon filialini tashkil etish to`g`risida”gi O ...
10.08.2018 / 17:39
Bugundan boshlab respublikamizda maktab yarmarkalari o`z faoliyatini boshladi
Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati ma`lumotiga qaraganda 10 sentyabrga qadar jami 1325 ta maktab yarmarkalaridan umumta`lim maktablari o`quvchilariga asosiy turdagi o`quv qurollari, darsliklar, maktab formasi, kiyim ...
10.08.2018 / 17:36