O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
1500 dona kitob-albom beg'araz tarqatildi

Poytaxtimizda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida "O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida" xalqaro multimedia loyihasining 2018-yilgi yo‘l xaritasi taqdimotiga bag‘ishlangan media-forum bo‘lib o‘tdi.

Unga tegishli vazirlik va idoralar, ilmiy markazlar xodimlari, olimlar, tadqiqotchilar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari taklif etildi. 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, "O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida" loyihasi tahririy kengashi raisi A.Saidov, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi, mazkur loyihaning rahbari F.Abduxoliqov, madaniyat vazirining o‘rinbosari K.Oqilova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minovarov, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi direktori A.Burhonov va boshqalar mamlakatimizda boy madaniy, ma’naviy, ilmiy merosimizni o‘rganishga, asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Dendev Badarch, YeXHTning yurtimizdagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allan va boshqalar ushbu loyiha O‘zbekistonning ulkan va betakror madaniy, ilmiy, ma’naviy merosini butun dunyoga namoyon etishini qayd etdi. 

O‘tgan yili mazkur loyihaning ilk bosqichida xorijiy muzey to‘plamlarida saqlanayotgan o‘zbek xalq san’ati va madaniyatiga oid obidalarni aniqlash, ularni o‘rganish maqsadida jahonning turli mamlakatlariga safarlar uyushtirildi. Nodir madaniy merosimizga oid 10 ta kitob-albom chop etildi. Milliy merosimizga taalluqli ko‘plab maqolalar kitob-albomlarga kiritildi. Loyiha ijrosi davomida amalga oshirilgan keng qamrovli chora-tadbirlar o‘zbek madaniy merosiga jahon miqyosida qiziqish va e’tiborni yana bir karra namoyish etdi. 

– Bu loyiha ijrosi davomida O‘zbekiston madaniyati, san’ati, tarixi naqadar boyligiga yana bir karra ishonch hosil qildim, – deydi "Mueller & Schindler" nashriyoti vitse-prezidenti Aleksandr Vilgelm (Avstriya). – Kelgusida manbalarni o‘rganish va tadqiq etish, ularni nashr etish borasida ishlarni davom ettirish niyatidamiz. 

2018-yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSh, Turkiya, Chexiya, Fransiya, Yaponiya to‘plamlari asosida 20 jildli kitob-albomi chop etish, jahon kutubxonalarida saqlanayotgan turli tillardagi bebaho qo‘lyozma yodgorliklar, jumladan, Alisher Navoiy ijodiga mansub qo‘lyozmalar (Buyuk Britaniya kutubxonasi, Fransiya milliy kutubxonasi), Kastiliya qirolining elchisi Rui Gonsales de Klavixoning "Temur saroyiga yuborilgan elchi" kitobi (Ispaniya milliy kutubxonasi), Sohibqiron Amir Temur g‘alabalari haqida guvohlik beruvchi "Zafarnoma" asarining qadimiy qo‘lyozmasi (Buyuk Britaniya kutubxonasi), "Katta Langar Qur’oni", Husayn Boyqaro devoni, "Ravzat-us-Safo", "Temur tuzuklari" asarlarining qo‘lyozmalarini (Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti), Abu Ali ibn Sino asarlarining qadimiy qo‘lyozmalarini bosqichma-bosqich raqamli formatga o‘tkazish va ularning faksimile-nusxalarini chop etish kabi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. 

Qadimiy manbalarni o‘rganishga oid ilmiy ishlar izchil davom etmoqda. Ayni paytda loyiha doirasida chop etilgan kitob-albomlar, hujjatli filmlarning 10 ming nusxasini jahon va yurtimizning nufuzli kutubxonalari, oliy ta’lim dargohlariga, Vatanimizga tashrif buyuruvchi xorijiy delegatsiyalar a’zolariga taqdim etish ko‘zda tutilgan. Olimlar, tadqiqotchilar, san’atshunoslar, arxeologlar ishtirokida xalqaro anjumanlar, davra suhbatlari, nodir merosimiz namoyishiga oid ko‘rgazmalar, taqdimotlar, brifinglar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 

Forum davomida yurtimizning 16 ta muzey, kutubxona, ilmiy muassasa va tashkilotlariga "Katta Langar Qur’oni" va "Devoni Husayniy" asarlari qo‘lyozmalarining faksimile-nusxalarini olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi. Bir qator yirik kutubxona va muzeylar, ma’rifiy-ilmiy maskanlarga loyiha doirasida chop etilgan 10 jildli to‘plamlar topshirildi. 

Галерея
Mavzuga oid yangiliklar
Yoshlar oromgohida «Navqiron jurnalistlar» media-oromgohi bo`lib o`tmoqda
9-16 avgust kunlari O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamkorligida tashkil etilgan yozgi media-oromgoh o`z ishini davom ettiryapti.   Unda Yoshlar media markazi ...
15.08.2018 / 20:32
O‘zbekistondagi birinchi nodavlat telekompaniya asoschisi Firdavs Abduxoliqov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbek milliy akademik drama teatrida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda O&lsquo ...
28.06.2018 / 16:02
uza.uz: Rag‘bat va e’tibor sog‘lom raqobatga undaydi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Axborot sohasida raqobat ...
03.05.2018 / 16:42
Ommaviy axborot vositalarining inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishdagi roli qanday?
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan 2018 yil 18-19 iyul kunlari tajribali telejurnalist ...
18.07.2018 / 12:21
darakchi.uz: Fotoreportaj: Poytaxtda 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni qanday nishonlandi?
Bugun, 3 may — Jahon mutbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat hamda bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari&rdquo ...
03.05.2018 / 17:51
Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi
2018 yilning 3 may kuni “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari: O'zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo ...
03.05.2018 / 14:46