
Barchangizning xabaringiz bor, o‘tgan yili muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tavsiyalari bilan “2017 – 2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilingan edi va uning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida “O‘zbekistonda arxeologik yodgorliklarni yanada rivojlantirish, asrab – avaylash, umuman yurtimizda mavjud tarixiy obidalarni qayta tiklash va jahon hamjamiyatiga ko‘rsatish” etib belgilangan.
2017 yilda bu borada talay ishlar amalga oshirildi. Bularning eng muhimlari sifatida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzurida Maxsus madaniyat va san’at fondi yoki islom dinining jahondagi o‘rnini yaxshilash maqsadida Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilganligini aytish mumkin. Harakatlar strategiyasida 2018 yilda ham mana shu sohaga alohida e’tibor qaratilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ayniqsa yurtimizning chekka hududlarida joylashgan tarixiy qadamjolarni, madaniy yodgorliklarni asrab-avaylash, qayta tiklash bo‘yicha alohida normativ hujjatlar, dasturlarning qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan edi.
Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, “O‘zbekiston madaniy me’rosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi nafaqat madaniy va ilmiy ahamiyatga, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ham ega ekanini ko‘ramiz.
Ko'riklar soni: 305 | Нравится | Твитнуть |