O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi tinchlikka erishish borasidagi tashabbuslarning yangi yo‘nalishini boshlab beradi

Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida tashkil etilgan sessiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev so‘zga chiqdi. U mamlakatimizning Afg‘onistonda ishlab chiqarish, farmatsevtika sanoati, qurilish, energetika, transport-logistika sohalaridagi loyihalarni ro‘yobga chiqarishdagi tashabbuslari haqida fikr bildirdi: 

– 2017-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 617 million AQSh dollaridan oshdi. Ammo bu raqamlar ikki tomonning to‘liq imkoniyatlarini ko‘rsatmaydi. Shu kunga qadar Afg‘oniston bilan savdoda elektr energiyasi yetkazib berish va qora metallurgiya sanoati yetakchilik qilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining 4 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelishi hamkorlik yo‘nalishida yangi sahifa ochdi. 

Bugun Afg‘onistonda 36 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi va ushbu mamlakatning yillik import hajmi 6,5 milliard dollarga tengdir. O‘zbekistonning ushbu raqamlardagi ulushi 3 milliardni tashkil etishi mumkin bo‘lgan bir vaqtda, mamlakatimiz savdo aylanmasining afg‘on diyori importidagi hissasi 10 foizdan kamroqni tashkil qilmoqda. Shu bois bu boradagi hamkorlikni tanqidiy tahlil qilish va Afg‘oniston bilan savdo-sheriklikdagi loyihalarni diversifikatsiya qilish zarurati tug‘ildi. 

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining mamlakatimizga tashrifi doirasida bu ijobiy intilishlar o‘zining amaliy natijalarini berdi. Ya’ni tashrif yakunlari bo‘yicha mamlakatlarimiz o‘rtasida 500 million AQSh dollaridan ortiq shartnomalar tuzishga erishildi. 

E’tiborli jihati shundaki, mamlakatimizning Afg‘oniston bilan hamkorligi mahsulotlarimizni afg‘on bozoriga yetkazib berishdan iborat bo‘lib qolayotgani yo‘q. Ikki tomon uchun birdek manfaatli loyihalarni ishlab chiqish yo‘lida salmoqli kelishuvlar amal qilmoqda. Afg‘oniston temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish, yo‘nalishlarni kengaytirish borasidagi tashabbuslar shular jumlasidan. Kelishuvlar asosida o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan Hayraton – Mozori Sharif temir yo‘li qurib, foydalanishga topshirilgandi. Hozirgi kunga kelib Mozori Sharif – Hirot yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l tarmog‘i qurishni ko‘zda tutadigan loyiha ustida ish olib borilmoqda. Mazkur tarmoqning uzunligi 650 kilometr, umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiqni tashkil qiladi. Bu savdo aylanmasini sezilarli ko‘paytirish va Afg‘onistonning tranzit xizmatlari eksportini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

O‘zbekistonning farmatsevtika sanoati tobora rivojlanib bormoqda va bugun Afg‘oniston tomonidan ushbu sohada ham hamkorlikni kengaytirishga katta qiziqish bildirilmoqda. Birgina misol. Shu kungacha Afg‘onistonga dori-darmon, tibbiy vositalar yetkazib berish bo‘yicha 500 ming dollarlik shartnomalar tuzilgan bo‘lsa, endilikda qo‘shni mamlakat 25 million dollarlik dori-darmon mahsulotlarini xarid qilishga tayyor ekanini bildirmoqda. 

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mashinalari va maxsus texnikalarini xarid qilish, ularga servis xizmatlari ko‘rsatishni Afg‘onistonda yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda. Bu imkoniyatlarni yanada kengaytirishda “O‘zsanoateksport” va “Uztreyd” tomonidan Kobul va Mozori Sharif shaharlarida ochilgan savdo uylari muhim o‘rin tutayotganini alohida qayd etish o‘rinli. 

Shunga qaramasdan iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishida ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Ulardan to‘laqonli va samarali foydalanish masalasi Afg‘onistonda qaror topajak tinchlikka bevosita bog‘liqdir. Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi bu boradagi tashabbuslarning yangi yo‘nalishini boshlab berishiga ishonamiz. 

uza.uz

Mavzuga oid yangiliklar
Arzon uy-joylar qurilishi davom etadi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida ...
17.04.2018 / 12:26
«Bangladeshlik tadbirkorlarning o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilish ishtiyoqi baland»
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi ...
11.04.2018 / 11:22
O'zbekistonda qurilish vazirligi tuzildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni imzolandi. ...
03.04.2018 / 10:52
Tehronda O‘zbekiston-Eron savdo uyi ochildi
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Eron Islom Respublikasiga tashrifi doirasida bugun Tehron shahrida O‘zbekiston-Eron savdo uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda O&lsquo ...
11.04.2018 / 11:26
«Toshkent-Sharqiy» aerodromi o`rnida zamonaviy aeroport barpo etiladi
Vazirlar Mahkamasining 30.03.2018 yildagi 250-son qarori bilan «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (xizmat) aviasiyasining zamonaviy aeroport majmuasini qurish» loyihasini amalga oshirishga doir qo`shimcha chora ...
06.04.2018 / 13:31
Shavkat Mirziyoev: “Tomorqaga ekin ekish” oyligini e`lon qilib, har bir tomorqaga ekin ekishni tashkil etish kerak
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 23 mart kuni qishloq xo`jaligini jadal rivojlantirish bo`yicha olib borilayotgan islohotlar natijadorligiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi ...
24.03.2018 / 13:44