O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
O'zbekistonda qurilish vazirligi tuzildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni imzolandi.

Farmonda arxitektura va qurilish sohasini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, hayot va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan shaharsozlik faoliyatini sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarishning muhim sharti hisoblanishi ta`kidlangan. 

Shu bilan birga, tahlillar qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni rivojlantirishga, yangi sub`yektlarning innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga to'sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ochib berdi: 

birinchidan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, oqibatda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirishning o'rta muddatli va istiqbolli yo'nalishlari belgilanmagan; 

ikkinchidan, arxitektura va qurilish organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi qurilish va rekonstruksiya jarayonlarini to'liq kuzatib borishni ta`minlash, shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatini samarali nazorat qilish uchun mavjud resurslarni safarbar etishga imkon bermayapti; 

uchinchidan, arxitektura va qurilish organlari funksiyalarining tarqoqligi hamda ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatishning maksimal shaffofligi va samaradorligini ta`minlamayapti; 

to'rtinchidan, ko'pchilik aholi punktlarining bosh rejalari mavjud emasligi hududlarni kompleks qurishga, ishlab chiqarish va infratuzilma ob`yektlarini joylashtirishga, tadbirkorlik va ishbilarmonlik faolligini rivojlantirishga salbiy ta`sir ko'rsatmoqda, shuningdek, qurilish jarayonida puxta o'ylanmagan qarorlarni qabul qilishga sabab bo'lmoqda; 

beshinchidan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ancha eskirgan hamda ularda arxitektura-qurilish ishlarini olib borishning innovatsion uslublarini, energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qo'llash e`tiborga olinmagan, bu esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ob`yektlarni qurish sifatiga salbiy ta`sir ko'rsatmoqda; 

oltinchidan, qurilish ishlarini tashkil etish, innovatsion g'oyalar va ishlanmalarni joriy qilishda ayrim hollarda tor idoraviy manfaatning ustunlik qilishi byudjyet mablag'laridan oqilona foydalanmaslikning sabablaridan biri hisoblanadi; 

yettinchidan, qurilish sohasi va qurilish materiallari sanoatida istiqbolli investitsion loyihalarni, innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ilgari surish va amalga oshirishda, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishda davlat-xususiy sherikligidan foydalanishga yetarlicha e`tibor berilmayapti;

sakkizinchidan, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi arxitektura-qurilish sohasini jadal rivojlantirish vazifalarini samarali ro'yobga chiqarishga imkon bermayapti, kadrlarni moddiy rag'batlantirish darajasining pastligi esa malakali mutaxassislarning tizimdan ketib qolishiga olib kelmoqda. 

Arxitektura-qurilish sohasini boshqarishning shaharsozlik faoliyatiga innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimni yaratish, ko'rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini ta`minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi va O'zbekiston Respublikasida Ma`muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi negizida O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi huzuridagi Rivojlantirish va moddiy rag'batlantirish jamg'armasi hamda Ta`lim muassasalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi bazasida Vazirlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi huzuridagi Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi Vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi Qurilishda standartlashtirish respublika markazi etib qayta tashkil qilingan. 

Quyidagilar: 

qurilish sohasida tegishli faoliyat turlarini litsenziyalash funksiyasini Vazirlikka o'tkazgan holda Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo'yicha Respublika komissiyasi; 

O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi huzuridagi Shaharsozlik faoliyatini axborot bilan ta`minlash markazi; 

O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi huzuridagi Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi tugatiladi. 

Vazirlik O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda 1-ilovada nazarda tutilgan litsenziyalarni beradi. 

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilangan:

shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta`minlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish; 

respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish; 

shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o'rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish; 

loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo'llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish; 

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish; 

arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarida o'quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko'maklashish. 

Vazirlik: 

O'zbekiston Respublikasida arxitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi; 

mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash, raqobatbardosh va eksportga yo'naltirilgan qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, yangi turdagi yuqori sifatli qurilish materiallariga bo'lgan ichki talabni qondirish bo'yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish borasida “O'zqurilishmateriallari” AJ faoliyatini muvofiqlashtiradi; 

O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag'lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi. 

Quyidagilar Vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat bo'yicha inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilangan: 

aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarga qat`iy muvofiq ravishda kompleks qurilishi, aholi punktlarini rejalashtirish va qurish, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik to'g'risidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma, qoida va standartlariga so'zsiz rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 

buyurtmachi texnik nazorat va loyiha tashkilotlari mualliflik nazorati olib borishi ustidan monitoring o'tkazish. 

Qurilish-montaj tashkilotlari reyestrini yuritish to'g'risidagi talab bekor qilinadi. 

Barcha tadbirkorlik sub`yektlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg'armasidan moliyalashtiriladigan ob`yektlar qurilishi doirasida tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish bo'yicha tanlov (tender) savdolarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqi beriladi. 

Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashning quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan mexanizmini tasdiqlaydi: 

litsenziya shartnomasini imzolash zaruratini bekor qilgan holda, aniq va to'liq litsenziya talablari va shartlari; 

litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishning samarali mexanizmi; 

moddiy javobgarlik hamda lisenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2018 yil 1 iyulga qadar muddatda akkreditatsiya mexanizmini joriy etish orqali, jumladan, akkreditatsiya organining mustaqilligini ta`minlash, sub`yektlarning malaka talablariga muvofiqligini baholash tartibini belgilashni nazarda tutgan holda, qurilish sohasida texnik nazoratga oid davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga o'tkazish bo'yicha taklif kiritadi. 

Qurilish faoliyatini takomillashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanadi. 

O'zbekiston Respublikasi qurilish vaziri, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o'z vaqtida, sifatli va to'liq bajarilishi uchun shaxsan javob berishi belgilangan. 

Vazirlik Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risidagi takliflarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Mavzuga oid yangiliklar
O'zbekistonda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish to'g'risida qonun ishlab chiqiladi
Kecha «O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi prezident farmoni qabul qilingani, shu asosda «O'zatom» agentiligi tashkil etilgani haqida xabar qilingandi. ...
20.07.2018 / 13:15
Jahon banki vitse-prezidenti O'zbekistonda amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma`lumot berdi
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo hududi bo'yicha vitse-prezidenti Siril Myuller O'zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmatiga intervyu berdi. Unda dunyoning nufuzli moliyaviy tashkiloti bilan O'zbekiston o ...
16.07.2018 / 08:31
O‘zbekistonda yagona investitsiya portali yaratiladi
Yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda Yagona investitsiya portali yaratiladi va unda investorlar uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlar joylashtiriladi. Natijada ular o‘z yurtlaridan turib ham O&lsquo ...
12.07.2018 / 18:11
Arzon uy-joylar uchun dastlabki to‘lov summasi kamaytirildi
2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora ...
19.07.2018 / 09:49
Jahon banki delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
2018 yilning 12 iyul kuni Toshkent shahriga Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller boshchiligidagi delegatsiya keldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.Tashrif dasturidan O&lsquo ...
12.07.2018 / 18:11
Ishchi guruh yoshlar bazasini shakllantirmoqda
«Yoshlar –kelajagimiz» Davlat dasturi ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Respublika bo`ylab shtab va ishchi guruhlar faoliyati yo`lga qo`yilgan ...
12.07.2018 / 18:06