O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Yangi sayyohlik manzili: Amir Temur dunyoga kelgan Xo'ja Ilg'or qishlog'i

Buyuk sohibqiron, davlat arbobi Amir Temurning 682 yilligi O'zbekistonda o'zgacha ruhda nishonlanmoqda - bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar fonida barcha bu sanani a`lo kayfiyatda nishonlamoqda.

9 aprel kuni Amir Temur dunyoga kelgan Xo'ja Ilg'or qishlog'iga ko'plab mehmonlar tashrif buyurishdi. Qishloqning tarixiy burchagida - Xo'ja Ilg'orning markaziy maydoniga ulanib ketgan, buyuk sohibqironning tug'ilishi bilan bog'liq bo'lgan qadimiy quduq mavjud. Xalqaro Press-klubning Sayyor Press-klub formatidagi "Xo'ja Ilg'or: qayta kashf qilingan tarix – yangi sayyohlik yo'nalishi" mavzuidagi sessiyasi ayni shu makonda bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va qator ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda o'tkazildi.

Tadbir xalq sayli formatida bo'lib o'tdi. Ajoyib ob-havo, yoqimli his-tuyg'ular, yam-yashil tabiat - bularning bari Xo'ja Ilg'orga tashrif buyurgan har bir mehmonga xushkayfiyat ulashdi. Maydonda Amir Temur yashagan davrni yodga soluvchi milliy hunarmandchilik namunalari, milliy o'yinlardan lavhalar va etnografik sahnalarni ko'rish mumkin, o'tovlar-ku chet ellardan tashrif buyurgan sayyohlarda katta taassurot qoldirdi.

"Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Amir Temur shaxsiga hurmat, Sohibqiron bobomiz va temuriylar davrini qaytadan kashf qilish, Amir Temur davrining nafaqat O'zbekiston, balki dunyo xalqlari davlatchiligida tutgan o'rnining o'ziga xos xususiyatlarini ochib berish, bu jihatlarning yoshlarimiz hayotidagi tarbiyaviy ahamiyatini oshirishga alohida e`tibor qaratib kelinmoqda, – deydi Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo'jayev. – Biz davlatimiz rahbarining bu g'oyat muhim ahamiyatli tashabbusi va sa`y-harakatlaridan ilhomlangan holda, Xo'ja Ilg'or qishlog'ida sayyor press-klub sessiyasi o'tkazmoqdamiz. Maqsadimiz siyosiy tahlikali, xalq mo'g'ullar istilosidan zulm chekayotgan bir davrda dunyoga kelgan va ozodlik uchun kurashib, buyuk davlatga asos solgan bobomiz siymosini qayta kashf qilish, Xo'ja Ilg'orda yangi sayyohlik manzilini yaratish".

Tarixiy tadbirda teatrlashtirilgan sahnalarga guvoh bo'lish mumkin. Ulardan Amir Temurning hayoti bilan bog'liq voqealar o'rin olgan - sohibqironning tug'ilishidan boshlab to mamlakat boshqaruvi tepasiga kelishigacha...

Shuningdek tadbir davomida milliy taomlar tayyorlandi, taniqli xonandalar ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi Amir Temur dunyoga kelgan Xo'ja Ilg'or qishlog'ida sohibqironning yoshlik yillariga bag'ishlangan muzey ekspozitsiyasini tashkil etishga doir loyihasini taqdim etgani haqida xabar berilgan edi. Qo'mita raisi Aziz Abduhakimov bu borada KUN.UZ'ga quyidagilarni ma`lum qilgan:

"Prezidentimiz Qashqadaryoga tashrif buyurganlarida Amir Temur tug'ilgan qishloqni turizm maskaniga aylantirishga doir taqdimot o'tkazgan edik. Shu yo'nalishda qator takliflar kiritilgandi. Xalqaro tajribalarda ham shunday loyihalar ko'plab amalga oshirilganini ko'rish mumkin. Shunga muvofiq sohibqiron tug'ilgan Xo'ja ilg'or qishlog'ida uning yoshlik yillariga bag'ishlangan yodgorlik o'rnatish, atrofdagi hududni obodonlashtirish va turistik maskanga aylantirish g'oyasi berildi. Ushbu takliflar yurtboshimiz tomonidan ma`qullandi".

i

Aziz Abduhakimov tomonidan taqdim etilgan loyihaga ko'ra, muzey binosi o'zbek xalqining an`anaviy uy-joy me`morchiligi sifatida qurilib, hovlisida turli xil mevali va manzarali daraxtlar ekiladi, katta ishkom yaratiladi. Ishkom ostida chorpoyalar va o'rindiqlar qo'yiladi. Hovli haqiqiy o'zbek xonadonini aks ettiradi.

Mavzuga oid yangiliklar
O`zbek va tojik san`atkorlarining “Do`stlik kechasi” Toshkentda o`tkaziladi
Tojikiston madaniyat vazirligining kengaytirilgan yig`ilishida, o`zbek va tojik san`atkorlari ishtirokidagi navbatdagi “Do`stlik kechasi” Toshkentda bo`lib o`tishi haqida gapirildi... Bu haqda Asia-Plus nashri xabar bergan. O ...
17.04.2018 / 12:28
Qozondagi ilk turk kinosi xalqaro festivalida o`zbek filmi namoyish etildi
Tataristonning Qozon shahrida bugun ilk turkiy filmlar xalqaro festivali o`z ishini yakunlamoqda. Bu haqda «Anhor.uz» xabar bermoqda. Festivalda Rossiya, Turkiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, O`zbekiston ...
26.03.2018 / 14:07
Ustoz-shogirdlar ko‘rgazmasi
Toshkent Fotosuratlar uyida yog‘och o‘ymakori G‘ulomjon Yo‘ldoshev va uning shogirdlari ijod namunalaridan iborat «Ustoz va shogird» nomli ko‘rgazma ochildi.  Mamlakatimizda tasviriy san&rsquo ...
22.02.2018 / 09:25
O’zbekistonliklarni qanday murojaat kuchli hayajonlantirdi?
Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o’z hayotida ijobiy o’zgarishlarni ko’rishni istaydi”, degan edi. Darhaqiqat ...
11.04.2018 / 11:31
Bugun xalqimizning ardoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun
Zulfiya (1915—1996). Taniqli o`zbek shoirasi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentda hunarmand-degrez oilasida tug`ildi. Men tug`ilgan kun Bugun mening tug`ilgan kunim,Meni tuqqan onam, Siz qayda?Bedor o`tib bormoqda tunim,Bir og ...
01.03.2018 / 18:54
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar haqida animatsion film tayyorlanmoqda
«O‘zbekkino» milliy agentligi Badiiy kengashi tomonidan muallif Ismoil Shomurodovning «Matiz»ning sarguzashtlari» nomli ko‘p qismli multfilm ssenariysi ma’qullandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati ...
27.01.2018 / 10:33