O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
«Bangladeshlik tadbirkorlarning o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilish ishtiyoqi baland»

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda ikki mamlakatning ishbilarmon doira vakillari, tegishli idora va tashkilotlari, kompaniyalar mas’ul xodimlari qatnashdi.

Bugungi kunda yurtimizda bangladeshlik investorlar ishtirokida 6 ta korxona tashkil etilgan. Albatta, tomonlarning imkoniyatini inobatga olganda, bu hali juda past ko‘rsatkichdir. Shu bois birgalikda yangi korxonalarni ochish, istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. 

— O‘zbekiston bilan mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika kabi sohalardagi aloqalarni rivojlantirish niyatidamiz, — deydi Bangladesh Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannan. — Bugungi seminar shu kabi ezgu maqsadlarimiz ro‘yobiga xizmat qilishiga ishonaman. Chunki bangladeshlik tadbirkorlarning o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilish ishtiyoqi baland. 

Seminarda ikki davlatning iqtisodiy hamda investitsiyaviy salohiyati namoyish etildi. Ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasi, to‘qimachilik va yengil sanoat, sayyohlik sohasidagi imkoniyatlar bilan tanishtirilib, yangi bosqichdagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. 

— Biz kalava ip ishlab chiqarayapmiz, — deydi poytaxt viloyatidagi “Universal art tekstil” korxonasi rahbari Temur Malik Akramov. — Yaqinda ish boshlagan bo‘lsak-da, tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar sabab mahsulotlarimizni Rossiya, Turkiya kabi davlatlarga eksport qilayapmiz. Bugun esa Bangladesh Respublikasiga ham eksportni yo‘lga qo‘yish maqsadida muzokaralar olib bordik. Mahsulotlarimiz ularga ma’qul kelmoqda. Bu esa biz uchun eksport geografiyasini kengaytirish uchun yana bir qadam tashlandi, deganidir.

Tadbirda O‘zbekiston va Bangladeshning ishlab chiqarish korxonalari, yirik kompaniyalar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mehmonlarga yurtimizda investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 

xs.uz

Mavzuga oid yangiliklar
Arzon uy-joylar qurilishi davom etadi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida ...
17.04.2018 / 12:26
«Toshkent-Sharqiy» aerodromi o`rnida zamonaviy aeroport barpo etiladi
Vazirlar Mahkamasining 30.03.2018 yildagi 250-son qarori bilan «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (xizmat) aviasiyasining zamonaviy aeroport majmuasini qurish» loyihasini amalga oshirishga doir qo`shimcha chora ...
06.04.2018 / 13:31
Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi tinchlikka erishish borasidagi tashabbuslarning yangi yo‘nalishini boshlab beradi
Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida tashkil etilgan sessiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev so‘zga chiqdi ...
24.03.2018 / 17:50
Tehronda O‘zbekiston-Eron savdo uyi ochildi
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Eron Islom Respublikasiga tashrifi doirasida bugun Tehron shahrida O‘zbekiston-Eron savdo uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda O&lsquo ...
11.04.2018 / 11:26
O'zbekistonda qurilish vazirligi tuzildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni imzolandi. ...
03.04.2018 / 10:52
Shavkat Mirziyoev: “Tomorqaga ekin ekish” oyligini e`lon qilib, har bir tomorqaga ekin ekishni tashkil etish kerak
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 23 mart kuni qishloq xo`jaligini jadal rivojlantirish bo`yicha olib borilayotgan islohotlar natijadorligiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi ...
24.03.2018 / 13:44