O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Bolaning begonasi bo’lmaydi

Poytaxtimizda “SOS — O’zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tomonidan Evropa Ittifoqi homiyligida amalga oshirilayotgan “O’zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarning manfaatlarini ta’minlash” loyihasi taqdimoti o’tkazildi. Unda vazirlik va idoralar vakillari, davlat va xalqaro tashkilotlar, o’zini o’zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati institutlari xodimlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Tanzila Narbaeva, “SOS — O’zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi direktori Gulnoza Abidova, YUNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann va boshqalar mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilishning qonuniy asosi hamda aniq mexanizmlari yaratilganini ta’kidladi. Yosh avlodning hech kimdan kam bo’lmay voyaga etishi, jahon andozalari darajasida ta’lim olishi, jamiyatimizdagi islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga e’tibor qaratilmoqda.

“SOS — O’zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha yurtimizdagi muhtoj oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ertamiz egalarining huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarga hissa qo’shadi.

Qayd etilganidek, mazkur loyiha Toshkent shahri, Samarqand, Xorazm viloyatlarida o’tkaziladi hamda 5 mingdan ortiq oilani va 15 mingga yaqin bolalarni qamrab oladi.

Anjumanda loyihaning hayotiy ahamiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari va kutilayotgan natijalar muhokama qilindi. Loyihada ishtirok etuvchi trenerlarni tayyorlash, ular uchun kaskad treninglar, hududlarga tanishuv safarlari o’tkazish, pilot mahallalarda qo’shma guruhlar tuzish va ularning faoliyatini monitoring qilish bo’yicha fikr-mulohzalar almashildi.

— O’zbekiston hukumatining mazkur loyihani faol qo’llab-quvvatlaganidan minnatdormiz, — deydi O’zbekiston Respublikasidagi Evropa Ittifoqi delegatsiyasi texnik hamkorlik bo’limi rahbari Ovidiu Mik. — Bolaning begonasi bo’lmaydi. Evropa Ittifoqining moliyaviy ko’magida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga g’amxo’rlik ko’rsatish, ularni tibbiy-psixologik, ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsad qilingan. Shu bilan birga, yosh avlodni huquqiy, ijtimoiy muhofaza qilish, innovatsion yondashuvlar asosida ularning jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishiga yaqindan yordamlashishga qaratilgan turli mashg’ulotlar, seminar va treninglar o’tkazish ko’zda tutilgan.

xs.uz

Mavzuga oid yangiliklar
Sog`liqni saqlash tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Abdurahmon Abdumavlyanovich Qayumov Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog ...
05.10.2018 / 10:32
O`zbekiston Qirg`izistonga "tez yordam" mashinalari sovg`a qildi
Farg`ona viloyati tomonidan Qirg`izistonning Botken viloyatiga ikkita "tez yordam" mashinasi sovg`a qilindi. Bu haqda uznews.uz xabar qilmoqda. Xabarda aytilishicha, "tez yordam" mashinalari ikki xalq o`rtasidagi o`zaro do ...
16.02.2018 / 12:31
Hindistonlik mutaxassislar Andijon viloyati aholisini bepul ko`rikdan o`tkazdi
GM Uzbekistan kompaniyasi tashabbusi bilan hindistonlik shifokorlarning Andijonning Bo`z va Qo`rg`ontepa tumanlariga tashrifi tashkil etildi. Uch kun davomida Hindistonning etakchi onkologi Lalan Kumar hamda kardio ...
06.02.2018 / 09:20
Samarqand veterinariya medisinasi institutiga Moskvadan rektor keldi
Xabaringiz bor, Samarqand qishloq xo`jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya medisinasi institutini tashkil etilgan edi. Institutga rektor tayinlandi, deb xabar berdi O`zA .Ushbu vazifaga 1958 yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog ...
15.05.2018 / 12:42
15 nafar bemor bola Germaniyada bepul davolanadi
Yaqinda «Sog`lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi ko`magida teri kuyishi asoratlari, qo`l-oyoq bo`g`imlari, lab-tanglayning tug`ma nuqsoni bilan kasallangan 15 bemor bola Germaniyaga davolanish uchun jo`nab ketdi. Bu haqda O ...
16.02.2018 / 09:20
Tanasidan 16 ta igna topilgan go`dak ishi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi
Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Gulnoza Rahimovaning O`zAga ma`lum qilishicha, 2018 yil 18 yanvar kuni Farg`ona viloyati Toshloq tumani ichki ishlar bo`limiga ichki a`zolarida ko ...
31.01.2018 / 09:28