O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Toshkent – Almati” yo’nalishida avtobus qatnovi qachon boshlanishi ma’lum bo’ldi

12 apreldan “Toshkent - Almati” yo’nalishida avtobus qatnovi yo’lga qo’yiladi. Bu haqida “O’zavtotrans” agentligi xabar berdi.

Mazkur yo’nalish bo’yicha muntazam qatnovlar kuniga uch marta(16:00, 17:00 va 18:00) “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshiriladi. “Almati - Toshkent” yo’nalishidagi avtobuslar esa “Sayran” avtovokzalidan yo’lga chiqadi.

“O’zavtotrans” agentligi Qozog’istonning investitsiya va rivojlanish vazirligi Transport qo’mitasi bilan birgalikda bu boradagi tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Ertaga pilot reys bajariladi.
Yo’nalish masofasi 818 kilometr, yo’lga ketadigan vaqt 16 soatu 30 daqiqa. Jadval bo’yicha 30 daqiqa “G’ishtko’prik”(O’zbekiston) va “Jibek Joli” postlaridan bojxona va chegara nazoratidan o’tish uchun ajratilgan. 

Yo’lkira haqi mos ravishda 100 ming so’m va 4000 tenge etib belgilandi. O’zbekiston mazkur qatnovda Xitoyning “Yutong” rusumli, Qozog’iston esa Belgiyaning “VANHOL” rusumli avtobuslaridan foydalanadi.
Ushbu yo’nalishga xizmat ko’rsatish uchun O’zbekiston tomonidan “ERKIN EMINA EXPRESS TOUR” tashuvchisi tanlandi. Mazkur kompaniya Qozog’istonning “YuG TRANS LAYN” tashuvchisi bilan qo’shni davlat hududida avtobuslarga xizmat ko’rsatish(texnik ko’rik, haydovchilarning tibbiy ko’rigi, avtobuslarni muhofaza qilish va yuvish) bo’yicha o’zaro hamkorlik qilishga oid shartnoma imzoladi.

Har ikki tomon bojxona va chegara xizmatlari “Toshkent – Almati - Toshkent” yo’nalishidagi yo’lovchilar hamda avtobuslarni chegarani kesib o’tish paytidagi chegara va bojxona tartib-taomillarini yuqori tartibda o’tkazish bilan bog’liq masalalarni hal etdi.  

Mavzuga oid yangiliklar
Qoraqalpog`iston yalpi hududiy mahsulotida sanoatning ulushi 41 foizga yetdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida Nukus shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvda Qoraqalpog`iston iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Investisiya muhiti yaxshilangani, zarur shart ...
16.11.2018 / 17:38
17 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 13-15 daraja iliq bo`ladi. Qoraqalpog ...
16.11.2018 / 17:36
Ahror Ahmedov: Kitob sifati uchun muharrir muallif bilan bir xilda masʼul
- Kitobni nashr qilishda oxirgi paytda eng katta masʼuliyat muallifga tashlab qoʻyilmoqda, aslida bu notoʻgʻri – deydi “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh muharriri. &ndash ...
16.11.2018 / 17:35
Omonulla Madayev: “Kitobxonlikni avvalo oʻqituvchilardan boshlash kerak”
2018 yilning 16 noyabr kuni Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan oʻtkazilgan “Noshirlik ishi: kitobxonlarning badiiy-uslubiy saviyasi, kitobxon ehtiyojini qondirish borasida taklif va tavsiyalarʼ ...
16.11.2018 / 17:37
Bosh prokuratura Samarqanddagi test savollar kitobi bo`yicha holatga oydinlik kiritdi
Bosh prokuratura Samarqanddagi test savollari kitobi bilan bog`liq vaziyat haqida ma`lumot berdi. To`plangan hujjatlarga ko`ra, Samarqand sport o`yini turlari va engil atletikaga ixtisoslashgan bolalar va sport maktabida 2018-2019 o ...
16.11.2018 / 17:36
Navoiy viloyatida 47 nafar mahkum Jazoni ijro etish mahkamasidan ozod etildi
Oliy Sud, Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligining mas`ul rahbarlaridan iborat ishchi guruh Navoiy viloyatida sayyor qabul va sud jarayonlari o`tkazdi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri. ...
16.11.2018 / 17:34