O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
O’zbekistonliklarni qanday murojaat kuchli hayajonlantirdi?

Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o’z hayotida ijobiy o’zgarishlarni ko’rishni istaydi”, degan edi. Darhaqiqat, 2017 yilda odamlarimiz jamiyat hayotida tub o’zgarishlarga guvoh bo’ldi, har bir muammo bo’yicha davlatning e’tiborini, g’amxo’rligini his qildi.

Shu bois ham xalqimiz ijobiy o’zgarishlarga xayrixohlik bildirmoqda, mamlakat taqdiriga, bugungi yangilanishlarga daxldorlik hissi bilan yondashmoqda. Buni “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazining navbatdagi tadqiqoti ham tasdiqlaydi. Ijtimoiy so’rov respublikaning barcha hududini, yoshu keksalarni, yurtdoshlarimizning keng qatlamini qamrab oldi.

Fuqarolarimiz fikricha, parlamentga ilk marotaba taqdim etilgan Murojaatnoma hamda ushbu tarixiy voqeaning televidenie orqali to’g’ridan-to’g’ri efirga uzatilishi mamlakatimiz aholisining Yurtboshimizga, davlat boshqaruviga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamladi.

So’rov natijalaridan ayon bo’lishicha, Murojaatnoma o’zbekistonliklarni kuchli hayajonlantirdi, hech kimni befarq qoldirmadi. Respondentlarning 85 foizi “Esdan chiqmaydigan taassurotni, mamlakat va Prezidentimiz uchun g’urur tuyg’usini his qildik”, deb javob berishdi.

Yurtdoshlarimizning mutlaq ko’pchiligi, ya’ni 91,7 foizi yangi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro’sini mustahkamlash hamda nufuzini yuksaltirish, fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qiladi, shuning uchun ham uni har tomonlama qo’llab-quvvatlashadi. Respondentlar fikricha, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, xavfsizlik, millatlararo totuvlik hamda diniy bag’rikenglikni ta’minlash, zamonaviy xavflar va tahdidlarga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni kuchaytirish eng muhim hamda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu ma’noda, ular davlatimiz rahbarining Markaziy Osiyoni barqaror rivojlanayotgan mintaqaga aylantirishga doir tashabbuslarini yakdillik bilan qo’llab-quvvatlaydi.

Tadqiqot qatnashchilarining 95,4 foizi Murojaatnomada belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli bajarilishiga qat’iy ishonishadi, 68,5 foizi fikricha, bu yaqin vaqt ichida to’la va samarali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yurtdoshlarimiz maqsadlarga erishish oson bo’lmasligini yaxshi tushunishadi. Respondentlar islohotlarga to’siq bo’layotgan qator muammolarni tilga olishdi. Masalan, ularning 30,4 foizi ayrim tuzilmalarda hanuzgacha korruptsiya hamda to’rachilik saqlanib qolayotganini, 28,1 foizi malakali, professional va tashabbuskor kadrlarning etishmasligini, 28,3 foizi odamlardagi befarqlik belgilangan rejalarni hayotga tatbiq etishga monelik qilishini ko’rsatib o’tishgan.

So’rovda respondentlarning 72,2 foizi iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlar hamda investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish, tashqi bozorga O’zbekiston brendi bilan sifatli mahsulot chiqarishni ko’paytirish, shuningdek, mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirishni asosiy yo’nalish, deb hisoblashadi. Yurtdoshlarimizning mutlaq ko’pchiligi islohotlar ushbu yo’ldagi to’siqlarni bartaraf etishga yordam berishiga ishonadi.

Respondentlarning qariyb uchdan bir qismi kadrlarning etarli darajada malakaga ega emasligi iqtisodiy o’sish yo’lida to’siq bo’lishi mumkinligini ko’rsatib o’tishdi. 28,8 foizi iqtisodiyot sohasidagi huquqiy asosni takomillashtirish kerak, degan fikrda. Bunday fikrdagilar Jizzax va Navoiy viloyatlarida tegishincha 58,8 hamda 53,3 foizni tashkil qildi. Har beshinchi respondent amaldagi kredit-moliya siyosatining nomukammalligini milliy iqtisodiyotni erkinlashtirishni tiyib turuvchi omil, deb biladi. Buxorolik respondentlarning qariyb uchdan bir qismi bunga qo’shiladi. Yurtdoshlarimizning har o’ninchisi korruptsiyaning oldini olish zarurligiga urg’u beradi.

Ijtimoiy sohaga davlat alohida e’tibor qaratayotgani tadqiqotda yana bir karra ayonlashdi. Bugun biz butun mamlakat bo’ylab turarjoylar, ijtimoiy ob’ektlar qurish, shaharu qishloqlarni obodonlashtirish, yo’l, muhim hayotiy ahamiyatga ega kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilayotganiga guvoh bo’lib turibmiz. Murojaatnomada ijtimoiy sohaning ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, turizm hamda dam olish, uy-joy kommunal xo’jaligi, ekologiya kabi tarmoqlariga katta e’tibor qaratilgan. Bular mamlakat aholisining farovonligi va turmushi sifati darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
So’ralganlarning salkam 40 foizi fikricha, jamiyatdagi ijtimoiy tafovutning oldini olish ijtimoiy islohotlarning pirovard maqsadi hisoblanadi. Bu ko’rsatkich Navoiy, Sirdaryo hamda Farg’ona viloyatlarida tegishincha 75, 71 va 70 foizni tashkil qildi. Namangan viloyatida respondentlarning 62,3 foizi aholi real daromadlarini oshirishni ajratib ko’rsatdi. Andijon hamda Samarqand viloyatlaridagi har beshinchi respondent aholi salomatligini muhofaza etish, ta’lim xizmatlari sifatini oshirish ijtimoiy sohaning asosiy maqsadi, deb biladi.

So’rov natijalariga ko’ra, mamlakat fuqarolari ijtimoiy soha etarlicha moliyalashtirilmayotganini soha taraqqiyotiga xalaqit berayotgan asosiy muammo, deb hisoblaydi. Respondentlarning qariyb uchdan bir qismi shu fikrga moyildir, 26 foizi esa professional kadrlar etishmasligini soha ravnaqiga to’siq sifatida ko’rgan. Korruptsiyani asosiy muammo, deb biluvchi respondentlar 24,1 foizni tashkil etadi. So’ralganlarning yarmidan ko’pi (52,6 foizi) tibbiy xizmat sifatidan qoniqmaydi, uchdan biri uning qimmatligini, 17,8 foizi muammolar ildizi korruptsiya bilan bog’liqligini aytishgan.

Ta’lim tizimidagi, jumladan, maktabgacha va maktab ta’limi sifatidan qoniqmayotganlar ham bor (41 foiz). Respondentlarning qayd etishicha, maktabgacha ta’limmuassasalari hamda maktablarda bolalar sonining me’yordan ko’pligi ham yosh avlodning sifatli tahsil olishiga to’sqinlik qiladi (26,8 foiz). Bu borada korruptsiyani sanab o’tganlar ham etarlicha bo’ldi.

So’rov ishtirokchilari fikricha, haddan tashqari markazlashtirilgan boshqaruvdan voz kechish, mahalliy hokimiyat organlari uchun moliyaviy va boshqa imkoniyatlarni kengaytirish, boshqaruvning innovatsion shakllarini joriy qilish yo’li bilan mavjud davlat xizmatlari ko’rsatish amaliyotini soddalashtirish, davlatning biznes tuzilmalarini tuzishdagi ishtirokini kamaytirish, davlatning ayrim vazifalarini xususiy sektorga o’tkazish davlat hamda jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekistonliklarning ko’pchiligi, ya’ni 89,8 foizi davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish bo’yicha tashabbuslarni qo’llab-quvvatlaydi.

Respondentlarning 90,8 foizi sud-huquq tizimini isloh etish bo’yicha sa’y-harakatlarni ma’qullaydilar. Bu islohotlar aholining huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonchini oshirishga, qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishiga yordam beradi. Ammo so’rov ishtirokchilarining fikricha, ayrimlar o’z xizmat mavqeini suiiste’mol qilishi, xodimlar malakasi hamda aholi huquqiy madaniyati etarli darajada emasligi tizimdagi islohotlarga soya soladi. Bu borada byurokratiya va ortiqcha qog’ozbozlikning ham salbiy ta’siri alohida ko’rsatib o’tildi. Yurtdoshlarimizning bildirishicha, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ushbu to’siqlarni bartaraf etishda muhim o’rin tutadi.

Xulosa o’rnida aytganda, so’rov natijalariga ko’ra, xalqimizning mutlaq ko’pchiligi (91,7 foizi) Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga xalaqit beruvchi mavjud qiyinchiliklar hamda muammolarning to’la echim topishiga ishonadilar. Eng muhimi, ular Murojaatnomani yakdillik va o’z mamlakati hamda Prezidenti uchun g’urur tuyg’usi bilan qabul qildilar. Bu fuqarolarning mamlakat taraqqiyotida hal etuvchi ahamiyatga ega islohotlarda faollik ko’rsatishiga mustahkam zamin yaratadi.

xs.uz

Mavzuga oid yangiliklar
15-17 noyabr kunlari Madaniyat vaziri VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat Forumida ishtirok etadi
Madaniyat vaziri navbatdagi xizmat safarida. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy taklifiga binoan 15-17 noyabr kunlari Sank-Peterburg shahrida boʻlib o ...
14.11.2018 / 19:44
Surxondaryoda xalqaro baxshichilik san`ati festivaliga tayyorgarlik boshlandi
Prezidentimizning joriy yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san`ati festivalini o`tkazish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq 2019 yil 5-10 aprel kunlari Termiz shahrida o`tkaziladigan xalqaro baxshichilik san ...
06.11.2018 / 14:18
Toshkentda modalar haftaligi o`tkaziladi
Go`zallik va nafosat shaydolari uchun kuz faslining betakror tuhfalari bisyor. Poytaxtimizda joriy yilning 21-26 noyabr kunlari Toshkent modalar haftaligi bo`lib o`tadi. "Osiyo ramzi" O ...
02.11.2018 / 11:53
Zulfiya nomidagi mukofotga e’tiborsizlik qilganlar jazolandi
Jurnalist va erkin ijodkor Nodirabegim Ibrohimova Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga hujjat topshirib, tashkilotchilar va mahalla qo‘mitasining e’tiborsizligi tufayli nohaqlik bo‘ldi deb hisoblagan edi. Masala bir kunning o ...
07.11.2018 / 09:36
Qirg`izistondagi teatrlar Forumida O`zbekiston ham ishtirok etadi
Joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasida teatrlar Forumi bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda O`zA. Joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasi Bishkek shahrida mashhur yozuvchi ...
06.11.2018 / 13:52
Madaniyat vazirligi qadimiy maqbara buzilishiga izoh berdi
O`rta asrlar arxitekturasining noyob yodgorligi, Qoraqalpog`istondagi Shamunabiy maqbarasini buzib tashlashga to`g`ri keldi, aks holda uning o`zi qulab tushgan bo`lardi, deya hisoblaydi O`zbekiston Madaniyat vazirligi. « ...
01.11.2018 / 13:31