O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Arzon uy-joylar qurilishi davom etadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qaroriga asosan Toshkent va respublikamizning boshqa shaharlarida ko`p kvartirali uylar qurilishi va rekonstruksiya qilinishi amalga oshirilmoqda. 

Bu jarayonga mamlakatimizning bir qator yirik bank-moliya muassasalari jalb etilgan. Jumladan, “Ipoteka-bank” ATIB ham aholini arzon uy-joy bilan ta`minlashga munosib hissa qo`shib kelmoqda. O`zbekiston Milliy matbuot markazida o`tkazilgan tadbirda mazkur bank tomonidan bu jarayondagi ishlarning borishi haqida ma`lumot berildi. 

Aholining arzon uy-joyga bo`lgan ehtiyoji yuqori. 27 mingdan ziyod muhtoj oila Dastur doirasida qurilayotgan arzon uylardan yaqin yillar ichida kvartira sotib olish istagini bildirgani ham fikrimiz dalili. 2017 yilda uy-joy sharoiti yaxshilanishiga muhtoj bo`lgan shahar oilalaridan 8 mingga yaqini arzon va shinam uy bilan ta`minlandi. 

Matbuot anjumanida ta`kidlanishicha, 2018 yilda 377 ta 15 ming 639 xonadonli arzon uy-joylar qurilib, aholiga imtiyozli ravishda berilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda bu uylarning qurilishi boshlab yuborilgan. Qurilish ishlariga 10 mingga yaqin ishchi, 40 ga yaqin bosh pudratchi tashkilot jalb qilingan. 

Bu uy-joylarning arzon va imtiyozli narxlarda berilishi sababi, qurilish jarayonlari optimal variantda ishlab chiqilgani, qurilish mahsulotlari mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan arzon narxlarda etkazib berilayotganida ko`zga tashlanadi. Shuningdek, qurilish tashkilotlarining bir qator soliqlardan ozod etilishi va ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, oqova suv tarmoqlarining o`tkazilishi davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi uy-joylar narxi tushishiga omil bo`lmoqda. 

Tadbirda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj jismoniy shaxslarni aniqlash, ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish va ajratish tartibi haqida ma`lumot berildi, deb yozadi O`zA.

Qayd etildiki, jismoniy shaxslarga arzon uy-joylardan kvartira ajratish tuman (shahar) hokimliklari huzurida tashkil etilgan hududiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Unda mulk huquqi bilan turar joyi yo`q, eskirgan uyda yoki ijarada yashayotgan, bir nechta oila bitta uyda istiqomat qilayotgan, ko`p bolali oilalar, to`liq bo`lmagan oilada ota (ona) tomonidan farzand tarbiyalanishi, oila a`zolari tarkibida og`ir surunkali kasallikka chalingan va qonunchilikka muvofiq alohida uyda yashashga majbur bo`lgan qarindosh, oila a`zolari tarkibida birinchi guruh nogironi mavjudligi, uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normaga muvofiq emasligi arzon uy-joylardan kvartira olish imkonini beradi. 

Ipoteka krediti ko`p kvartirali uy ekspluatasiyaga qabul qilingandan so`ng beriladi. Ipoteka krediti 20 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan, kreditdan foydalanganlik uchun dastlabki 5 yil davomida 7 foiz miqdorida ajratiladi. Oltinchi yildan boshlab foiz stavkasi kredit olish uchun ariza taqdim etilgan sanadagi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqib belgilanadi va bu kredit shartnomasida qayd etiladi. 

“Ipoteka-bank” ATIB mas`ullari mavzu yuzasidan jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Mavzuga oid yangiliklar
O'zbekistonda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish to'g'risida qonun ishlab chiqiladi
Kecha «O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi prezident farmoni qabul qilingani, shu asosda «O'zatom» agentiligi tashkil etilgani haqida xabar qilingandi. ...
20.07.2018 / 13:15
Jahon banki vitse-prezidenti O'zbekistonda amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma`lumot berdi
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo hududi bo'yicha vitse-prezidenti Siril Myuller O'zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmatiga intervyu berdi. Unda dunyoning nufuzli moliyaviy tashkiloti bilan O'zbekiston o ...
16.07.2018 / 08:31
O‘zbekistonda yagona investitsiya portali yaratiladi
Yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda Yagona investitsiya portali yaratiladi va unda investorlar uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlar joylashtiriladi. Natijada ular o‘z yurtlaridan turib ham O&lsquo ...
12.07.2018 / 18:11
Arzon uy-joylar uchun dastlabki to‘lov summasi kamaytirildi
2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora ...
19.07.2018 / 09:49
Jahon banki delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
2018 yilning 12 iyul kuni Toshkent shahriga Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller boshchiligidagi delegatsiya keldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.Tashrif dasturidan O&lsquo ...
12.07.2018 / 18:11
Ishchi guruh yoshlar bazasini shakllantirmoqda
«Yoshlar –kelajagimiz» Davlat dasturi ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Respublika bo`ylab shtab va ishchi guruhlar faoliyati yo`lga qo`yilgan ...
12.07.2018 / 18:06