O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Prezident Farmoni: Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga mukofoti beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o`tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo`lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro`-e`tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo`shayotgan faxriylarni e`zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag`batlantirish maqsadida:

1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 000 000 
(besh million) so`m miqdorida biryo`la pul mukofoti belgilansin.

2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog`liq sarf-xarajatlar O`zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshirilsin.

3. O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta`minlasinlar.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, “Nuroniy” jamg`armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha`ni-sharafi himoyachilariga bag`ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma`rifiy-badiiy kechalar o`tkazsinlar.

5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018 yil 16 aprel

Mavzuga oid yangiliklar
Erkinjon Turdimov Telegram orqali fuqarolar murojaatlarini qabul qiladi
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Telegram messenjeri ishga tushdi. Bu haqda hokimlikning axborot xizmati xabar qiladi. Mazkur messenjer xalq bilan bevosita muloqot o`rnatish, joylardagi haqiqiy ahvol to`g`risida aniq ma ...
20.07.2018 / 13:24
O‘zLiDeP ilgari surayotgan “Veb-frilans” faoliyati uyushmagan yoshlar va uyda o`tirgan xotin-qizlarni ish bilan ta`minlaydi
Joriy yilning 19 iyul kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi tashabbusi bilan “Veb-frilans” va “veb-frilanser”lik faoliyati mazmun-mohiyati hamda uni O`zbekistonda qonuniy yo`lga qo`yishga bag ...
20.07.2018 / 13:23
Bosh prokuratura: 139 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi
Bosh prokuratura tarkibida O'zbekiston Respublikasi prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etilib, boshqarma tomonidan Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilmoqda. ...
20.07.2018 / 13:16
Prezident topshiriqlarini o`z vaqtida bajarmagan 139 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
Bosh prokuratura tarkibidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hududlarga chiqqan holda qarorlar ijrosini o`rgandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. ...
20.07.2018 / 13:23
Akmal Saidov: «Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qiluvchi Ombudsman lavozimini joriy etish kerak»
Inson huquqlari Milliy markazi direktori Akmal Saidov 19 iyul kuni O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi va  BMT Bolalar jamg'armasi (YUNISEF)ning O ...
20.07.2018 / 13:19
Adliya vaziri XXRning O`zbekistondagi elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi
2018 yilning 17 iyul kuni Adliya vazirligida O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov Xitoy Xalk Respublikasining Uzbekistondagi elchisi Szyan Yan xonim bilan uchrashdi. ...
19.07.2018 / 09:53