O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Tinchlik uchun Afg 2018
Tinchlik uchun Afg 2018
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
120 SONIYA 26 03 2018 17 00
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Samarqand viloyati delegatsiyasi Xitoyda: Nurobod va Qo'shrabotda sement zavodi quriladi

Samarqand viloyat hokimligining Xitoyga yo'l olgan delegatsiyasi a`zolari tashrifning uchinchi kunini ham samarali o'tkazdi, deya Kun.uz’ga xabar beradi viloyati hokimligining axborot xizmati.

Viloyat hokimligi va Shensi provinsiyasining Sian shahri o'rtasida hamkorlik, Xitoy Xalq Respublikasining kichik va o'rta korxonalar Shensi markazi bilan o'zaro hamkorlik to'g'risidagi memorandumlar imzolandi.

Bundan tashqari, viloyat hokimligi va «Xi’an Electronic commerce Co.Ltd» o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlik to'g'risida shartnomaga ham kelishildi.

Shuningdek, Syanyan shahridagi «Yihai Kerry Food staffs Industries Co.Ltd» kompaniyasi rahbari, janob Jang Lin bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur kompaniya qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug'ullanadi. Xususan, turli o'simlik yog'i va qayta ishlangan bug'doydan Xitoy xamir ugrasi (lapsha) va boshqa xamirli mahsulotlar tayyorlash bilan shug'ullanadi. 

Uchrashuvda kompaniya rahbariga mamlakatimizning iqtisodiy va investitsion salohiyati to'g'risida ma`lumotlar berilib, birlashma a`zolariga yurtimizdagi investitsiya loyihalari bilan tanishish taklifi bildirildi.

10 aprel kuni Samarqand viloyati delegatsiyasi «Xianyang Textile Group» kompaniyasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Sianyang shahri rahbariyati, shahar kompartiyasi muovini Ma Silyan, shahardagi tekstil assotsiatsiyasi raisi, janob Fan Chjenxua va boshqalar bilan muzokaralar olib borildi. 

Sianyang shahri meriyasi rahbariyati va «Xianyang Textile Group» rahbariyatiga O'zbekistonning iqtisodiy-investitsion salohiyati tug'risida ma`lumot berildi.

O'zbekistonda tekstil sohasini rivojlantirish maqsadida investorlarga davlat tomonidan maxsus yer uchastkalari ajratib, klaster usulida ishlab chiqarish yo'lga qo'yilganligi, bunda paxta yetishtirishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayon bir joyda amalga oshirilishi, paxta yetishtirishda O'zbekiston dunyoda to'rtinchi o'rinni egallab turgani va bir yilda 3,5 mln. tonna paxta xomashyosi yetishtirilishi, investorlar uchun qulay shart-sharoit yaratilganligi, erkin iqtisodiy zonalar va ulardagi afzalliklar to'g'risida axborot berildi.

Sianyanglik ishbilarmonlarga Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, joylarda investitsion loyihalar bilan tanishish taklif etildi.

Shu kuni delegatsiyamiz a`zolari «China Yanling Agricultural Hi-tech» kompaniyasidagi yuqori texnologiyali issiqxonada mahsulot yetishtirish usullari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur kompaniya Xitoy qishloq xo'jaligini isloh qilishda muhim ahamiyatga ega. Qisqa muddatda olib borilgan ilmiy-tadqiqotlari bilan nafaqat Xitoy, balki Osiyo, Amerika, Avstraliya va Afrika davlatlari qishloq xo'jaligi sohasida yuqori ko'rsatkichlarni qayd etgan.

Kompaniya raisiga O'zbekistonda ekoturizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsion loyihalar mavjudligi, investorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida ma`lumot berildi. Kelgusida mazkur kompaniya bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Shensi provinsiyasi guberniyasi, Sianshahri merligi, provinsiyaning yirik kompaniya va korporatsiyalari vakillari hamda Samarqanddan tashrif buyurgan tadbirkorlar ishtirokida viloyat hokimining qabuli bo'lib o'tdi. 

Tadbirda Samarqand viloyat hokimi T.Jo'rayev so'zga chiqib, Shensi provinsiyasi gubernasi va Sian shahri meriyasiga minnatdorchilik bildirdi, Samarqand va Sian shaharlari o'rtasida birodarlashuv aloqalari o'rnatilganligining 5 yilligi munosabati bilan samimiy qutladi. 

Madaniyat va san`at xodimlari tomonidan ikki halqning uzoq tarixini aks ettiruvchi sahnalar, katta konsert dasturi namoyish etildi.

Delegatsiya a`zolari Sian shahridagi «Zhong He Industrial Group» korporatsiyasi rahbari Li Shian va boshqalar bilan muzokara olib bordi. 

Kompaniya O'zbekistonning quritilgan meva mahsulotlarini Xitoyga import qilishni, buning uchun unga yer ajratilsa, bog' tashkil etish, bog'da gilos daraxtlarini ekish, bog' atrofida ho'l meva saqlanadigan muzxonalar qurishni taklif qildi. 

Muzokaralarda «Zhong He Industrial Group» va viloyat hokimligi o'rtasida oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha memorandum imzolandi.

Darvoqe, mazkur korxona 2014 yilda ish boshlagan. Asosiy faoliyati parrandachilik, yer boyliklari qazilmasi, qurilish ishlari, restoran va logistika sohasida faoliyat ko'rsatadi. Korxonada 3000 ishchi ishlaydi. Kuniga 10 mln. mijozga xizmat ko'rsatadi. Restoranlar innovatsion texnologiyalar usulida mijozlarga oshpazsiz xizmat qiladi. Korporatsiya yiliga 430 mln. yuan sof daromad oladi. Tovar ayirboshlash 1,2 mlrd. yuanni tashkil etadi. Shuningdek, oltin qazib olish va infrastruktura ob`yektlarini qurish ishlarini amalga oshiradi.

***

Shuningdek, to'rtinchi kuni delegatsiya tarkibida borgan tumanlar hokimlari tomonidan Shensi provinsiyasining qator yirik kompaniyalari bilan uchrashuv va muzokaralar olib borildi. Xitoylik investorlarning Samarqand viloyatiga tashrifiga kelishildi. 

Mazkur tashrif doirasida Nurobod va Qo'shrabot tumanlarida qiymati 100 mln. dollarni tashkil etuvchi, yillik quvvati 3 mln. tonna sement ishlab chiqarishga mo'ljallangan loyiha ko'rib chiqiladi. Bunda mahalliy xomashyo negizida har bir loyihaning qiymati 500 ming dollarni tashkil etadigan qurilish mollari (pishiq g'isht) ishlab chiqarishni amalga oshirish istiqbollari bo'yicha ishlarni boshlashga kelishildi.

Mavzuga oid yangiliklar
Toshkentda MDH davlatlarining HHM birlashgan tizimini rivojlantirish muhokama qilinadi
MDH davlatlari Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi havo hujumidan mudofaa masalalari bo'yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya majlisining ishtirokchilari seshanba kuni O'zbekiston poytaxtida yig'iladi ...
17.04.2018 / 12:34
Tashqi ishlar vazirligi tizimi o'zgartirildi - Prezident farmoni
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish  va tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo ...
06.04.2018 / 13:27
O'zbekiston va Turkmaniston chegara masalasi bo'yicha muzokaralar o'tkazdi
2018 yilning 26 mart – 1 aprel kunlari Turkmanobod shahrida O'zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o'rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo'yicha O'zbekiston-Turkmaniston qo ...
03.04.2018 / 10:52
Prezident Daniya Qirolichasini tabrikladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 aprel kuni Daniya Qirolichasi Margrete II ni Daniya milliy bayrami – Qirolicha tavalludi kuni bilan muborakbod etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
17.04.2018 / 12:31
Tojikiston – O'zbekiston chegarasini kuniga 10 mingdan ziyod fuqaro kesib o'tmoqda
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi chegara qo'shinlari ma`lumotiga ko'ra, Toshkent va Dushanbe o'rtasidagi viza rejimi bekor qilinganidan so'ng Tursunzoda-Sariosiyo va Panjakent-Samarqand yo'nalishida har ikki davlatdan o ...
03.04.2018 / 10:55
DXX raisi ShHT MATT direktori bilan uchrashdi
2018 yilning 30 mart kuni ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo'mitasi qarorgohida ShHT MATT ijroiya qo'mitasi direktori Ye.Sisoyevning O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev bilan uchrashuvi ...
03.04.2018 / 10:50