O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O'zbekistonda Hadis ilmi maktabi tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi prezidentining «Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko'ra O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining oliy diniy-ma`rifiy ta`lim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabi tashkil etiladi.

Qur`oni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o'rgangan, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo'shgan ulug' vatandoshlarimizning ulkan ilmiy merosini puxta o'zlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish ko'nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda hadislardagi ezgu umuminsoniy g'oyalarni xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish Hadis ilmi maktabining asosiy vazifalari etib belgilandi.

Farmon bilan O'zbekiston musulmonlari idorasi huzurida «Vaqf» xayriya jamoat fondi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

fuqarolarning diniy, ma`naviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash;

masjidlar va diniy ta`lim muassasalarining binolarini qurish, ta`mirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

tarixiy-me`moriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, ta`mirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish;

diniy ta`lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o'qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o'quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash;

masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash;

islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-ma`rifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga ko'maklashish;

yurtimizdagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma`naviy qo'llab-quvvatlash.

Vazirlar Mahkamasiga 2018 yil 1 iyulga qadar o'rganish natijalari asosida muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni «Vaqf» xayriya jamoat fondiga foydalanish uchun ijaraga berish huquqi bilan biriktirib berishni nazarda tutuvchi qarorni qabul qilish topshirildi.

2018 yil 1 iyuldan boshlab O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ishlovchi:

o'qituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislarga yagona tarif setkasi bo'yicha mehnatga haq to'lash razryadlariga ko'ra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (Markaz xodimlariga – 4 baravar) miqdorda qo'llaniladi;

pensionerlarga ularning ushbu tashkilotlardagi faoliyati yagona bo'lgan taqdirda pensiyalari to'liq to'lanadi.

Mazkur imtiyozlar barcha diniy-ma`rifiy tashkilotlar xodimlariga tatbiq etiladi.

Islom ilm-fani va madaniyatiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini chuqur o'rganish, mamlakatimiz dovrug'ini jahon miqyosida keng yoyish ishiga munosib hissa qo'shib kelayotgan shaxslarni rag'batlantirish maqsadida «Imom Buxoriy» davlat mukofotini ta`sis etiladi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda mazkur davlat mukofotini ta`sis etish chora-tadbirlari to'g'risidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish topshirildi.

Mavzuga oid yangiliklar
Termizda Matbuot uyining tubdan rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirildi
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar, mehnat faxriylari, yoshlar ishtirok etdi. Surxondaryo viloyatida ham ijodkor ziyolilarga e’tibor ortib ...
23.08.2018 / 10:47
Aziz Abduhakimov "Fransuz Alyansi"ning mintaqaviy direktori bilan uchrashdi
Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov O`zbekiston delegasiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida "Fransuz Alyansi"ning Markaziy Osiyodagi ishlari bo`yicha mintaqaviy direktori Mikael Fuente bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida umumiy o`rta, o ...
23.08.2018 / 10:37
“Jinoyat haqiqati va adolati” mavzusida yoshlar press-klubi bo`lib o`tdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2018-yil 27-iyulda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish to`g`risida videoselektor o`tkazilgan edi. Mazkur selektorda bajarilishi lozim bo ...
17.08.2018 / 10:32
"Havo yo`llari" yo`lovchisi aviakompaniya xodimlari ustidan prokuraturaga shikoyat qildi
O`zbekiston transport prokuraturasi tomonidan fuqaro M.Subxanovning “O`zbekiston havo yo`llari” MAKning Bangkok shahridagi xodimlari harakatlaridan norozi bo`lib yozgan arizasi atroflicha o`rganib chiqilgan. "Fuqaro M.Subxanov o ...
23.08.2018 / 10:37
"Chorvoq" erkin turistik zonasi qurilishida Fransiyaning etakchi kompaniyalari ishtirok etadi
22 avgust kuni Fransiyadagi O`zbekiston elchixonasida Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov «Orex- Loisirs» va «SCP Geode» fransuz kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashdi. ...
23.08.2018 / 10:34
Prezident farmoni: Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida»gi farmoni imzolandi. Unga ko'ra, O'zbekiston musulmonlar idorasining Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust seshanba kuniga to'g ...
17.08.2018 / 10:15