O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
uza.uz: Rag‘bat va e’tibor sog‘lom raqobatga undaydi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Axborot sohasida raqobat, bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida ommaviy axborot vositalari erkinligini mustahkamlash kafolatlari: O‘zbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro davra suhbati tashkil etildi.

3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlangan mazkur davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, media agentliklar, nodavlat teleradiostansiyalarning mutasaddilari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi F.Abduholiqov, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ijrochi direktori A.Burhonov, YUNЕSKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi D.Badarch, Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili T.Kunse va boshqalar O‘zbekistonda kechayotgan shiddatli islohotlar milliy media sohasida ham o‘zining yaqqol aksini topayotganini ta’kidladi.

Ommaviy axborot vositalari faoliyati bo‘yicha mavjud huquqiy-normativ bazani takomillashtirish, sohaning moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash, ijod ahlining mashaqqatli mehnatini moddiy va ma’naviy jihatdan munosib rag‘batlantirish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish va isloh qilish yuzasidan dolzarb masalalarga yechim topish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Media soha ravnaqi yo‘lidagi ulkan e’tibor barcha turdagi nodavlat ommaviy axborot vositalari faoliyatida ham o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Nodavlat teleradiostansiyalar turli ijtimoiy, ma’rifiy, media loyihalarda faol qatnashmoqda. Ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatni yuksaltirish, mutaxassislarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, sohaga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilyapti. Bu esa ijodiy jamoalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni shakllantirishda, xalqimizni tezkor, xolis va haqqoniy axborotlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davra suhbatida ishtirokchilar sho‘balar asosida O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, nodavlat media sektor rivojlanishida xalqaro tajriba, ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash ular erkinligi va mustaqilligini ta’minlash kafolatlari kabi mavzularga oid dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi.

Mavzuga oid yangiliklar
VVS telekanali mutaxassislari jurnalistlar bilan tajriba almashishmoqda
O`zEOAVMA tizimidagi nodavlat teleradiostansiyalar, xususan, "Zamon" axborot-tahliliy dasturi ijodkorlari ham media soxasi bo`yicha doimiy ravishda xalqaro tajribani o`rganib kelishadi.  Ayni kunlarda katta tajribaga eka bo ...
08.11.2018 / 11:07
Mashhurlar qo`sha qarish sirlari haqida o`z fikrlarini bildirishdi
San`atdan baxtini topgan mashhurlar bugun “Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” studiyasida mehmon bo`lishadi. Ular o`z hayotlari haqida nimalarni gapirib berishadi? Nigora: “Bizning to`yimizda hech qanday tog ...
25.10.2018 / 10:43
Yoshlar oromgohida «Navqiron jurnalistlar» media-oromgohi bo`lib o`tmoqda
9-16 avgust kunlari O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamkorligida tashkil etilgan yozgi media-oromgoh o`z ishini davom ettiryapti.   Unda Yoshlar media markazi ...
15.08.2018 / 20:32
“Oʻzbekiston. Sevgi haqida afsonalar” rossiyalik kinematograflar talqinida
“Rossiya-Kultura” telekanali Oʻzbekiston haqidagi 4 qismli hujjatli filmni suratga olish ishlarini boshlab yubordi. “Rossiya-Kultura” telekanali Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va O ...
26.10.2018 / 14:46
“Milliy jurnalistikani rivojlantirish istiqbollari: nazariya va amaliyot”
O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini targ`ib qilish, mamlakatimizda mustaqil hayotga qadam qo`yayotgan yoshlar hayotini keng yoritish, ularning qiziqishlari, yutuq va muammolari haqida rang-barang media ...
11.10.2018 / 20:33
Ommaviy axborot vositalarining inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishdagi roli qanday?
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan 2018 yil 18-19 iyul kunlari tajribali telejurnalist ...
18.07.2018 / 12:21