O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Texnologiya
Toshkentda mobil aloqa xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi

4-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Tadbirda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari muhokama etildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Davra suhbatida davlat rahbari tomonidan joriy yilda internet tezligini 8—10 barobarga oshirish vazifa etib topshirilgani alohida ta’kidlandi. Mazkur vazifaning ijrosini ta’minlash uchun qonunchilikni takomillashtirishdan tortib sohaga yirik investitsiyalarni jalb etishgacha bo‘lgan kompleks masalalarni hal etish lozim. Ayni paytda litsenziyalashtirish, ruxsatnomalar berish va boshqa ko‘plab jarayonlarni soddalashtirish ustida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, aloqa sifati ustidan shikoyatlar borgan sari o‘sib bormoqda. Birgina 2018-yilning dastlabki choragida ana shunday murojaatlar soni 1,5 mingdan oshib ketdi. Statistik tahlillar murojaatlarning aksariyati quyidagi sohalarga oid bo‘layotganini ko‘rsatmoqda: internet xizmatlari — 349 ta murojaat (22 %), turg‘un aloqa — 272 ta murojaat (17 %), mobil aloqa — 275 ta murojaat (17 %), pochta aloqasi — 153 ta murojaat (10 %) va teleradiodasturlar — 77 ta murojaat (5 %).

Shu yilning 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikas Vazirlar Mahkamasining “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan, shu jumladan, “Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibi to‘g‘risida”gi nizom ham tasdiqlandi va u 2018-yil 1-iyundan boshlab kuchga kiradi.

Nizom Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan UNICON.UZ Davlat unitar korxonasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan bo‘lib, u telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) qo‘llash va davlat nazorati tizimini takomillashtirish, telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchli barqaror, uzluksiz ishlab turishi imkonini beradi. Shuningdek, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish borasida iste’molchilar huquqlari himoyasini ta’minlaydi.

Mavzkur nizom mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tarqatiladi.

Davra suhbati davomida operatorlarga aloqa bozoridagi muammolarni kun tartibiga kiritish, mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar faoliyatida uchraydigan byurokratik to‘siqlar haqida so‘zlab berish imkoniyati taqdim etildi.

Xuddi shunday uchrashuvlarni doimiy ravishda o‘tkazish kelishib olindi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
«O`zbektelekom» Internet-kanallari tariflarini pasaytirdi
«O`zbektelekom» AK bosh direktori Shuhrat Qodirov tomonidan mobil va qayd etilgan aloqa operatorlari va provayderlariga cheklanmagan hajmdagi trafikning 1 Mbit/s uchun UZTELECOM Internet-kanallari tariflarini 176 682 so ...
10.08.2018 / 17:34
Virtual terminallar real kassa apparatlariga tenglashtirildi
Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan quyidagilar belgilandi: - elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovarlar (xizmatlar) uchun to ...
15.05.2018 / 10:39
Axborot texnologiyalari vazirligida yangi jamoatchilik kengashi tashkil etildi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O ...
10.05.2018 / 12:28
Yosh tadqiqotchilarning Yaponiyada ta’lim olishlari bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda
Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA – Japan International Cooperation Agency) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi ...
21.05.2018 / 16:01
O`zbekistonliklar Nyu-Yorkda internet-radio ochishadi
Central Asia Foundation fondi bilan hamkorlikda Nyu-Yorkda “Sharq Ovozi” nomli internet-radio ochiladi. NNO Central Asia Foundation ta`sischilari bo`lgan o ...
14.05.2018 / 09:08
O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi faoliyati Dubayda e’tirof etildi
Kecha BAAning Dubay shahrida ushbu mamlakat hukumati ko’magi ostida an’anaviy xalqaro investitsiya forumi ochildi. Mazkur tadbir doirasida “AIM 2018 Investment awards” mukofotini topshirish marosimi ham bo’lib o&rsquo ...
11.04.2018 / 11:31