O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Iqtisodiyot
Moliya vazirligi axborot tizimida shaxsiy g'azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga o'zgartirishlar kiritildi

O'zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g'azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga o'zgartirishlar kiritildi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g'azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga kiritilayotgan o'zgartirishlar:

1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«BMJ — O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg'armasi, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi va Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi;».

2. 3-ilovada:

a) 2 003-qatorlardagi va 3 007-qatordagi «Moliya vazirligi» degan so'zlar «Vazirlar Mahkamasi» degan so'zlar bilan almashtirildi;

b) 2 004-qatordagi «Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag'lar» degan so'zlar «Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish» degan so'zlar bilan almashtirildi;

v) 3 002-qatordagi «Qishloq xo'jaligini texnika bilan ta`minlashni davlat tomonidan rag'batlantirish» degan so'zlar «Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash» degan so'zlar bilan almashtirildi;

g) 3 003-qatordagi «Umumta`lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash» degan so'zlar «Ta`lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish» degan so'zlar bilan almashtirildi;

d) 3 008-qatorlardagi «Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini» degan so'zlar «Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni» degan so'zlar bilan almashtirildi.

3. Mazkur o'zgartirishlar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qo'mitasi va Davlat bojxona qo'mitasi bilan kelishilgan.

Mavzuga oid yangiliklar
Toshkentda oʻzbek-amerika biznes-forumi boshlandi
23 oktyabr kuni Toshkentda 25-Oʻzbek-Amerika biznes-forumi boshlandi. Forum AQSH-Oʻzbekiston savdo palatasi (AOʻSP) delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida boʻlib oʻtmoqda. “O ...
23.10.2018 / 15:33
Kerolin Lemm: O`zbekiston bilan hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ishga solamiz
Amerika – O`zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm O`zbekiston bilan AQSh o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari haqida O`zA muxbiriga quyidagilarni so`zlab berdi: – Avvalo ...
23.10.2018 / 14:17
O`zbekistonda dollar yana ko`tarildi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan 16 oktyabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o`tgan haftaga nisbatan 26,96 so`mga ko`tarilib, 8208,04 so`m tashkil qildi. Evro kursi ham 63,08 so`mga oshib, 9 490 ...
16.10.2018 / 10:11
Farg`onada yana bitta sement zavod ishga tushadi
Farg`ona viloyatida qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni yana bittaga ko`paymoqda. O`zbekiston tumanida loyiha qiymati 153 million dollardan ziyod bo`lgan yangi sement zavodining qurilishiga tamal toshi qo`yildi, deb  ...
23.10.2018 / 14:19
O`qituvchilarni qo`shimcha rag`batlashtirish yo`lga qo`yiladi
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`qituvchilari mehnatini qo`shimcha rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi umumiymuhokamaga qo`yildi. ...
16.10.2018 / 10:11
Yig`ilish​da yil yakunlari bo`yicha kutilayotgan natijalar muhokama​ qilindi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev huzurida 2018 yil 10 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari bo ...
11.10.2018 / 20:41