O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Texnologiya
Axborot texnologiyalari vazirligida yangi jamoatchilik kengashi tashkil etildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Kengash a’zolari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev raisligida Prezidentning “Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasini o‘rganib chiqdi. Turli soha mutaxassislariga ushbu loyiha va 2018–2020-yillarga mo‘ljallangan Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining dastlabki variantlari taqdim etildi. Ishtirokchilar bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli takliflar kiritdi.

Yig‘ilishda 4-may kuni vazirlik huzurida tashkil etilgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining asosiy maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritildi. Xususan, kengash zimmasiga vazirlikning ustuvor vazifalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, fuqarolarning vazirlik faoliyatiga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilishini ta’minlash orqali vazirlik faoliyati oshkoraligi va samaradorligini oshirish vazifalari yuklatilgan.

Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, ishtirokchilar kengash raisini sayladi. Unga ko‘ra, tadbirkor B. Orifjonov Jamoatchilik kengashi raisi, SAP kompaniyasining (O‘zbekiston) rivojlantirish bo‘yicha direktori L. Adhamova rais o‘rinbosari etib saylandi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Yosh tadqiqotchilarning Yaponiyada ta’lim olishlari bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda
Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA – Japan International Cooperation Agency) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi ...
21.05.2018 / 16:01
O`zbekistonliklar Nyu-Yorkda internet-radio ochishadi
Central Asia Foundation fondi bilan hamkorlikda Nyu-Yorkda “Sharq Ovozi” nomli internet-radio ochiladi. NNO Central Asia Foundation ta`sischilari bo`lgan o ...
14.05.2018 / 09:08
O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi faoliyati Dubayda e’tirof etildi
Kecha BAAning Dubay shahrida ushbu mamlakat hukumati ko’magi ostida an’anaviy xalqaro investitsiya forumi ochildi. Mazkur tadbir doirasida “AIM 2018 Investment awards” mukofotini topshirish marosimi ham bo’lib o&rsquo ...
11.04.2018 / 11:31
Virtual terminallar real kassa apparatlariga tenglashtirildi
Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan quyidagilar belgilandi: - elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovarlar (xizmatlar) uchun to ...
15.05.2018 / 10:39
Toshkentda mobil aloqa xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi
4-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Tadbirda aloqa ...
07.05.2018 / 11:40
O‘zbekistonda yangi IT-telekanal ishga tushadi
O‘zbekistonda yangi internet telekanal ishga tushadi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi.  Telekanal axborot ...
24.03.2018 / 13:40